Formaldegid
Formaldegid (lotincha formica – chumoli), 1867-yilda Goffman tomonidan sintez qilingan. Chumoli aldegid – alifatik aldegidlar gomologik qatorining 1 aʼzosi; oʻtkir hidli, rangsiz gaz. Suv va spirtda yaxshi eriydi. Suyuqlanish temperaturasi – 118°, qaynash temperaturasi – 19,2°, zichligi 815 kg/m3 (20°da). Sanoatda metil spirti yoki metanni havo kislorodi bilan oksidlab olinadi. Formaldegid reaksiyaga yaxshi kirishadi, polimerlanadi, kuchli qaytaruvchi. Formaldegid zaharli; uning havoda eng katta yoʻl qoʻyiladigan konsentratsiyasi 1 mg/m3. Sintetik smolalar (mochevinaformaldegid smolalar, melaminformaldegid smolalar, fenolformaldegid smolalar va hokazo), boʻyagichlar, portlovchi moddalar, dorivor preparatlar, oshlovchi, antiseptik va dezodoratsiyalovchi vositalar olishda qoʻllanadi.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |