Osteomiyelit (osteo… va yun. myeolos — magʻiz, koʻmik) — koʻmikning yalligʻlanishi. Bunda yalligʻlanish jarayoni hech qachon koʻmik bilan cheklanmay, suyakning qattiq (kompakt) qismiga va pardasi (periost)ga tarqaladi (qarang Periostit). O. koʻpincha, odam skeleti gʻovak suyaklarining boʻgʻimga yaqin joyida uchraydi. Yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk) koʻpincha O.ga (nospetsifik O.) sabab boʻladi. Mikroblar suyak toʻqimasiga uzoqdagi yiring oʻchogʻidan, mas, chipqondan, anginada yalligʻlangan murtak bezlaridan, yangi tugʻilgan bolalarda infeksiya tushgan kindikdan qon oqimi bilan (gematogen yoʻl bilan) kelishi mumkin. O. sil, zaxm kasalliklari oqibatida ham paydo boʻladi (spetsifik O.).

Fayl:Osteomelit.JPG
O‘tkir gematogen osteomielitda infeksiyaning tarqalishi, a-suyak iligi abssessi, b -suyak usti qavati abssessi, v-g suyak to'qimasining total yiringlab keng mushaklar aro flegmonaga aylanishi, d-flegmona o'zi yorilib oqma hosil bo'lishi[1].

O.ning oʻtkir va surunkali turlari bor. Oʻtkir gematogen O., odatda, 8—17 yoshda roʻy beradi. Koʻpincha badan sovqotgach yoki lat yegach, toʻsatdan boshlanadi. Bemor junjib, temperaturasi 39—40° gacha koʻtariladi, pulsi tezlashadi, koʻz oddi qorongʻilashadi, uxlay olmaydi, alahlaydi. Soʻngra yalligʻlangan suyak ogʻriy-di, ustidagi teri shishib, qizaradi. Yiring yorib chiqqanda temperatura pasayadi, bemorning ahvoli axshilanadi. O. oqiba-tida yiringli artrit rivojlanishi, suyak sinishi, sepsis paydo boʻlishi mumkin. Qonda leykotsitlar koʻpayadi.

Surunkali O., koʻpincha, oʻtkir O.dan (yiring yorib chiqqandan keyin) rivojlanib, yiring chiqadigan teshik hosil boʻladi. Yiring bemalol chiqib turganda temperatura normal boʻlib, asosan, kechasi yoki obhavo oʻzgarganda, jismo-niy ish vaqtida ogʻriq seziladi. Yiring teshigi qisqa vaqt berkilib turganda isitma chiqadi, ogʻriq kuchayadi, yalligʻlangan suyak ustidagi teri boʻrta-di (O.ning zoʻriqishi). Soʻngra yiring teshigi yana ochilib qoladi. O.ni vrach davolaydi[2].

Etiologiyasi va patogenezi. tahrir

Fayl:Osteomelit2.JPG
O‘tkir gematogen osteomielitning rentgen tasviri[1].

Osteomiyelit qoʻzgʻatuvchisi koʻpincha tillarang stafilokokk (60-80 foiz), streptokokk (5-30 foiz), kamroq enterobakteriya va aralash mikrofloradir (10-15 foiz). Bolalar va oʻsmirlarda yalligʻlanish koʻpincha infeksiya gematogen yoʻl bilan uzun naysimon suyaklarga tushib qolganda rivojlanadi. Bunday hollarda osteomiyelit kapillyar turlariga boy va qon oqishi sekin boigan suyakning oʻsuvchi zonasida-metafizda paydo boʻladi. Kapillyarlarda mikroblar toʻplangani va tromblar paydo boʻlgani kuzatiladi. Stafilokokk infeksiya uchun mikroblaming gʻuj boʻlib toʻdalanishi xosdir, bu mikroblar darhol kapillyarlarni tiqinlab bekitib tashlaydi. Suyaklar ochiq singanda mikroblar toʻqimalarning toʻgʻridan-toʻgʻri kasal yuqtirishi yoki suyakning jarohatlanishi (oʻq tegib sinishi, yumshoq toʻqimalarning keng koʻlamda jarohatlanishi) natijasida ilikka ekzogen yoʻl bilan oʻtadi. Yalligʻlanish natijasida suyak ustki pardasining qon

tomirlarida tromboz paydo boʻladi. Keyinchalik infeksiya gavers kanallari orqali ilikka tushadi, buning oqibatida osteomiyelit avj oladi. Mikroorganizmlar ilikka qoʻshni yoki olisdagi yiringlash oʻchogʻidan oʻtganda yalligʻlanish jarayoni endogen yoʻl bilan ham paydo boʻlishi mumkin. Masalan, pastki jagʻ oʻtkir osteomiyeliti odatda tishlar chiriganda. yoki tishlar atrofidagi toʻqimalar yalligʻlanganda (periodontit) roʻy beradi. Suyaklarda qon aylanishining anatomik va frziologik xususiyatlari kasallikni avj oldiruvchi omillarga oiddir. Suyak diafizlari uchun qon aylanishining asosiy tarmoq turi xos boʻlsa, metaepiflzlarda qon tomirlar mikroblar oʻtiradigan (emboliya nazariyasi) sirtmoq hosil qiladi, mikroblaming oʻmashib olishiga davom etuvchi qon tomiri sirtmogʻining kengayishi ham imkon tugʻdiradi. Suyak epifizlari boʻgʻim kapsulasi bilan tigʻiz birikkan, shuning uchun yalligʻlanish boʻgʻimdan metafizga va

aksincha, metafizdan boʻgʻimga osongina oʻta oladi. Osteomiyelitning rivojlanishida immunologik omillar va organizmning reaktivligi katta rol oʻynaydi. N. N. Yelanskiy yalligʻlanishning avj olishida tomir spazmining ahamiyatini alohida taʼkidlaydi. S.M. Derijanovaning tadqiqotlari osteomiyelit faqat taʼsirotga sezgir boʻlib qolgan (sensibilizatsiya) individuumlardagina taraqqiy etishini koʻrsatdi. Organizm sensibilizatsiyasi va hatto aseptik yalligʻlanish mavjud boʻlgan taqdirda ham oqsilning parchalanishini keltirib chiqarishi mumkin. Osteomiyelitning rivojlanishiga imkon yaratadigan boshqa omillardan gipovitaminozlarni, organizm qattiq charchashini, oʻtkir yuqumli kasalliklarni koʻrsatib oʻtish lozim.

Patologik-anatomik manzarasi. tahrir

Infeksiya ilikka tushgan zardobli yalligʻlanish avj olib, geperemiya va ilik shishi bilan birga kechadi. Zardobli yalligʻlanish toʻqima nekrozi va flegmonaning rivojlanishi bilan

murakkablashishi mumkin. Yiringli infeksiya Gavers kanallari orqali suyakning koʻmik qatlamiga oʻtadi va suyak ustki pardasining yiringli infiltratsiyasini keltirib chiqaradi. Koʻpincha suyak ustki pardasining osti abssesslari paydo boʻlib, suyakning kortikal qavati sohasida yemirilish yuz beradi. Gavers kanallari sohasidagi qon tomirlari trombozi bilan bogʻliq holda

suyakning koʻmik qatlami zonasida qon aylanishining buzilishi davom etadi, bu esa keng koʻlamda suyak nekrozlarining rivojlanishiga va mayda suyak parchalari (sekvestrlar) paydo boʻlishiga olib keladi. Sekvestratsiya (mayda-mayda suyak parchalarining ajralib chiqishi)ning ayrim hollarida naysimon (ilikli) suyakning bitta yoki ikkala epifizi, baʼzan esa epifizning birinchisidan to boshqasigacha boʻlgan suyakning hammasi (koʻproq chaqaloqlarda) taʼsirlanadi. Suyak sekvestri granulyatsion toʻqima bilan qurshalgan boʻlib, koʻplab yiring va suyak autolizi mahsulotlariga ega sekvestratsiya boʻshligʻiga joylashgan Vaqt oʻtishi bilan yiring yumshoq toʻqimalarni infiltratsiyalaydi va terini yorib, tashqariga chiqadi, buning natijasida bitib ketmaydigan yaralar paydo boʻladi, jarayon surunkali tus oladi. Suyak sekvestrlari yalligʻlanishni kuchaytiradi. Baʼzan u yoʻqolib ketadi yoki oqma yara teshigidan mayda-mayda suyak parchalari holida tashqariga chiqib turadi. Destruktiv jarayon bilan bir vaqtda mahsuldor tiklanish (regeneratsiya) jarayoni, yaʼni suyakda osteoblastlar rivojlanishiga asoslangan qayta tiklanishga qaratilgan oʻzgarishlar kuzatiladi. Suyak usti (periost) qatlami paydo boʻladi, ularda osteoblastlarning toʻqima elementlari koʻpayishi (proliferatsiya) kuzatiladi (ossifikatsiyalovchi-suyak hosil qiluvchi periostit). Vaqt oʻtishi bilan suyak boʻshligʻida biriktiruvchi toʻqima paydo boʻladi, kalsiy tuzlarini singdirib olgan suyak toʻqimasi kuzatiladi. Oxir oqbatda yangi suyak toʻqimasi vujudga keladi. Kasallik surunkali (xronik) kechganda u oʻqtin-oʻqtin zoʻrayadi, „payt poylayotgan infeksiya suyakda“ uzoq vaqt saqlanib, vaqti-vaqti bilan yalligʻlanishni kuchaytirishi mumkin. Suyakdagi oʻzgarish jarayonlari kompakt qatlamdagi jarohatlangan suyak sklerozini paydo qilishi mumkin. Uzoq davom etgan yiringli jarayon parenximatoz organlarning buzilishi (degeneratsiyalanish)ga olib kelishi mumkin, jigar va buyraklar amiloidozi rivojlanadi.

Tasniflash. tahrir

Osteomiyelitlarni klinik tasniflash katta amaliy ahamiyatga ega va bunda quyidagilar farqlanadi :

1. Oʻtkir osteomiyelit:

— oʻtkir gematogen osteomiyelit;

— oʻtkir travmatik osteomiyelit;

2. Surunkali (xronik) osteomiyelit:

— birlamchi xronik osteomiyelit;

a) Brodi abssessi;

b) Ollyening albuminoz osteomiyeliti;

d) Garrening sklerozlovchi osteomiyeliti;

— ikkilamchi xronik osteomiyelit.

Soʻnggi paytda operatsiyadan keyingi osteomiyelit ham farqlanadi.

Uning asosida quyidagi omillar yotadi: bemor himoyaviy kuchining pasayishi, endogen infeksiya, operatsiya qilinganda konstruksiyani notoʻgʻri tanlash, mikroblar virulentligining oshishi va xirurgning xatolari (yot jismni operatsiya maydonida qolishi, nokobil osteosintez, operatsiyadan keyingi davrda va tashkiliy taktik yoʻnalish) va hokazolar.

Oʻtkir gematogen osteomiyelit tahrir

Klinik manzarasi. tahrir

Kasallik birdan boshlanib, haroratning baland koʻtarilishi (39-40°C), kamquvvatlik, et uvishishi bilan davom etadi. Bemor boshi ogʻriyotganidan, chanqayverishdan, qusayotganidan

shikoyat qiladi. Umumiy xarakterga ega boʻlgan boshqa simptomlar ham kuzatiladi: til quruqlashadi, oqaradi, yurak tez-tez uradi (taxikardiya), qonda leykotsitoz ancha boʻladi, leykotsitar formula chapga keskin surilib qoladi. Koʻproq bolalar va oʻsmirlar kasallanadi. Kasallikning dastlabki kunlarida ogʻriq goh tutib, goh bosilib turadi. Yalligʻlanishga mahalliy toʻqima shishi qoʻshilgandan keyingina ogʻriq kuchayishining oldini olish mumkin. Qoʻl-oyoqlar funksiyasi cheklanib qoladi. Ayrim hollarda terming umumiy giperesteziyasi aniqlanadi, salgina harakat ham birdan ogʻriq beradi. Yalligʻlangan joy ustidagi teri qizarib ketadi, shish, keyinroq esa flyuktuatsiya paydo boʻladi. Flyuktuatsiya suyak ustki pardasining ostida va yumshoq toʻqimalarda qanchalik yigʻilishiga bogʻliq. Subperiostal abssess teridan yorib chiqishi mumkin, buning natijasida yiring ajralib chiqadi va oqma yara paydo boʻladi.

Bemorning umumiy ahvoli sezilarli ravishda yaxshilanadi. Jarayonning tarqalishiga yoʻl qoʻyilmagan hollarda boʻgʻim yaqinida artrit paydo boʻlganini kuzatish mumkin.

Koʻpincha osteomiyelitni uzun naysimon (son, yelka, katta boldir suyagi) suyaklarda (85 foiz), kamroq yassi suyaklarda (10 foiz), yana ham kamroq suyaklarda (5 foiz) kuzatiladi; jarayon yassi suyaklar orasida koʻproq chanoq suyagini shikastlantiradi. Osteomiyelitning diafizar formasi epifizar formasiga qaraganda uch barobar koʻp uchraydi.

Kamdan-kam hollarda gematogen osteomiyelitning yashin tezligidagi formalari kuzatiladi. Ular intoksikatsiya va sepsis tufayli kattalashadi, bemor sargʻayadi, qonda leykotsitoz ortadi. ECHT keskin yuqorilashadi. Bemorda kasallikning mahalliy belgilari bilinmay turib, bir necha kun ichida vafot etishi mumkin. Yashin tezligidagi osteomiyelitga koʻpincha turli

suyaklarda koʻpdan-koʻp infeksiya oʻchoqlarining mavjud boʻlishi xosdir. Kasallikning dastlabki ikki haftasida rentgenda tekshirib koʻrilganda suyaklardagi oʻzgarishlar odatda aniqlanmaydi. Kasallikning uchinchi haftasidan boshlab, ular suyak usti (periostal) yoʻgʻonlashuvi, kortikal qatlamning oʻroqsimon qatlami, yalligʻlanish oʻchogʻidagi konturlarning

kertikligi tarzida aniqlanadi. Suyakning gʻovakli (osteporoz) yalligʻlanishi deb ataluvchi manzara yuz beradi. Tipik holatlarda diagnoz qoʻyish unchalik qiyin emas, ammo

osteomiyelitning yashin tezligidagi formasi bundan mustasnodir, diagnozni toʻgʻri qoʻyishda suyak punksiyasi, suyak ichidagi bosimni aniqlash - densitonometriya va osteomiyelografiya yordam beradi. Oʻtkir gematogen osteomiyelit turli asoratlarni — umumiy yiringli infeksiya, kamqonlik va ichki aʼzolarning amiloid buzilishini (degeneratsiyasini) keltirib chiqarishi mumkin; ikkilamchi yiringli artritlar, ancha keyingi davrda esa patologik sinishlar, ankilozlar, qoʻl yoki oyoqning shakli oʻzgarishi (deformatsiyasi) va kontrakturalari kuzatiladi.

Differensial diagnozi. tahrir

Oʻtkir gematogen osteomiyelitni limfa tomirlarining oʻtkir yalligʻlanishidan va tromboflebitdan, chuqur toʻqimalar flegmonasidan, umumiy yiringli infeksiya va yuqumli kasalliklardan farqlash lozim. Yuqumli osteomiyelitlar (terlama, zotiljam yoki qizamiq kasalliklaridan keyin) ham oʻxshash klinik manzaraga ega, ular yassi suyaklarni zararlaydi.

Davosi. tahrir

Fayl:Osteomelit3.JPG
Osteomielitda yiringli bo‘shliq cho‘ntaklarini ochib tashlash[1].

Kasallangan joyni bezovta qilmaslik, kasallangan qoʻl yoki oyoq immobilizatsiya qilinishi (gipsli longetlar) zarur. Antibiotiklar, sulfanilamidlar va nitrofuran dori-darmonlar keng qoʻllaniladi. Antibioktiklarni yuborish va yiringni chiqarib yuborish uchun suyakka igna yoki mikroirrigatorlami kiritish bilan suyak mikroperforatsiya metodi qoʻllaniladi. Ogʻir holatlarda suyak trepanatsiyasi oʻtkaziladi va suyak kanalini yuvish uchun irrigatorlar kiritiladi. Jarohatga bir necha kun davomida eng yuqori dozalarda (har kecha-kunduzda penitsillin 10 dan 40 mln TV, ampitsillin va karbenitsillin 6-10 mln TV) antibiotiklar tinimsiz yuborilib turiladi (yuvish usuli). Yumshoq toʻqimalarda flegmona mavjud boʻlib oʻtkazib yuborilgan holatlarda insiziya oʻtkaziladi, suyak ustki pardasining osti abssessi yoriladi, ilik kanali trepanatsiya qilinadi va yiringli boʻshliq keng koʻlamda drenaj qilinadi, aktiv aspiratsiya usuli qoʻllaniladi. Kasallikning oʻtkir davrida oʻtkazilgan radikal operatsiyaning nafi kam boʻladi, chunki bu paytda sekvestratsiya chegaralarini aniqlash mumkin boʻlmaydi. Shuning uchun radikal operatsiya ancha keyin sekvestrlar chegaralanib, osteomiyelit xronik formaga oʻtgachgina amalga oshiriladi.

Oʻtkir travmatik osteomiyelit tahrir

Klinik manzarasi. tahrir

Oʻtkir travmatik osteomiyelit suyaklarning shikastlanishi, jumladan, suyaklarning ochiq sinishi hamda oʻq tegib sinishi bilan kombinatsiyalashgan katta-katta jarohatlar natijasida paydo

boʻladi. infeksiya tashqi muhitdan oʻtadi. Dastlabki paytlarda yashirin, bilinar-bilinmas kechayotgan jarayon kuzatiladi. Osteomiyelitning avj olishiga jarohatda yot jismlar yoki suyak parchalarining mavjudligi imkon yaratadi. Jarohatlangan joyda sust granulyatsiya, oqma yaralarning paydo boʻlishi ehtimoli, shish, ora-sira takrorlanib turadigan flebit hamda

limfangit aniqlanadi. Bemorning umumiy ahvoli asta-sekin yomonlashib boradi, kamqonlik (anemiya) rivojlanadi, harorat koʻtariladi. Ayrim mualliflar suyakning yiringli yalligʻlanishini ekzogen osteit (tashqi muhit taʼsirida suyak toʻqimasining yalligianishi) bilan belgilaydilar (M.I. Kuzin, V.Shmitt). Tashqi omildan bevosita ilikli suyakning ust pardasigacha yetib bormay, faqat kartikal qatlamning Gavers kanallarinigina shikastlantiradi. Buning natijasida shikastlangan suyak sohasining oziqlanishi buziladi, nekroz boshlanadi, ayni paytda,

demarkatsiya zonasi vujudga keladi; demarkatsiya zonasining paydo boʻlishi oqibatida esa, yashashga qodir boʻlmagan suyak boʻlaklari tushib ketadi, yaʼni sekvestrlanadi. Rentgen qilib koʻrilganda, sekvestrlangan suyak boʻshliqlari, suyak ichki sklerozi va suyak pardasining qalinlashganligi kuzatiladi. Singan joylarning sust bitayotganligi aniqlanadi.

Osteomiyelit pirovardida soxta boʻgʻimlar, ankilozlar, kontrakturalar paydo boʻlishi mumkin. Yiringli asorat natijasida keyinchalik oyoq yoki qoʻl qorasonga gangrenaga uchrashiga, sepsisga va ichki aʼzolarning amiloid degeneratsiyalanishiga olib kelishi mumkin.

Differensial diagnozi. tahrir

Oʻtkir travmatik osteomiyelitni flegmonadan, oʻtkir gematogen osteomiyelitdan, anaerob gangrenadan, suyakning ochiq sinishi va jarohat infeksiyasidan farqlash lozim.

Davosi tahrir

. Kasallangan qoʻl yoki oyoqni tinch tutish, immobilizatsiya qilish zarur. Antibiotiklar, suifanilamidlar va nitrofuranlar kehg qoʻllaniladi. Plazmalar va koʻp miqdorda suyuqliklar yuborishdan, taʼsirlantirib davolashdan foydalaniladi. Yiring toʻplangan joylarning hammasini ochib, nekrotik toʻqimalarni kesish va suyak boʻlaklarini olib tashlash ham muhimdir. Jarohat yiringli yaralarni davolash prinsipi boʻyicha tozalanadi (sanatsiya). Yirik qon tomirlari jarohatlangan yoki yumshoq toʻqimalar keng koʻlamda shikastlangan hamda sepsis yuz bergan hollarda kasallangan qoʻl yoki oyoq kesib tashlanadi (amputatsiya), lekin bu koʻpincha muvaffaqiyatli tugamaydi. Oʻtkir travmatik osteomiyelitning oldini olishda jarohatni jarrohlik yoʻli bilan birlamchi tozalashni oʻz vaqtida va toʻgʻri oʻtkazish muhim ahamiyatga ega.

Ikkilamchi surunkali osteomiyelit tahrir

Klinik manzarasi tahrir

. Xronik osteomiyelit odatda kasallikning oʻtkir jarayoni oqibatida paydo boʻladi. Suyak sekvestrlarining paydo boʻlishi unga xosdir. Oqma yaralardan halok boʻlgan mayda-mayda suyak parchalari bilan birga yiring suyuqligi chiqib turadi. Kasallik tez-tez qaytalanib turadigan (residivlik) xususiyatga ega. Oraliq davrda (remissiya davrida) bemorning ahvoli mutlaqo qoniqarli boʻlishi mumkin. Harorati norma atrofida boʻladi, qon aylanish manzarasi ham normal holga keladi. Bunday nisbiy qoniqarli ahvol yillarga choʻzilishi mumkin. Bemor

hayotining har qanday daqiqasida boshlanishi mumkin boʻlgan xronik osteomiyelitni soat mexanizmiga ega va belgilangan vaqtda portlaydigan bomba deyishadi. Infeksiyaning birdan avj olishiga jarohatlanish, sovqotish yoki organizmning zaiflashuvi sabab boʻlishi mumkin. Kasallik zoʻrayganda mahalliy qattiq ogʻriq paydo boʻladi, tana harorati koʻtariladi, yumshoq

toʻqimalar flegmonasi avj oladi, oqma yaralarning „koʻzi“ ochiladi. Yiring suyuqligi chiqib ketgach, bemor oʻzini yaxshi his qiladi. Kasallik ikkinchi marta zoʻrayganda yalligʻlanish makonidagi mushaklar va terining atrofiyaga uchrashi kuchayadi, et suyakka borib taqaladi, bitmaydigan oqma yaralar va yaralar paydo boʻladi, boʻgʻimlar harakati qiyinlashadi, ichki aʼzolarning amiloid degeneratsiyasi avj oladi. Xronik osteomiyelit diagnostikasida rentgenologik tekshirishlar muhim rol oʻynaydi. Rentgenogrammada turli katta-kichiklikdagi va shakldagi sekvestrlar mavjud boʻlgan suyak boʻshliqlari koʻzga tashlanadi, shuningdek, suyak usti pardasi reaksiyasi va suyakning kompakt qatlami sklerozi kuzatiladi. Rentgenogrammalar ikki proyeksiyada amalga oshiriladi, ayrim hollarda esa ularga qoʻshimcha ravishda suyak tomogrammalari bilan ham tekshirib koʻriladi. Oqma yaralar yoʻlini aniqlash uchun fistulografiyadan foydalaniladi (noaniq holatlarda aniqlik kiritish uchun uning ahamiyati kattadir). Kontrast modda sifatida yodolipol yoki suvda eruvchan preparatlardan (triombrast, verografin, yodomin, urotrast) foydalaniladi.

Differensial diagnozi. tahrir

Xronik osteomiyelitni limfangit va tromboflebitdan, oʻtkir osteomiyelitdan, spesifik infeksion osteomiyelitlar (terlamaga, brutsellyozga oid osteomiyelitlar)dan, osteodistrofiya va suyak sarkomalaridan farqlash zarur. Kasallikning noaniq holatlarda suyak biopsiyasi, tuberkulin sinamasi va boshqalar oʻtkaziladi.

Davosi tahrir

Davo qilish kasallik bosqichiga qarab oʻtkaziladi. Kasallikning zoʻrayish davrida oʻtkir osteomiyelitga qanday davo qilinsa, unga ham xuddi shunday davo qoʻllaniladi. Antibiotiklar oʻrtacha dozalarda tayin qilinadi. Suyak ustki pardasi osti fasodlari hamda yumshoq toʻqimalar fasodlari yoriladi. Suyak sekvestri mavjud boʻlsa, radikal operatsiyasekvestrektomiya („sequstrectomia“) oʻtkaziladi. Suyak trepanatsiya qilinadi, yiringli boʻshliqni yorib, halok boʻlgan mayda-mayda suyak parchalari chiqarib tashlanadi. Chuqur suyak kemtikligini bartaraf etish hamda yassi kemtikligini vujudga keltirish maqsadida sekvestr oʻrni iskana yordamida tekislanadi. Agar shunday qilinsa, sekvestr olib tashlangandan soʻng boʻshliqda yiring va suyuqliklar toʻplanishining oldi olinadi. Hosil boʻlgan boʻshliq parafin, plastmassa, konservalangan kemirchak (togʻay) toʻqima, suyakli autotransplantat yoki allotransplantat bilan toʻldiriladi , baʼzan amnion toʻqimasi ishlatiladi. Shuningdek, suyak boʻshligʻini oyoqchali qilib olingan yaqin atrofdagi toʻqimalar, ayniqsa, mushaklar bilan tamponlab qoʻyish ham muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda, bu suyak boʻshligʻining tezroq bitishiga yordam beradi. Tomirlar orqali oʻtkazish (transplantatsiya) ham foydalidir. Bunda koʻchirib oʻtkazishning birikib ketishiga imkoniyat boshqa metodlar bilan qiyoslashtirilib koʻrilganda juda kattadir, lekin buning uchun xirurg maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan boʻlishi shart. Operatsiyadan keyingi davrda kasallangan oyoq yoki qoʻlni immobilizatsiya qilish zarur. Operatsiyadan keyingi davr boshlarida maʼlum bir joyga antibiotiklar ingichka irrigatorlar orqali yuborib turiladi. Oqma yaralarni qirib tozalashdan yoki kesib olib tashlashdan foyda yoʻq. Xronik bosqichda fizioterapiya (UYUCH, parafin bilan applikatsiya qilish), suvli va oltingugurtli vannalar, balchiq bilan davolash qoʻllaniladi. Fizioterapevtik tadbirlarni tez-tez qoʻllash jarayoniningzoʻrayishini sunʼiy ravishda qoʻzgʻatishi mumkin[3].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Xirurgik kasalliklar Ergashev U.Y. ToshTA 2020. 
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Oripov O.. Umumiy xirurgiya. Yangi asr avlodi 2008.