Firuz Bahor
Firuz Bahor (asl ismi va familiyasi Firuz Xojiyevich Axmedov; 1942-yil 19-noyabr, Dushanbe, Tojikiston SSR) – tojik va sovet kompozitori. SSSR Bastakorlar uyushmasi (1971-yildan) va SSSR Kinematograflar uyushmasi (1976-yildan) aʼzosi. Tojikiston kompozitorlar ittifoqi kotibi (1976)[1]. Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1990). Tojikiston Lenin komsomoli mukofoti laureati (1977).
Firuz Bahor | |
---|---|
Tavalludi |
Firuz Xojievich Axmedov 19-noyabr 1942-yil |
Janrlar | klassik musiqa, kino va teatr musiqasi |
Kasbi | bastakor, musiqa oʻqituvchisi |
Fuqaroligi | SSSR → Tojikiston → Olmoniya |
Mukofotlari | Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1990), Tojikiston Lenin komsomoli mukofoti (1977) |
Hayoti
tahrirFiruz Xojiyevich Axmedov 1942-yil 19-noyabrda Tojikiston SSRning Dushanbe shahrida opera xonandalari oilasida tugʻilgan[2]. 1963–1966-yillarda Moskvadagi Gnessinlar nomidagi musiqa pedagogika institutining fortepiano boʻlimida tahsil olgan[3]. 1971-yilda esa Toshkent davlat konservatoriyasining kompozitsiya boʻlimini tamomlagan. 1967–1971-yillarda Toshkentdagi musiqa bilim yurtida dars bergan. 1971-yildan Dushanbe shahrida joylashgan T. G. Shevchenko nomidagi pedagogika instituti oʻqituvchisi boʻlgan.
Firuz Xojiyevich Axmedov 1976-yilda Tojikiston bastakorlar uyushmasi kotibi boʻlgan. 1986–1996-yillarda SSSRda (Moskva, Kiyev, Novosibirsk, Dushanbe) va xorijda (Angliya) qator konsertlar bergan. Italiyada boʻlib oʻtgan sovet kompozitorlarining konsertlarida qatnashgan.
Firuz Xojiyevich Axmedov 1994-yildan beri Germaniyada doimiy yashab keladi. Germaniya fuqaroligini olgan va hali Tojikistonga qaytib kelmagan.
Ijodi
tahrirFiruz Xojiyevich Axmedov bir nechta simfoniyalar, „Marakanda“ simfonik sheʼri, cholgʻu asarlari muallifi hisoblanadi. U fortepiano, kantata va qoʻshiqlar uchun preludiya va fugalar yozgan. Shuningdek, „Ipakga chizmalar“ va boshqa 24 ta preludiya hamda fugalar sikli muallifi ham hisoblanadi. 2008-yilda S.S.Prokofyev nomidagi Xalqaro bastakorlar tanlovida birinchi darajali mukofot bilan taqdirlangan. Dramatik spektakllar, badiiy va hujjatli filmlar uchun musiqalar yozgan.
- 1-simfoniya (1971)
- 2-simfoniya (1976)
- 3-simfoniya (1980)
- 4-simfoniya „Buzurg“ (Avitsennaga bagʻishlangan) (1980—1981)
Adabiyotlar
tahrir- Музыкальный энциклопедический словарь. Гл. ред. Г.В. Келдыш.М.: Советская энциклопедия. 1990. С.532
- Тончук П.О. "Рисунки по шелку" Фируза Бахора: восточные влияния в большом полифоническом цикле //Вестник Кемеровского государственного университета культуры и искусств. 2015. № 33-1. С. 143-148.
- Хасанова Манзура Мухиддиновна. "Творчество композиторов Таджикистана в последнее десятилетие XX века"// Историк (Муаррих), no. 2 (14), 2018, pp. 41-45.
Manbalar
tahrir- ↑ „Фируз Бахор - Таджикский и советский композитор“. www.youtube.com. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ „Фируз Бахор“. www.kinopoisk.ru. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
- ↑ Corrigendum // Gender and Education. — 2013-08. — Т. 25, вып. 5. — С. 664–664. — ISSN 1360-0516&f=1003&t=1&v1=&f=4&t=2&v2=&f=21&t=3&v3=&f=1016&t=3&v4=&f=1016&t=3&v5=&bf=4&b=&d=0&ys=&ye=&lng=&ft=&mt=&dt=&vol=&pt=&iss=&ps=&pe=&tr=&tro=&cc=&i=1&v=tagged&s=0&ss=0&st=0&i18n=ru&rlf=&psz=20&bs=20&ce=hJfuypee8JzzufeGmImYYIpZKRJeeOeeWGJIZRrRRrdmtdeee88NJJJJpeeefTJ3peKJJ3UWWPtzzzzzzzzzzzzzzzzzbzzvzzpy5zzjzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzztzzzzzzzbzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzzvzzzzzzyeyTjkDnyHzTuueKZePz9decyzzLzzzL*.c8.NzrGJJvufeeeeeJheeyzjeeeeJh*peeeeKJJJJJJJJJJmjHvOJJJJJJJJJfeeeieeeeSJJJJJSJJJ3TeIJJJJ3..E.UEAcyhxD.eeeeeuzzzLJJJJ5.e8JJJheeeeeeeeeeeeyeeK3JJJJJJJJ*s7defeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeeSJJJJJJJJZIJJzzz1..6LJJJJJJtJJZ4....EK*&debug=false 0954-0253, 1360-0516. — DOI:10.1080/09540253.2013.832021.