Finlit.uz

O'zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining moliyaviy savodxonlik bo'yicha axborot-ta'lim resursi

Finlit.uz – Nodavlat tashkilot boʻlib, loyihaning tashkillashtirilishi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunda ustuvor vazifa sifatida belgilangan[1]. Loyihaning moliyaviy savodxonlik boʻyicha axborot-taʼlim veb sayti 2020-yil 6-avgust kuni ishga tushurildi[2][3].

Finlit.uz
Turi notijorat tashkilot
Shiori Biz bilan moliyaviy savodxonlikni oshirish juda oson!
Maqsadi Moliyaviy savodxonlikni o'zbekistonliklar orasida ommalashtirish
Ishga tushgan sanasi 6-avgust, 2020-yil (NT sifatida)
Joylashuvi Mirobod tumani, Islom Karimov ko'chasi 6 Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki binosida
Hududiy xizmati Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Asoschi(lar)i Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki

Finlit.uz Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Plexanova nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali, Moliya instituti va hududlardagi davlat universitetlari bilan hamkorlikda „Umumjahon pul haftaligi“ (Global Money Week)ni oʻtkazib kelmoqda[4]. Finlit 2023-yil xalqaro VISA kompaniyasi bilan hamkorlikda bolalar va o'smirlar oʻrtasida moliyaviy savodxonlikni oshirishga qaratilgan platforma yaratdi[5].

Manbalar

tahrir