Flebit (yun. phlebos — vena, itis — yalligʻlanish) — venalarning yalligʻlanishi. Koʻloyoq venalari flebiti, odatda, yuqumli kasalliklar, yiringli yaralar, abssess, flegmonaning asorati sifatida, shuningdek, tugʻruqsan keyin yuzaga kelishi mumkin. Aksari streptokokklar qoʻzgʻatadi. Qoʻloyoqning yuza va chuqur venalari, chanoq venalari flebiti koʻproq uchraydi. Venada tromb hosil boʻlishidan tromboflebit kelib chiqadi. Oʻtkir va surunkali F. farq qilinadi. Oʻtkir yuza F.da vena qattiqlashib, ogʻriydi va shu joy terisi qizaradi, bemor lohaslanadi, isitmalaydi. Surunkali F. yillab choʻzilishi va botbot qoʻzib turishi mumkin. Chuqur venalar F.ida kasallik alomatlari yaqqol koʻzga tashlanmaydi, utsi vrach tekshirib aniklashi mumkin. F.da yalliglangan sohani harakatlantirmaslik lozim. Davoni vrach tayinlaydi. F.ning oldini olishda teri, xususan, oyoq panjasi terisini toʻgʻri parvarish kilish, chaqalanish va yiringli kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish lozim.