Uzun
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Uzun — Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi qishloq, tuman markazi. Temir yoʻl stansiyasi. Qishloq 1920-yilgacha Kultepa deb atalgan. Viloyat markazi (Termiz)dan 192 km. Oʻrtasidan Obizarang daryosi kesib oʻtgan. Aholisi 12 ming kishi (2004). Obizarang va Qorasuv daryolaridan suv oladi.
Uzun | |
---|---|
shahar | |
38°22′01″N 68°00′23″E / 38.36694°N 68.00639°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Surxondaryo viloyati |
tuman | Uzun tumani |
Aholisi | 12 810 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
|
Uzun tumanida hokimiyati binosi, temir yoʻl vokzali, avtostansiya, paxta tozalash, temir-beton buyumlari, ixtisoslashtirilgan tajriba zavodlari, "UzunKomron" qoʻshma korxonasi, dehqon bozori, mehmonxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 3 umumiy taʼlim maktabi, musiqa maktabi, iqtidorli bolalar internat maktabi, 2 kasb-hunar kolleji (qishloq xoʻjaligi va maishiy xizmat koʻrsatish), kutubxona, kasalxona, markaziy dorixona ishlab turibdi.
"Xotira va qadrlash" bogʻi, "Turon" stadioni, tennis korti mavjud. Uzundan Termiz, Denov va boshqa shaharlarga avtobuslar qatnaydi.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |