Foydalanuvchi:Adashboyeva Diyora/qumloq/chag'oniyon tarixi/

Chagoʻniyon — qadimiy davlat boʻlib, u hozirgi Surxondaryo viloyatining taxminan Jarqo'rg'on, Boysun,Qumqo'rg'on, Oltinsoy, Sho'rchi, Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari hamda Tojikiston Respublikasining bazi tumanlarining hududlariga toʻgʻri keladi.

Tarixi tahrir

Chagʻoniyon —Oksning yuqori havzasidagi viloyat. Qadimdan bu davlat va poytaxti Chagʻoniyon deb atalgan. Aslida esa Sakaniyon (saklar yurti) nomi bilan mashhur. Maʼlumki qadimda So'g'd, Xorazm, Baqtriya kabi davlatlar mavjud boʻlgan. Chagʻoniyon esa Baqtriya podsholigining tarkibidagi viloyatlardan biri boʻlgan. Va maʼlum vaqt oʻtib u mustaqil davlat sifatida Toxaristonning koʻzga koʻringan viloyatiga aylangan. Madaniyat, meʼmorchilik, haykaltaroshlik, shahar qurilishi, hunarmandchilik, kulochilik va oʻsha paytda yuksak darajada rivojlangan oʻz pul(tanga) larini zarb etganlar. Bu holni qadimiy Chagʻoniyon hududidagi Dalvarzintepa, Xolchayon, Budraj kabi shahristonlarda qazib olingan arxeologik qazilmalar va yozma manbalar yaqqol koʻrsatib turibdi[1].

Manbalar tahrir

  1. ХИДИРОВ, АНД И НАЗАР. 4AFOHHËH ТАРИХИ. © «Тошкент ислом университета», 2002 — 3-20 bet.