Fos al-Jadid madrasasi[1] — Dorul Maxzan madrasasi sifatida ham tanilgan[2], 14-asrda Marokashning Fos al-Jadid kvartalida Mariniylar sulolasi tomonidan qurilgan madrasa. Madrasa keyinchalik masjidga aylantirilgan va Fezning kengaytirilgan Dar al-Maxzen (Qirollik saroyi) bilan birlashtirilgan.

Fos al-Jadid madrasasi
مدرسة فاس الجديد‎
Muqobil nomlari Dorul Maxzan madrasasi
Umumiy maʼlumot
Turi madrasa
Meʼmoriy uslubi Mariniy, Marokash, Islom
Joylashuvi Fos, Marokash
Koordinatalar 34°03′24.6″N 4°59′28.3″W / 34.056833°N 4.991194°W / 34.056833; -4.991194

Tarixi

tahrir

1320-yilda Mariniy sultoni Abu Said Fos al-Jadiddagi Katta masjiddan janubda yangi madrasa qurdirgan[3][4]. U Madrasa Fes Jdid yoki Madrasa Dar al-Maxzen nomi bilan mashhur boʻlgan[3]. Bu Fesda Mariniylar tomonidan qurilgan ikkinchi madrasa boʻlib, birinchisi 1271-yilda Qaraviyyin masjidi yonida qurilgan Seffarina madrasasi edi. Koʻp oʻtmay, 1321-yilda Abu Said hukmronligi davrida ham al-Andalus masjidi yonida Sahrij madrasasi qurilgan. Shunga koʻra, Abu Said Fesdagi har bir buyuk masjid atrofida ilm markazlarini yaratishni orzu qilgan boʻlishi mumkin degan taxminlar bor. Biroq, Fos al-Jadid madrasasi yirik oʻquv markaziga aylanmagan. Keyinchalik, eng nufuzli madrasalar Al-Qaroviyyin va boshqa Mariniy madrasalari Fes al-Bali shahrida qurilgan[5]. Sulton Hassan I (1873-1894-yillarda hukmronlik qilgan) saroyning mexuvar maydonini shimoli-sharqqa tomon kengaytirgan. Koʻp oʻtmay inshoot Qirollik saroyi majmuasi tarkibiga krib ketgan, buning natijasida madrasa masjiddan uzilib, ichki mexuvarga birlashtirilgan[3]. Oʻsha vaqtgacha qarovsiz boʻlgan madrasa taʼmirlangan va minora barpo etlgan. 1924-yildan soʻng bir muncha vaqt oʻtib Fransiya protektorati ostida qayta taʼmirlangan[6].

Arxitekturasi

tahrir

Madrasaning asosiy tartibi oʻsha davrdagi boshqa madrasalarga xosdir. Uning xonalari oʻlchami 10,3x9,25 m boʻlgan toʻgʻri burchakli hovli (sahn) atrofida joylashgan boʻlib, markazida toʻgʻri burchakli suv havzasi barpo etilgan[6]. Ikkala tomonda (gʻarbiy va sharqiy tomonda) arklar galereyasi boʻlib, ularning orqasida talabalar yashaydigan kichik xonalar boʻlgan. Hozirda madrasa va galereyasining yuqori qavati yoʻq, lekin uning dastlab xuddi oʻsha davrdagi Sahrij yoki al-Attarin madrasalariga oʻxshagan qavati boʻlgan boʻlishi mumkin[6]. Hovlining shimoliy tomonida asosiy kirish eshigi joylashgan boʻlib, janubda ancha keng nomozxona boʻlgan. Nomozxonaga taqasimon arkali uchta eshik orqali kirish mumkin boʻlgan: katta markaziy eshik va har ikki tomonda ikkita kichikroq eshik[1][6]. Namoz zali oʻziga xostarzda bezatilgan, mehrobning asl bezaklarini yoʻqotilgan[6]. Binoning shimoli-gʻarbiy burchagida minora joylashgan boʻlib, u asl binoning bir qismi boʻlmagan, lekin madrasa saroyga kiritilganda Hassan I tomonidan qoʻshilgan[1][6].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Marçais, Georges. L'architecture musulmane d'Occident. Paris: Arts et métiers graphiques, 1954 — 286–287-bet. Marçais, Georges (1954). L’architecture musulmane d’Occident. Paris: Arts et métiers graphiques. pp. 286-287.
  2. Salmon, Xavier. Fès mérinide: Une capitale pour les arts, 1276-1465. Lienart, 2021 — 144–146-bet. ISBN 9782359063356. 
  3. 3,0 3,1 3,2 Le Tourneau, Roger. Fès avant le protectorat: étude économique et sociale d'une ville de l'occident musulman. Casablanca: Société Marocaine de Librairie et d'Édition, 1949 — 69-bet. 
  4. Bloom, Jonathan M.. Architecture of the Islamic West: North Africa and the Iberian Peninsula, 700-1800. Yale University Press, 2020 — 189-bet. ISBN 9780300218701. 
  5. Gaudio, Attilio. Fès: Joyau de la civilisation islamique. Paris: Les Presse de l'UNESCO: Nouvelles Éditions Latines, 1982 — 114-bet. ISBN 2723301591. 
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 6,4 6,5 Terrasse, Henri (1962). "La médersa mérinide de Fès Jdid". Al-Andalus 29: 246–253.