Foydalanuvchi:Anoynymus/qumloq
Qorako‘z | ||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||
| ||||||||||||||
Ballerus sapa Pallas, 1814
| ||||||||||||||
Qorako‘zlarning tarqalgan hududlari
| ||||||||||||||
Cyprinus sapa (Pallas, 1814-yil) Abramis sapa (Pallas, 1814-yil) Cyprinus kleweza (Güldenstädt, 1791-yil) Cyprinus cleveza (Pallas, 1814-yil) Abramis balleropsis (Agassiz, 1835-yil) Abramis schreibersii (Heckel, 1837-yil)[1] |
Qorakoʻz (lot. Ballerus sapa) – karpsimonlar oilasiga mansub baliq turi.
Tavsifi
tahrirBu turdagi baliqlarining uzunligi oʻrtacha 25 smdan 15 smgacha boʻlishi mumkin. Ballerus baliq turiga juda oʻxshash boʻlib, u oʻzining katta koʻzlari, pastroqda joylashgan kichik ogʻzi bilan ajralib turadi[2].
Yashash tarzi
tahrirYarim oʻtkinchi baliq. 3—4 yoshlar atrofida voyaga yetadi. Urchishi martning oxiri may oyining boshlariga toʻgʻri keladi. Daryolarda – 5—10 ming, koʻl va suv omborlarida – 30 minggacha boʻlga uvildiriq tashlaydi . Suv hashoratlarining lichinkalari, qisqichbaqasimonlar, mollyuskalar va oʻsimliklar urugʻlari bilan oziqlanadi. Ularni asosan tubi qumli va toshloq suv havzalarida uchratish mumkin. Soʻnggi oʻn yil davomida bu turning katta qismi yoʻq boʻlib ketdi[3].
Tarqalishi
tahrirQora dengiz, Kaspiy dengizi va Orol dengizi irmoqlarida, shuningdek Yevropa va Osiyodagi koʻplab yirik daryolarda keng tarqalgan. U Rossiyaning shimolidagi bir qancha daryolar, xususan Reyn (1995-yilda) va Qora dengiz havzasidagi Dnepr-Bug daryosi orqali Vistula daryosining irmoqlarigacha tarqalgan. Oʻzbekistondagi Amudaryo va Sirdayo havzalarining quyi va oʻrta oqimlarida tarqalgan[4].
Cheklovchi omillar
tahrirOrol dengizi sathning pasayishi va suvning shoʻrlanishi, daryolar oqimining sunʼiy tartiblanishi, ulardagi suvning kamayishi va suvlarining ifloslanishi Qorakoʻzlarning yashash va koʻpayish sharoitlarining yomonlashishiga sabab boʻldi[5].
Muhofaza choralari
tahrirQizilqum qoʻriqxonasida va Quyi Amudaryo biosfera rezervativining qoʻriqlanadigan hududida muhofaza qilinadi. Yashash joylarda muhofazasi tashkil qilinmagan. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan[5].
Manbalar
tahrir- ↑ http://www.fishbase.org/Nomenclature/SynonymsList.php?ID=23045&SynCode=163085&GenusName=Ballerus&SpeciesName=sapa
- ↑ Bruno S., Maugeri S. Pesci d’acqua dolce, atlante d’Europa, Mondadori 1992
- ↑ „Freyhof, J.; Kottelat, M. (2008). "Ballerus sapa"“.
- ↑ Kottelat M., Freyhof J. Handbook of European Freshwater Fishes, Publications Kottelat, Cornol (CH), 2007
- ↑ 5,0 5,1 „O'zbekiston respublikаsining qizil kitobi 2 Jild“.