Abssess (Xo‘ppoz, lot. abscessus – yiring boylagan joy) – Chegaralangan yiringli bo‘shliq abssess deyiladi. Abssess teri osti yog‘ kletchatkasida, mushaklarda, suyak va ichki a’zolar (o‘pka, jigar, buyrak, bosh miya) da uchraydi[1].

Absses
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos Dermatologiya, general surgery[*], infectious diseases[*]
MedlinePlus 001353
MeSH D000038
Besh kunlik yallig'langan epidermal inklyuziya kistasi.

Etiologiyasi va patogenezi Tahrirlash

Odatda, kasallik qo'zg'atuvchilari - stafilokokklar yoki streptokokklar, ba'zan ichak tayoqchasi, saprofitlar yoki anaerob mikroorganizmlar hisoblanadi. Mikroblar to'qimaga to'g'ridan-to'g'ri, limfogen yoki gematogen yo'llar bilan (metastatik abssesslar), shuningdek, yallig'lanishning qo'shni to'qimalarga tarqalishi bilan o'tadi. Bunga o'rta quloq yiringli yalligianganda miya abssessi paydo bo'lishini misol qilib keltirish mumkin. Kasallikning avj olishi uchun asosiy omillari gipovitaminozlar, moddalar almashinuvi kasalliklari, organizm rezistentligining (mikroblarga nisbatan tabiiy chidamlilikning) pasayib ketishi kabilar kiradi. Shuningdek, abssesslar yot jismlar atrofida «mudrab yotgan mikroblar» deb ataluvchilarning faollashuvi natijasida ham paydo bo'ladi.

Patologoanatomik manzarasi Tahrirlash

Yiringli yallig'lanish natijasida to'qimalar yemiriladi. Bu esa o'z navbatida, ichida yiring, yemirilgan to'qimalarning elementlari, mikroblar va ularning toksinlari bo'lgan bo'shliq yuzaga keladi. Abssess atrofida biriktiruvchi to'qimadan iborat tashqi qatlam va granulyatsion to'qimadan iborat ichki qatlamdan tashkil topgan abssess kapsulasi yuzaga keladi (piogen membranasi). Ushbu kapsula yorilgan taqdirda yiring abssessidan tashqariga tushadi, bu esa turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin. Keyinchalik abssess bo'shlig'i granulyatsion to'qima bilan to'ladi. Mayda abssesslar o'z-o'zidan so'rilib ketishi mumkin.

Klinik manzarasi Tahrirlash

 
Xo'ppoz diagrammasi

Kasallik boshlangan davrda abssess sohasida to'xtab-to'xtab tutadigan og'riq paydo bo'ladi. Keyin asta-sekin shish va qizarish ortib, tungi og'riq yuzaga keladi. Madda yig'ilishiga qarab, flyuktuatsiya aniqlanadi, bu muhim simptomdir. Agar abssess chuqur joylashgan bo'lsa, flyuktuatsiyani aniqlash mushkul. Bunday hollarda ultratovush, kompyuter tomografiyasini qo'llash bilan sinov punksiyasi yordamida diagnoz qo'yish mumkin bo'ladi. Abssessning keyinchalik avj olishida bemorning umumiy ahvoli sezilarli ravishda og'irlashadi. Harorat 39°C gacha ko'tariladi (bemorning ertalab ahvoli yaxshilanib turganida). Leykotsitoz 15-20x10 litr ga yetadi, formulaning chapga siljigani ma'lum bo'ladi, ECHT ko'tariladi. Ichki organlarda (jigarda, o'pkada) yoki yirik qon tomirlari bilan yonma-yon joylashgan bo'lsa, abssess ayniqsa xatarlidir. Ular qorin yoki ko'krak bo'shlig'ini teshib o'tgan hollarda yiringli peritonit yoki plevrit yuz beradi. Jarayon vena devoriga o'tgudek bo'lsa, u holda progressiv tromboflebit avj oladi.

Differensial diagnozi Tahrirlash

Abssessni flegmonadan, gidradenitdan, gematomadan, churra tushishidan, anevrizmadan, xavfli o'smadan, shuningdek, sovuq abssess deb ataluvchidan farqlay bilish kerak. Sovuq abssess suyaklar va bo'g'imlar sil bilan zararlangan hollarda paydo bo'ladi. Sovuq abssessda flyuktuatsiya bo'ladi, ammo o'tkir yiringli yallig'lanishning hamma belgilari sezilmaydi.

Davosi Tahrirlash

 
Qo'ziqorin shaklidagi qorong'u (gipoekoik) maydon sifatida ko'krak xo'ppozining ultratovush tasviri
 
Xo'ppoz kesish va drenajlashdan besh kun o'tgan .

Dastlabki davolash davrida abssessni chegaralash maqsadida issiq muolajalar (isituvchi kompresslar, grelka, sollyuks, UVCH) va tinchlik rejimi qo'llaniladi. Flyuktuatsiya aniqlangan hollarda esa jarrohlik yo'li bilan davolash-abssessni kesish zarur. Operatsiyani mahalliy og'riqsizlantiradigan yoki venaga yuboriladigan narkoz ostida amalga oshirish mumkin. Abssess bo'shlig'iga drenaj yaxshilab qo'yilishi uchun kesish yetarli darajada keng bo'lishi lozim. Drenaj uchun dokadan qilingan tamponlardan, turli o'lchovlardagi polexlorvenil naychalaridan yoki rezina qo'lqop drenajlaridan foydalaniladi. Shuni unutmaslik kerakki, qon va yiringni o'ziga singdirib olgan tamponlar xuddi tiqin kabi jarohatdan oqib chiqayotgan suyuqlik uchun o'tib bo'lmas bir to'siqqa aylanadi. Shuning uchun ular har kuni, ba'zida 12 soatda 2 marta almashtirilmog'i lozim. Tamponlar va drenajlar jarohatda to undan yiring butunlay ajralib chiqmaguncha turadi. Mahajliy joyga proteolitik fermentlar yuboriladi. Yig'ilgan yiringni chegaralashda punksion usulidan foydalanish mumkin: punksiya vaqtida yiring so'rib olingandan so'ng, abssess bo'shlig'i antiseptik suyuqliklar bilan yuviladi, keyin unga antibiotiklar va proteolitik fermentlar yuboriladi, shunday qilib, yiring bo'shlig'i aktiv asperatsiyasi yo'lga qo'yiladi. Ayni paytda sifatli taomlar tayinlanadi. Vitaminoterapiya o'tkaziladi, eritrotsitlar, qon o'rnini bosuvchi preparatlar qo'yiladi. Antibiotiklar va sulfanilamidlar yuboriladi[2].

Manbalar Tahrirlash

  1. Ergashev U.Y.. Xirurgik kasalliklar 208-bet. ToshTA 2020. 
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya 373-bet. Yangi asr avlodi 2008.