Foydalanuvchi:Abbos1202/Paleogen

PALEOGEN (paleo… va yun. ge — yer) — Sharqiy yarim sharning, asosan, tropik hududlarini oʻz ichiga olgan quruqlikning fauna dunyosi. Faunasi qad. Gondvana hayvonlari guruhiga xos: (Gondvananing Braziliya-Afrika qitʼasi); tuyaqushlar, 2 xil nafas oluvchi baliqlar, toshbaqalar, timsoxlar, xar-tumlilar, odamsimon maymunlar, yirtqichlar (yoʻlbars, arslon, gepard) va b. 3 ta fauna oblastiga boʻlinadi.

Efiopiya oblasti Afrikaning Sahroi Kabirdan jan., Arabiston ya. o. ning jan. qismi, Afrikaning shar-qidagi orollarni oʻz ichiga oladi. Faunasi xilma-xil va boy, endemik yoki yarim endemik turkumlar (damanlar, nay-tishlilar, afrika tuyakushlari) va oilalar (jirafasimonlar, suv aygʻirlari, kitboshlilar, sesarkalar va b.)ga ega.

Madagaskar fauna oblasti — Madagaskar, Seyshel, Amirant, Qamar, Maskaren orollarni oʻz ichiga oladi. Ilk neogendan boshlab mustaqil rivojlangan; hayvonot dunyosi Afrika faunasi bilan chambarchas bogʻliq. Ayrim qad. hayvonlarning boʻlishi bu oblastning Jan. Osiyo va Jan. Amerika bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Endemiklari orasida lemurlar, tenreklar va b. bor. Gekkonlar, ssinklar, xameleonlar koʻp uchraydi. Tuyokdilar va afrika qushlarining 20 ga yaqin oilasi uchramaydi.

Hind malay oblasti — Jan. Osiyo va Osiyo bilan Avstraliya oʻrtasidagi o. ning koʻp qismini oʻz ichiga oladi. Tarixiy jihatdan Efiopiya oblasti bilan bogʻlangan (fillar, karkidon, tor bu-runli va odamsimon maymunlar, pangolinlar va b. oblastda keng tarkalgan). Notogeya zoogeografiya dunyosiga oʻxshashlik belgilari ham bor. Turlari va urugʻlarining xilma-xilligiga qaramasdan yuqori taksonlar orasida endemiklari koʻp emas (uzuntovonlilar, jun qanotlilar, tupayyalar, gibbonlar). Mazkur oblastda buyvol, banteng, choʻchqalarning xonakilashtirish markazi joylashgan.

Manbalar

https://qomus.info/oz/encyclopedia/p/paleogen/