Fors tili saboqlari (ruscha: Уроки Фарси; inglizcha: Persian Lessons) — Vadim Perelman tomonidan suratga olingan va 2020-yilda ekran yuzini koʻrgan, Rossiya, Germaniya va Belorussiya hamkorligida suratga olingan harbiy drama filmi.

Fors tili saboqlari

Film posteri
Rejissyor(lar) Vadim Perelman
Rollarda
  • Nahuel Pérez Biscayart
  • Lars Eidinger
  • Jonas Nay
Chiqarilgan sanasi 2020-yil
Davomiyligi 125 daqiqa
Til ruscha

Syujeti

tahrir

Film voqealari 2-jahon urushi davrida sodir boʻladi. Konslagerga tushib qolgan asosiy qahramon, belgiyalik yahudiy, omon qolish maqsadida oʻzini fors ekanligiga ishontiradi. Oʻzi tomonidan oʻylab topilgan tilni fors tili sifatida koʻrsatib nemis ofitserini ushbu tilga oʻrgatishni boshlaydi[1].

Rollarda

tahrir

Yaratilish tarixi

tahrir

Film Rossiyaning Hype Film, Germaniyaning LM Media va Two Films, Belarussiyaning Belarusfilm kompaniyalari bilan birgalikda yaratilgan. Suratga olish jarayonlari 2013-yilda boshlangan va dastlab filmga Timur Bekmanbetov rejissyorlik qilishi kerak edi, lekin keyinchalik filmni suratga olishda rejissyorlik Vadim Perelmanga nasib qilgan. Ssenariy Ilya Sofin tomonidan Wolfgang Kohlhaasening „Kapo uchun fors tili“ hikoyasi asosida yozilgan. Suratga olish jarayonlari Belarussiya hududida amalga oshirilgan[2] (shuningdek Bobruysk qalʼasida[3]).

Film premyerasi 2020-yil Berlin kinofestivalida amalga oshirilgan. Tanqidchilar ushbu kartinada Xolokost janridagi filmlar rivojidagi oʻziga xos yangi yondashuvni koʻrishgan[4]. Film Yevropa kinoakademiyasi mukofotiga nomzod sifatida eʼlon qilingan[5]. Ushbu filmni Belarussiya nomidan Oskar mukofotiga nomzod sifatida koʻrsatishgan, lekin keyinchalik film ustida ishlagan jamoaning koʻpchilik qismi ushbu davlat bilan aloqasi yoʻqligi sababli filmni diskvalifikatsiya qilishgan[6].

Ushbu film 2021-yil 9-aprel kuni prokatga chiqarilgan. Yil davomida u chet el prokatidagi eng kassabop rus filmga aylangan[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Рецензия на фильм «Уроки фарси»: драма про холокост и спасительную силу памяти“. 2020-yil 31-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  2. „Зрительское кино про Холокост: «Уроки фарси» Вадима Перельмана“. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  3. Автор: Андрей Молвин. „Концентрационные лагеря второй мировой“ (ru). 2020-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-noyabr.
  4. „Репетитор из ада: «Уроки фарси» — очень литературная околорусская холокост-драма“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  5. „EFA 2020: «Уроки Фарси» и «Дау. Наташа» отобраны на премию Европейской киноакадемии“. 2020-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 28-oktyabr.
  6. „Фильм «Уроки фарси» исключили из гонки за «Оскар»“. 2021-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 9-yanvar.
  7. „Кинотеатральные сборы российских фильмов за рубежом в 2021 году снизились на 11%“. 2022-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.

Havolalar

tahrir