Foydalanuvchi:Abdurasulxonovmehroj/Misr 22- sulolasi

         Yangi podsholik davri

tahrir

       Yangi podsholik davri yagona davlatni yemirilishi bilan Misr III O’tish davri(er.avv.1075-656-yillar) ga kirdi. Bu davrda Misda rasman yagona podsho hokimiyati bulsada kuchli tarqoq holatida edi. Yoki bir necha nomlar o’rtasida buligan holda turdi. Bu davrning boshlarida Quyi va O’rta misrda Tanis shahrida urnashib olgan (er.avv.1075-945-yillar) XXI sulola hukmronlik qildi. Janubiy Misr Xerixorning vorislari Amon- Ra ibodatxonasi oliy kohinlari nomlarni merosiy nomarxlari separatizmga qarshi tura omadilar. Ichki kurashlar sababli parokandalikka  yuz tutgan mamlakat tez orada chet elliklarga qaram bo’la boshladi. Bu chet elliklardan biri Liviyaliklar edi   Liviyaliklar deltaning g’arbida va Nil daryosining shimolaga tutashgan joylarda hamda g’arbiy vohalarda qadimdan yashab kelganlar. Bu qabilalar, mustaqil bulib, lekin madaniy jihatdan qoloq bulganlar. Yangi podsholik fir’avnlari zamonidsa Misr gullab yashnagan davrda liviyaliklar Misrga kuplab kelib o’rnashganlar.  Fir’avnlar Liviyaliklarni yollanma askar sifatida xizmat qabul qilib, ularga asosan, deltadan chek yerlarni ajratib berganlar. XX va XXI sulola vakillari davrida liviyaliklarning ko’chib kelishi yanada jadallashgan. Liviya zodagonlaridan bazi birlari asta-sekinlik bilan kohinlik lavozimlarini egallaydilar. Liviyalik yollanma askarlar boshliqlari ayrim hududlarni bosib olganlar. Harbiy qomondon va Gerakleopoldagi Xerilfe xudosining ibodatxonasi bosh ruhoniysi bulgan bir liviyalik yozma ma’lumotida ta’kidlashicha, bu odamning uzidan avval o’tgan ota- bobolaridan 15tasi shu yerda umr kechirib o’tganligi aytiladi. Bu yozuvga qaraganda uning ajdodi «liviyalik Byuvava XXI sulola davrida Gerakleopolga ko’chib kelgan. Uning avlod-ajdodlari liviyalikk qo’shinlarning « ulug’ boshliqlari» va gerakleopol ibodatxonasining  kohinlari lavozimini egallagan, bu liviyalik aslzodalar urug’idan biri podsho oilasi bilan qarindosh ham bo’lib olgan. Ana shu liviyalikning avlodi Bubastis nomining nomarxi  Sheshonk podsholik taxtini egallab XXII sulolaga asos slogan. Kelib chiqishi liviyalik bulgan yangi hukmdorlar Fiva kohinlari bilan maslahatlashib va ularga tayanib ish kurganlar. Yangi sulola podsholari, eski podsho xonadoni bilan qaridosh bo’lib, o’z bolalarini Fivadagi ibodatxonaga bosh ruhoniy qilib tayinlaydilar.

Liviya sulolasi

tahrir

Liviya sulolasiga asos slogan Sheshonk I (er.avv. 945-924-yillar) serg’ayrat hukmdor bo’lgan. Liviyaliklarning harbiy kuchlariga va Fiva kohinlariga tayanib turib, Sheshonk I o’zini XVII-XIX sulola zamonidagi buyuk istilochi fir’avnlarning ishini davom ettiruvchi sifatida ko’rsatib, Karnakdagi ibodatxona yonoda «Bubastislar hovlisi»ni bunyod qiladi va kata minora qurdiradi. Sheshonk I mamlakatda vaziyatni biroz barqaror qiladi. U er.avv.930-yili Falastin ustiga yurish qilib kata o’ljalar bilan Misrga qaytgan.  «Bubastislar hovlisidagi» o’ymakor tasvirlarda va zafarnomalarda Falastinda erishilgan g’alaba tasvirlangan. Bu yerdagi osiyolik asirlardan 156tasini arqonga bog’lab borayotgan xudo Amonning kattakon tasviri ayniqsa diqqatga sazovordir. Sheshonk I dan keyin o’tgan podsholar  uning davlat ishlarini munosib tarzda davom ettira olmaganlar va bunga qulay imkoniyat ham bulmagan. Buning sababi Osiyoning kuchayib ketishi, XXII fir’avnlarining Nil va delta vodiysidan chetga chiqmay shu yerning uzi bilan cheklanishga majbur qilgan. Sharqda Ossuriya kuchayib ketti va uning Misr ta’siri ostida bo’lgan hududlarni istilo qila boshladi. Falastin Finikiya va Suriya ossuriyaliklar zulmi ostiga tushib qolishi yaqqol ko’rindi. Falastin Finikiya va Suriya shahar-davlatlari podsholari birlashib, Ossuriya podshosi Salamansarga qarshi bosh ko’taradi. Karkar yonida Oront daryosi bo’yida er.avv. 853-yilda birlashgan ittifoqchilar va Ossuriya qo’shinlari o’rtasida jang bo’lib o’tgan. Fir’avn Osorkon II ittifoqchilarga yordamga ozgina qo’shin yuboradi xolos. Afsuski jangda ittifoqchilar yengiladi. Bu urushdan keyin o’z-o’zidan ma’lumki, Misrning obrusi tushib ketadi. Ichki kurashning keskinlashuvi mamlakatni bir necha kichik davlatlarga ajralib ketishiga olib kelgan. XXII sulola bilan birga XXIII sulola vakillari ham mamlakatni boshqara boshladilar. XXIII sulola vakillari o’zlarini butun Misr fir'avni deb e'lon qilganlar. Misrning bunday holga tushishi va mayda bo’laklarga bo’linishi haqida o`sha zamondagi esdaliklar «Podsho Petubastis siklidan qissalar» yozma manbasida saqlanib qolgan. Yunon tarixchilari bu davrni «Dodekarxiya» ya'ni, 12 podsholik hukm surgan davr deb ataydilar. Liviyaliklar sulolasidan bo’lgan podsholarga butun mamlakat hududi ham bo`ysunmaganligini Liviya sulolasi podsholari ham o’zlarining rasmiy yozuvlarida yozib o’tishga majbur bo’lganlar. Liviyalik fir'avnlar Yuqori va Quyi Misrdagi liviyalik boshliqlarni va oliy kohinlarni birlashtirishni o’zlarining doimiy siyosiy vazifalari deb bilganlar biroq, ular bu muddaolariga to’liq erisha olmaganlar. Bir vaqtning o’zida ikki sulola vakillari mamlakatni boshqarganlar. Shulardan XXIV sulola vakillari va Petubastis davrida ham Misr o’z qaddini rostlay olmadi. Misrning ichki tushkunliklar tufayli xo`jaligi izdan chiqib, savdo, iqtisodiy va siyosiy vaziyat yomonlashadi.  

Qadimgi misrliklar madaniyat

tahrir

Azim Nil daiyosining quyi qismida joylashgan Qadimgi Misr kishilik madaniyatining eng ko'hna, eng qadimgi markazlaridan bir hisoblanadi. Misr madaniyati m.4000-5000 yil muqaddam vujudga kelgan va bir necha tarixiy davrlarni boshidan kechirib, taraqqiy etib borgan. Madaniyat ko'p qirrali tushuncha bo'lib, u bir-biri bilan bog'langan ikki tarkibiy qismdan iboratdir. Ularning biri moddiy madaniyat bo‘Isa, ikkinchisi ma’naviy madaniyatdir. Moddiy madaniyat deganda ajdodlarimizning aqli-zakovati, qo'l mehnati bilan yaratilgan turar joylari, me’moriy binolari, ust-bosh, kiyimkechaklari, iste’mol qiladigan taomlari, uy-ro‘zg‘or anjomlari, xullas odamlarning kundalik ehtiyoji uchun lcerak bo'ladigan buyumlar majmuasi tushuniladi.Kishilikning  a’naviy madaniyati esa moddiy madaniyat bilan uzviy, chambarchas bog'liq bo'lib. u ham ko'p qirralidir. Ma’naviy madaniyat tarkibiga axloq, odob, yurish-turish, kishilar bilan muomala, til, tafakku,. xalq og'zaki ijodiyotining hamma turlari, yozuv, yozma adabiyot, raqs, qo'shiq, musiqa, rassomchilik, haykaltaroshlik, yer bilimi, amaliy saivat buyumlari, ilm-fan, huquq, din, diniy tushunchalar va boshqa narsalar kiradi. Qadimgi misrliklar madaniyatning har ikki tarm og'i bo'yicha ham kattadan-katta yutuqlarga erishganlar. Qadimgi Misr madaniyatining ildizlari 4-5 mingyillik emas, balki, bir necha o'n ming yilliklarga borib taqaladi. Misrning qulay geografik muhiti hudud aholisining moddiy va ma'naviy madaniyati hamda texnikaning juda barvaqt taraqqiy etishiga asos bo’lib  xizmat qilgan. Misrning jaziram a issiq ob-havosi, Nil vohasida sun’iy sug'orish inshootlariga boigan benihoya zo'r ehtiyoj juda qadim zamonlardayoq kanallar, to'g'onlar. dambalar va dastlabki vaqtlarda oddiy pitang bilan ko'tariladigan bosmalar, keyinchalik esa charxpalaklar va boshqa sug'orish texnikasining murakkab tizimini kashf etishga majbur qilgan. Shuni ta’kidlab o'tish joizki, qadimdan boshlab Misrda toshtaroshlik g'oyat ravnaq topib, toshdan ajoyib ibodatxonalar, saroylar, piramida-ehromlar va turli me’moriy obidalar yasaganlar. Qadim zamonlardanoq misrlik hunarmandlar fil suyagi, oltin. mis, kumush va qimmatbaho toshlardan ajoyib, nafis ziynat buyumlari yasashda katta yutuqlarga erishgan.Misrda yer yuzining boshqa joylari ga qaraganda yozuv va yozma adabiyot ancha ilgari paydo bo'lgan va rivojlana borgan. Yozuv paydo bo’lishi munosabati bilan maktab va ma'orif ham asta-sekin shakllana borib, rivoj topgan. Mamlakatda astronomiya, matematika, tabobat, geografiya, veterinariya va boshqa ilmiy bilimlarning kurtaklari shakllanib ravnaq topgan. Soʻnggi (LiviyaSais va Eron) davrida temirdan foydalanish, pul muomalasi keng tarqalgan. Misr insoniyat madaniyatining eng qadimgi markazlaridan biri hisoblanadi. Yozuv m a’naviy madaniyatning ajralmas qismidir. Qadimgi misrliklar bundan 6-7 mingyillar muqaddam belgi-rasmlar shaklidagi iveroglif yozuvini kashfetganlar. Bu yozuvlar 750 belgi-rasmlardan iborat bo'lgan.Misr yozuvida narsa va hodisalar har turli rasm va belgilar yordamida ifoda etilgan. Masalan, suv so‘zi uch qator to'lqinsim on chiziq, tog‘ so'zi ost tomoni tekis. yuqori tomoni qabariq, o'rtasi botiq shakl bilan ifoda etilgan. Qo'lida o'q-yoy ushlab turgan odam rasmi jangchi, o'roq ushlab turgan kishi tasviri esa o'rm oq degan ma'noni bildirgan. Keyinchalik belgi-rasm shaklidagi yozuv takomillashib soddalashtirilgan. Zamonlar o'tishi bilan belgi-rasm shaklidagi yozuvlar alifbo belgilariga aylangan.

Misrliklar yozuvi

tahrir

Qadimgi podsholik davrida misrliklar yozuvida 24 ta asosiy tovushni bildiradigan alifbo tizimi paydo bo'lgan. Misrliklar dastlab alifbo va xatlarnitosh, yog‘och, po'stloq, taxta, teri kabi buyumlarga yozganlar. Nil sohillarida o'sadigan papirus o‘simligining barglaridan esa yozuv qog‘ozi o’rnida foydalanilgan. Misrliklar papirus barglaridan varaqlar tayyorlab, varaqlarni bir-biriga ulab uzunligi 45 metrgachapapirus  о'ramlari  tayyorlaganlar. Zaruriy ma’limot, hodisa va boshqa narsalar papirusga yozib berilgan. Unga qamishdan tayyorlangan yozuv asbobi bilan yozilgan. Bu misrliklarning o‘ziga xos kitobi edi. Misrning turli joylaridan arxeolog olimlar qadimgi  «papirus kitob» arini topishgan. Qadimgi Misr iyerogliflarini. tilshunos olimlar oiganishga urinib ko’rganlar. Lekin ular bu sohada aytarli natijalarga erisha olmaganlar.Mashhur fransuz olimi J.F.Shampalon Misr iyerogliflarini o'qib chiqib, shuhrat qozongan. Misr tarixini o'rganishda ‘Rozzet" bitiktoshi ham katta ahamiyatga ega boigan.

 22-(liviyalik) sulola

tahrir

22-(liviyalik) sulola (950-730): Sheshoik (950-929). Osorkon I (929-893), Takelot 1 (893-870), Osorkon II (870—847), Sheshoik III (823-772).

  So'nggi podsholik davri (rn. av. 1085—332-yillar) Misr chetellik sulolalar hukmi ostida. (22-25- sulola. m.av XI-VIII asrlar).

Adabiyotlar Ro'yxati.

tahrir

1.    Kultura Drevnava Egipta. Abdujabbor Kabirov qadimgi sharq tarixi. T. 2016 yil

2.    Karimov I.A. Tarixiy xotirasz kelajak yuq. T.1998 yil

3.    Korostobsev M. A. Religiya drevnevo  Egipta. M. 1976


.