Qumqoʻrgʻon — Surxondaryo viloyati Qumkoʻrgʻon tumanilagi shahar, tuman markazi (1989-yildan), Surxondaryoning oʻng sohilida, Janubiy Surxon suv omborish quyi qismida joylashgan. Transport yoʻli stansiyasi. Aholisi 5.3 ming kishi (2023).

Qumqoʻrgʻon
shaharcha
38°22′01″N 67°12′10″E / 38.36694°N 67.20278°E / 38.36694; 67.20278
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Surxondaryo viloyati
tuman Qumqoʻrgʻon tumani
Aholisi
 (2023 yil)
5 000 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qumqoʻrgʻon xaritada

Qumqoʻrgʻonga dastlab 1930-yillarda Qumqoʻrgʻon kanalining qazilishi va shu nomdagi qoʻriq yerlarning oʻzlashtirilishi munosabati bilan asos solingan. 1950-yillarda Sherobod — Qiziriq massivida sugʻoriladigan yerlarni kengaytirish maqsadida boshlangan Janubiy Surxon suv ombori qurilishi bilan Qumqoʻrgʻon kengaytirildi, obodonlashtirildi. Shaharda "Surxon" kombinati (temir-beton buyumlari ishlab chiqariladi), taʼmirlash-mexanika, paxta tozalash zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, neftni saqlash va sisternalarga quyish es-takadasi, non kti va boshqa sanoat korxonalari, savdo, madaniy va mai-shiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. Kichik, oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar faoliyat koʻrsatadi. 3 umumiy taʼlim maktabi, kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi va boshqa madaniyat muassasalari, madaniyat va istirohat bogʻi, stadion va boshqa sport inshootlari bor. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalar mavjud.

Qumqoʻrgʻondan Toshkent — Dushanba temir yoʻl va Termiz — Dushanba avtomobil yoʻli oʻtgan. Yangi qurilayotgan Qumqoʻrgʻon — Toshguzar — Boysun temir yoʻlning 112 km qismida poyezdlar qatnaydi. Qumqoʻrgʻondan Termiz shahriga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.