Fisher shternbergiyasi (lotincha: Sternbergia fischeriana) — chuchmomadoshlar oilasi, shternbergiya turkumiga mansub, bir urugʻpallali, piyozchali, koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga yoʻqolib borayotgan, endemik tur sifatida kiritilgan. Qashqadaryo viloyati, Hisor tizmasi, Kitob, Shahrisabz shaharlari atrofida, Oqsuv soyi havzasida tarqalgan[1].

Fisher shternbergiyasi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Gulli oʻsimliklar
Sinf: Bir urugʻpallalilar
Turkum: Sternbergia
Oila: Chuchmomadoshlar
Binar nomi
Sternbergia fischeriana

Tavsifi

tahrir

Balandligi 10 sm gacha yetadigan, koʻp yillik, piyozboshli oʻt oʻsimlik. Quyosh nurlari yetarli boʻlganda yaxshi oʻsadi. Poyasi qisqa, yapasqi, yashil rangda. Barglari 4-8 ta, oddiy, bandsiz, ketma-ket joylashgan, yuzasi tuksiz, qalami yoki lansetsimon shaklda. Gullari yakka, ikki jinsli, aktinomorf, 8-20 mm uzunlikdagi gulbandda joylashgan. Gulqoʻrgʻoni olti aʼzoli, qoʻshilmagan. Gultojibarglari erkin, yorqin sariq rangda. Gulkosachabarglari erkin biroz choʻziqroq shaklda. Gullari xushboʻy hidga ega. Hasharotlar yordamida changlanadi. Mevasi — quruq koʻsak meva. Urug‘i yumaloq shaklda. Bahor oylarining boshida piyozchasidan unib chiqib barg hosil qiladi. Mart oyida gullab, aprelda mevasi pishib yetiladi. Urugʻi va piyozchasidan koʻpayadi.

Tarqalishi va oʻsish sharoiti

tahrir

Tabiatda kam uchraydigan endemik tur. Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz, Kitob shaharlarida, Hisor tizmasiga kiruvchi togʻlarda va Oqsuv soyi havzalarida tarqalgan. Togʻoldi yonbagʻirlaridagi unumdor tuproqli yerlada oʻsadi. Oʻsimlik oʻsuvchi yerlarning qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun oʻzlashtirilishi, chorva mollarning koʻplab boqilishi, gullarining terib olinishi natijasida tur areali qisqarib ketgan. Oʻsimlikni madaniylashtirish uchun Oʻzbekiston RespublikasiFanlarakademiyasi bogʻida tadqiqot olib borilgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Штернбергия Фишера- Sternbergia fischeriana - Описание таксона - Плантариум“. 2015-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-aprel.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.