Foydalanuvchi:Badiritdinov/qumloq
Muhiddin Omon | |
---|---|
Tavalludi |
1963-yil 18-mart Samarqand viloyati |
Fuqaroligi | SSSR→ Oʻzbekiston |
Taʼlimi | Toshkent davlat unversiteti (OʻzMU) |
Kasbi | Shoir, tarjimon, noshir |
Hayoti
tahrir1963-yil 18-martda Samarqand viloyati Payariq tumani Qorakesak qishlogʻida dunyoga kelgan. 1985-yil Toshkent davlat unversiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy unversiteti) filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan[2].
Faoliyati
tahrirFaoliyati davomida „Sogʻlom avlod uchun“ jurnalida, „Oʻzbekiston“ nashriyotida, Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa uyida turli lavozimlarda ishlagan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligining mas’ul xodimlaridan biri. Ijodiy faoliyati mobaynida muharrir sifatida 350 dan ortiq ijtimoiy-siyosiy, adabiy-badiiy va ilmiy-ommabop asarlarni nashrga tayyorlagan. Adib Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi(1994-yildan) va Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasida ham ishlagan.
Asarlari
tahrir„Koʻngil darbozasi“ (1993-yil), „Tole fasli“ (1997-yil), „Munavvar sogʻinch“ (2009-yil), bolalar uchun „Dakang xoʻroz va uning joʻjalari“ (1999-yil,2006-yil), Sogʻlomjon alifbosi (2005-yil), „Z9 topishmoq“ (2011-yil), „Buyumlar tilga kirsa“ (2012-yil), „Zehni aʼlo, tili burro“ (2012-yil) kabi sheʼriy kitoblari nashr etilgan. Shuningdek, adib 60 dan ortiq qoʻshiqlar va bir nechta hujjatli filmlar ssenariysi muallifidir[3].
Tarjimalari
tahrirMuhiddin Omon 20 ga yaqin kitoblarni oʻzbek tiliga tarjima qilgan. XVI asr portugal shoiri Luis de Kamoens sonetlarini, amerikalik yozuvchi R.Blox asarlarini, F.Nitsher hikmatlarini, ingliz adibi S.Moem hikoya va esselarini, gollandiyalik Villi Korsarining „Mangu iztirob“ romanini, Nobel mukofoti laureati K.Gamsunning „Edvarda“ (asliyatda „Pan“) romanini, nederlandiyalik shoirlardan German Gorter, Villem Klos va Yan Hendrik sheʼrlarini, rus adiblaridan A.Barto, S.Marshak, B.Zaxoder, A.Usachev, L.Kaminiskiyning bolalarga bagʻishlangan sheʼrlarini, Mirza Hasan Qorabogʻiy asarlarini ozarbayjon tilidan, Latish adabiyotidagi I.Auzin, O.Vasietis, P.Zirnitis kabi mashhur shoirlarning sheʼrlarini esa rus tilidan oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Adib Gollandiya, Angliya va Latviya shoirlarining asarlarini mohirona tarjima qilganligi uchun „Jahon adabiyoti“ jurnali tomonidan adabiyotshunos olim Ozod Sharafiddinov xotirasiga bagʻishlab taʼsis etilgan 2014-yildagi „Eng yaxshi sheʼriy tarjimalar uchun“ nominasiyasida mukofotga loyiq deb topildi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „Muhiddin Omon asarlari, kitoblari...“. kitobxon.com. Qaraldi: 16-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Muhiddin Omon“. ziyo.uz. Qaraldi: 16-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Muhiddin Omon“. baxtiyor.uz. Qaraldi: 16-noyabr 2024-yil.
- ↑ „Muhiddin Omon asarlari, kitoblari...“. kitobxon.com. Qaraldi: 16-noyabr 2024-yil.
- ↑ Собир Миралиев, Рихсия Шокирова. Мухиддин Омон, 2016-yil, Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи — 384-386-bet. ISBN 978-9943-03-940-7.