Formosan qora ayigʻi
Tayvan qora ayigʻi yoki oq tomoqli ayiq nomi bilan ham tanilgan Formosan qora ayigʻi (臺灣黑熊, Ursus thibetanus formosanus) Osiyo qora ayigʻining kichik turi hisoblanadi. U birinchi marta 1864-yilda Robert Swinhoe tomonidan tasniflangan. Formosan qora ayiqlari Tayvan hududi uchun endemik tur hisoblanadi. 2001-yilda ular mamlakat boʻylab oʻtkazilgan, yarim yil davom etgan ovoz berish soʻrovnomalarida Tayvanning yovvoyi tabiatining eng ahamiyatli vakili deb topilgan. Ular, shuningdek, eng katta quruqlik hayvonlaridan biri va Tayvandagi yagona mahalliy ayiqlar (Ursidae) turi hisoblanadi.
Formosan qora ayigʻi | |
---|---|
Muhofazalash holati
| |
Xavf ostidagi tur
| |
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Hayvonlar |
Tip: | Xordalilar |
Sinf: | Sutemizuvchilar |
Urugʻ: | Carnivora |
Oila | Ursidae |
Kenja tur: | Ursus |
Turlar: | |
Ostki turlar: | U. t. formosanus
|
Trinomial nomi | |
Ursus thibetanus formosanus R. Swinhoe, 1864-yil[1]
| |
Sinonimlar | |
|
Soʻnggi oʻn yilliklarda jiddiy ekspluatatsiya va yashash joylarining buzilishi tufayli yovvoyi Formosan qora ayiqlarining populyatsiyasi kamayib bormoqda. Bu tur 1989-yilda Tayvanning Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonuniga (anʼanaviy xitoycha: 野生動物保育法) muvofiq „yoʻqolib ketish xavfi ostidagi turlar“ roʻyxatiga kiritilgan. Ularning geografik tarqalishi 1,000–3,500 metr (3,300–11,500 ft)) balandlikdagi olis, noqulay hududlar bilan chegaralangan.
Jismoniy xususiyatlari
tahrirFormosan qora ayigʻi mustahkam va dumaloq boshi, qisqa boʻyni, kichik koʻzlari va uzun tumshuqga ega. Boshining oʻlchami uzunligi 26-35 sm va boshi boʻylab aylana uzunligi 40-60 sm. Quloqlari 8-12 sm uzunlikda boʻladi. Uning tumshugʻi itnikiga oʻxshaydi, shuning uchun uning laqabi „it ayiq“ hisoblanadi. Uning dumi koʻzga tashlanmaydi va qisqa — odatda 10 sm dan kamroq boʻladi. Uning tanasi qoʻpol, yaltiroq, tim qora jun bilan qoplangan, ular boʻyin atrofidagi yunglari 10 sm dan uzunroq boʻlishi ham mumkin. Uning iyagining uchi oq rangda boʻladi. Koʻkrak qafasida „V“ belgisi yoki yarim oy shaklida oʻziga xos sargʻish yoki oq belgi bor. Bu unga boshqa taxallusi „oy ayigʻi“ nomini olishiga sabab boʻladi. Uning vazni 60 kg dan 200 kg gacha yetishi mumkin[2].
Ovqatlanishi
tahrirBu turkum ayiqlari asosan barglar, kurtaklar, mevalar, ildizlar bilan oziqlanadilar, shuningdek ular hasharotlar, mayda hayvonlar va oʻlik hayvonlarni ham isteʼmol qiladilar. Yushan milliy bogʻida kuzatilgan ayiqlarning ovqatlanish ratsioniga bahorda shirali oʻsimliklar, yozda uglevodga boy yumshoq mevalar va kuz/qishda yogʻli qattiq yongʻoqlar (masalan, boshoq va choʻchqa yongʻogʻi) kiradi.
Tarqalishi
tahrirBir vaqtlar bu ayiqlar Tayvan (Formosa) boʻylab keng tarqalgan deb ishoniladi. Hozir u asosan togʻ tizmalari hududidagina uchraydi. Uni Markaziy va Qorli togʻ tizmalari boʻylab topish mumkin. Ayiqlarning eng katta populyatsiyasi Chatienshan qoʻriqxonasidagi Lala togʻi, Sheipa milliy bogʻining togʻli hududi va Yushan milliy bog'i boʻylab Tavushan qoʻriqxonasining janubidagi Taroko milliy bogʻida kuzatilgan[2].
Yashash joyi va xatti-harakati
tahrirFormosan ayigʻi Tayvanning sharqiy hududidagi togʻli oʻrmonlarda 1,000 to 3,000 metr (3,300 to 9,800 ft) balandlikda yashaydi. Qishda, moʻtadil iqimli hududlarda yashaydigan Osiyo qora ayiqlari kabi qishki uyquga ketish oʻrniga, oziq-ovqat topish uchun togʻning pastki etaklariga koʻchib oʻtadilar. Ular kunduzgi soatning 54-57 % faol, yozda (60 %) va kuzda/qishda (60 %) bahorda (47 %) faol boʻladilar. Ular bahor va yozda kunduzi vaqtda juda faol; va kuz/qishda, boshoqlar koʻp boʻlgan davrda tunda faollashadi. Ular yolgʻiz holda va odatda tez harakat qiladilar, faqat juftlash mavsumi yoki bolalarga gʻamxoʻrlik qilish davridagina ularni 2-3 tadan boʻlib yurishini koʻrish mumkin. Formosan ayiqlari, shuningdek, vaqtinchalik uya quradigan sayyoradagi yagona ayiqlardir.
Farmosan ayiqlari noqulay va noodatiy koʻrinishiga qaramay, 30-40 km/soat tezlikka erishib, odamlardan osongina oʻzib ketishadi. Ular suzish va toqqa chiqishda ham juda mohir jonivorlardir. Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan turlarning holati va odamlardan qochish odati tufayli Formosan qora ayiqlari tabiatda kamdan-kam holatda uchraydi. Koʻpgina uchrashuvlarda ayiq orqaga chekinadi va odamlardan qochib ketadi. Ayiqlar tajov qilishi mumkin boʻlsa ham, ular kamdan-kam hollarda odamlarga hujum qilishadi.
Koʻpayishi
tahrir-
Ayiq yasagan piyola shaklidagi yer uyasi
-
Bolalarini emizayotgan ona ayiq
-
44 kunlik ayiqcha
-
Daraxtga chiqayotgan ayiq bolasi
Yolgʻiz yashovchi hayvonlar sifatida, Formosan qora ayiqlari koʻpayish davrida urgʻochilar bilan birga boʻlish davridan boshqa holatlarda doimiy boshpanada turmaydi. Ayiqning koʻpayish davri juda qisqa. Erkak ayiq bir necha kun davomida urgʻochi ayiq ortidan ergashadi. Juftlashgandan keyin ular yolgʻizlikdagi hayot tarzilga qaytadilar. Urgʻochilar jinsiy yetuklikka 3-4 yoshda, erkak ayiqlar esa 4-5 yoshda jinsiy yetuklikka erishadilar, odatda bu holat urgʻochilarga qaraganda bir yil kechroq amalga oshadi. Juftlashish odatda iyundan avgustgacha davom etadi va homiladorlik 6-7 oy gacha choʻzilishi mumkin. Shunday qilib, yovvoyi urgʻochi ayiqlar odatda dekabrdan keyingi fevralgacha bolalaydilar.
Har bir tugʻilish vaqtida 1-3 ta bola tugʻiladi. Kichkintoylar taxminan olti oy davomida ona qaramogʻi ostida boʻladi. Ular uydan chiqib ketish uchun yetarlicha kuchga ega boʻlganda, ayiq bolalari onasi estrusning keyingi davriga kirgunga qadar va bolalarni haydab chiqargunga qadar taxminan ikki yil davomida onalari bilan birga qoladilar. Bu Formosan qora ayiqlarining 2 yillik reproduktiv siklini tashkil qiladi.
Muhofazalash holati
tahrirOv qilinish holatlari
tahrirFormosan qora ayiqlari (台灣黑熊) va Formosan bulut leopardlari (台灣雲豹) — Tayvan orolidagi eng yirik quruqlikdagi yirtqichlardan boʻlib, Tayvan togʻ tizmalari va pasttekisliklar boʻylab ovlash holatlari koʻp kuzatilgan. Biroq, hozirda leopard yoʻq boʻlib ketgan, ayiqlar esa yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlsa-da, ayrim hududlarda uchraydi. Pingtung Milliy Fan va Texnologiya Universiteti qoshidagi Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish instituti tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga koʻra, bu ayiqlarning saqlanib qolishi Tayvan aborigenlarining afsonalari va anʼanaviy tabulari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.
Bunun aholisi qora ayiqlarni Aguman yoki Duman deb atashadi, bu soʻz shayton degan maʼnoni anglatadi. Bunun ovchisining tuzogʻiga bexosdan ayiqn tushib qolsa, u togʻda yozgi uy qurib, oʻsha yerda ayiqning jasadini yoqib yuborishi kerak. Ovchi ham tariq terimi tugaguniga qadar qishloqdan uzoqda, yozgi uyda yolg‘iz qolishi kerak. Rukai va Payvan xalqiga ayiq ovlashga ruxsat berilgan, ammo ovchilar buning evaziga qadimiy laʼnatni olib yurish uchun toʻlov toʻlashlari kerak. Rukai odamlar ayiqlarni ovlash kasallikka olib kelishi mumkinligiga ishonishadi. Bundan tashqari, hamma ham ayiq goʻshtini isteʼmol qila olmaydi va bolalarga ayiq goʻshtini berish qatʼiyan man etiladi. Taroko (Truku) afsonasida Formosan qora ayiqlari hurmatli „oʻrmon shohlari“ boʻlib, ularning koʻkragidagi oq belgilar oyni ifodalaydi. Taroko xalqi qora ayiqlarni oʻldirish oilaviy falokatga olib kelishiga ishonishadi. Umuman olganda, bu ovchi qabilalar orasida toʻngʻiz ovchilari qahramon sifatida hurmat qilinsa, ayiq ovchilari esa magʻlubiyatga uchragan yoki lanʼatlangan deya hisoblanadi.
Yoʻqolib borayotgan turlari
tahrir1998-yildan 2000-yilgacha Yushan milliy bogʻida 15 ta Formosan qora ayiqlari qoʻlga olindi va radio mikrochiplari oʻrnatildi. Xabar qilingan ayiqlarni koʻrish holatlari juda kam uchraydi va hech kim bu hududda qancha ayiq borligini aniq bilmaydi. Tur 1989-yildan beri qonuniy himoyaga olingan, ammo noqonuniy ov hanuzgacha davom etmoqda va bunday brakonerlik Formosan qora ayiqlari populyatsiyasiga tahdid solmoqda. Misol uchun, yuqoridagi soʻrovda tutilgan oʻn beshta ayiqdan sakkiztasida noqonuniy tuzoqlar tufayli oyoq barmoqlari yoki panjalari yoʻqolish holatlari kuzatilgan.
1989-yildan buyon Formosan qora ayiqlari yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan va Tayvanning Madaniy merosni muhofaza qilish qonuni (anʼanaviy xitoycha : 文化資產保存法) bilan himoyaga olingan. Xalqaro miqyosda Osiyo qora ayiqlarining barcha turlari CITES I ilovasida keltirilgan. CITES ushbu turdagi mahsulotlarning barcha xalqaro savdosini taqiqlaydi. Ushbu tur, shuningdek, Xalqaro tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) qizil roʻyxatiga xavf ostidagi tur sifatida kiritilgan.
Mahalliy aholidan bir ovchi shunday degan edi: „Agar togʻlarda ayiqlar boʻlmasa, oʻrmon boʻm-boʻsh koʻrinardi va oʻzimni yolgʻiz his qilardim“. Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish instituti xodimi Mei-Hsiu Hwang, qora ayiqlarni asrash tashabbuskori ham shunday deydi: „Biz Tayvan tog‘larining bu ruhini yo‘qotishni xohlamaymiz. Biz avlodlarimiz ularni faqat hayvonot bog‘ida yoki tarix kitoblarida ko‘rishini istamaymiz“.
Formosan qora ayigʻining saqlanib qolinishidan hali ham umid bor. 2009-yilda Lin Yuan-Yuan (Yushan milliy bogʻining qora ayiqlarni muhofaza qilish guruhi aʼzosi) Tafenning sharqiy qismidagi Batongguan soʻqmoqlari yaqinida ona ayiqning oʻz ikki bolasiga yordam berishga urinayotgani tasvirlangan videotasvirni yozib oldi[3].
Manbalar
tahrir- ↑ Swinhoe, R. (1864). „Extracts from letters from, addressed to Dr. J. E. Gray“. Proceedings of the Zoological Society of London. 32: 380. doi:10.1111/j.1469-7998.1864.tb00409.x.
- ↑ 2,0 2,1 „Formosan black bear – Bear Conservation“ (en-GB). Qaraldi: 2020-yil 29-noyabr.
- ↑ Yushan National Park
Havolalar
tahrir- Oʻrmon xoʻjaligi byurosi, Qishloq xoʻjaligi kengashi, Xitoy Respublikasi (Tayvan)
- Tayvandagi Formosan qora ayiqining hozirgi holati Y. Vang tomonidan (Wayback Machine saytida 2012-02-19 sanasida arxivlangan)
- Tayvandagi Formosan qora ayiqining holati va boshqaruvi Yin Vang tomonidan
- MY Hwang va Y. Vang tomonidan Tayvanda Osiyo qora ayiqlarining holati va boshqaruvi
- ; ; ; ; ; 2009: Formosan qora ayigʻining toʻliq mitoxondrial genomi (Ursus thibetanus formosanus). Zootaxa, 1971 : 50-58.
- Formosan qora ayiqini saqlash va tadqiq qilish, Pingtung milliy fan va texnologiya universiteti Yovvoyi tabiatni muhofaza qilish instituti