Flegmona
Flegmona (grekcha: φλεγμονή — isitma, yalligʻlanish) — To‘qimalarning tarqoq yiringli yallig‘lanish jarayoni flegmona deyiladi va u ko‘pincha siyrak biriktiruvchi to‘qimalarda uchraydi. Ekssudatning turiga qarab seroz yiringli, yiringli-gemorragik, chirindili flegmonalar farqlanadi[1]. Yalligʻlanish jarayoni teri osti yogʻ qavatida, shuningdek, mushaklarda, mushaklar orasida, aʼzolar orasi (masalan, qorin pardasi orti) kletchatkasida yuzaga kelishi mumkin.
Etiologiyasi va patogenezi
tahrirKasallik qoʻzgʻatuvchilari koʻproq stafilokokklar va streptokokklar, enterobakteriyalar va anaerob mikrooranizmlardir. Mikrob toʻqimaga toʻgʻridan-toʻgʻri, shuningdek, limfogen va gematogen yoʻllar bilan tushishi mumkin. Flegmona, shuningdek, ikkilamchi boʻlishi mumkin, yaʼni u chipqon, karbunkul yoki boshqa yalligʻlanish kasalliklari tufayli asorat qolishi natijasida avj oladi. Seroz jarayoni kuchayadi, keyin infiltrat yuzaga keladi, oʻqima nekrozi paydo boʻladi. Natijada asta-sekin toʻqimalarning tarqoq yiringli infiltratsiyasi paydo boʻladi.
Patologoanatomik manzarasi
tahrirToʻqima nekrozga uchraganidan darak beruvchi oʻzgarishlar yumshoq biriktiruvchi toʻqimada avj olib boraveradi. Mikroblarning turiga koʻra toʻqimalardagi oʻzgarishlami tavofut qilish mumkin. Masalan, anaerob infeksiyasi mavjud boʻlsa, gaz pufakchalarini koʻrish mumkin, yiringli pufakchalarda esa toʻqimalarning yemirilishi yoqimsiz hid bilan kechadi. Abssessdan farq qilib flegmonada yalligʻlangan kapsula oʻchogʻming aniq-ravshan chegarasi boʻlmaydi (Flegmonoz jarayoni uchun xos boʻlgan yalligʻlanish boʻyicha boʻlgan oʻzgarishlami teri osti yogʻ qavati yiringsiz yalligʻlanishini anglatuvchi va biriktiruvchi toʻqimaning yupqa qatlami boʻylab hujayralararo boʻshliqqa tarqaluvchi sellyulit bilan aralashtirib yubormaslik kerak).
Flegmonaning ayrim turlari ularning tarqalishiga yoʻl qoʻymasligi yoki boshqa jihatlarga bogʻliq holda oʻziga xos nomga ega. Masalan, qorin pardasi orti kletchatkasi flegmonasi, chaqaloqlar flegmonasi va hokazo.
Flegmonaning tasnifi
tahrirEkssudatning turiga qarab seroz yiringli, yiringli-gemorragik, chirindili; lokalizatsiyasi boʻyicha epifassial, subfassial organizmdagi yogʻ qavatlarini inobatga olganda flegmonalar maxsus nom bilan yuritiladi: Maʼlum guruhda inyeksiyadan soʻng paydo boʻluvchi flegmonalar farqlanadi. Ular dori vositalari (10 foiz-NaCl, 25 foiz analgin, 25 foiz kardiomin va hokazo) yuborilganda infeksiya tushsa paydo boʻladi.
Klinik manzarasi
tahrirKasallik birdaniga boshlanib, ogʻriq, et uvishishi, darmonsizlik va haroratning 40 °C gacha koʻtarilishi bilan birga kechadi. Yalligʻlanish oʻchogʻida shish paydo boʻladi, ogʻriqli infiltrat yuzaga keladi, oyoq-qoʻl shikastlanganda ularning bajaradigan funksiyasi keskin pasayib ketadi. Infiltrat sohasida toʻqimalarning organizm intoksikatsiyasi bilan kuchayib boruvchi yiringli yalligʻlanishi asta-sekin avj olib boradi. Chuqur flegmonalar, masalan, kichik chanoq flegmonasi yoki qorin pardasi orti yogʻ qavati flegmonasi juda ham xavflidir, chunki ular xatarli asoratlar qolishiga olib borishi mumkin. Chaqaloqlar flegmonasi ham bundan mustasno emas. Septik holatning birdaniga paydo boʻlishi va teri osti yogʻ qavatining kuchayib boruvchi nekrozi unga xosdir. Nekrotik oʻchoqning asta-sekin bitib ketmasligi natijasida jarohat oʻziga xos tus oladi, uning chetlari doʻppayib chiqadi, qingʻir-qiyshiq shakl oladi, jarohat
ostidagi granulyatsion toʻqimalar, mushaklar, ochiq suyaklar koʻrinib turadi.
Differensial diagnozi
tahrirFlegmonani abssessdan, gidradenitdan, kuchayib boruvchi tromboflebit va limfangitdan, shuningdek, gematogen osteomiyelit va aktinomikozdan farqlash lozim.
Davosi
tahrirKonservativ davo (issiq muolajalar, antibiotiklar) kasallikning faqat boshlangʻich bosqichida oʻrinlidir. Uning keyingi avj olish jarayonida zudlik bilan bajariladigan jarrohlik usuli bilan davolash — jarohatni kengroq yorish, yalligʻlanish oʻchogʻini drenaj qilish zarur. Terining yorilgan joyi keng boʻlishi va kontraperturalar bilan toʻldirilishi lozim. Chaqaloqlar flegmonasida toʻqimalar shikastlangan joyda va sogʻlom toʻqima bilan yalligʻlanish oʻchogʻi oʻrtasidagi chegarada koʻplab kichikroq yorishlar qilinadi (qator hollarda yorish amalga oshirilganda yiring emas, balki qonli ekssudat chiqadi). Tizillab otiluvchi antiseptik suyuqliklar bilan yuviladi. Operatsiya qilingan jarohat yon tomonlarida koʻpdan-koʻp tuynuklari boʻlgan polixlorvinil naychalar yordamida drenaj qilinadi. Proteologik fermentlar qoʻllanadi. Bordi-yu, bemorning umumiy ahvoli yaxshilanmasa, asorat (kuchayib boruvchi flegmona, septik tromboflebit, yiringning boʻshliqqa yorib kirishi va hokazo) yuz bergan, deb hisoblash lozim. Bunday hollarda giperbarik oksigenatsiya qoʻllanadi. Shuningdek, boshqariluvchi bakterial muhitli (aeroterapevtik qurilma ATU-3, ATU- 5) maxsus mahalliy izolyatorlarda jarohatlarni ochiq usul bilan davolash ham naf berishi mumkin. Katta dozalardagi antibiotiklarni sefalosporinlar, yarim sintetik pensillinlar, aminoglikozidlar, ristomitsin, klindamitsin, azlotsillin va b.) qoʻUash, shuningdek, qon oʻrnini bosuvchi eritmalarni quyish, yurak
dorilarini yuborish, toʻyimli ovqatlar va vitaminoterapiya muhimdir[2].