Fazogirlar harakatlanish uskunasi (yoki fazogirlar manyovr qilish uskunasi) – ochiq fazoda sayr qilish paytida fazogirning kosmik kema atrofida harakatlantirishiga nisbatan qoʻllangan. Fazogirlar uchun yaratilgan birinchi harakatlanish uskunasi Gemini 4 parvozida foydalanilgan boʻlib, u qoʻlda boshqariladigan manyovr qurilmasi (HHMU) boʻlgan.

AQSH astronavti Bruce McCandless boshqariladigan manyovr qurilmasidan foydalanmoqda

Modellari

tahrir

Qoʻlda boshqariladigan manyovr qurilmasi

tahrir
 
Ed Whitening kosmosdagi harakatlari (EVA).

1965-yilda Gemini 4 missiyasida Ed White tomonidan qoʻllangan qoʻlda boshqariladigan manyovr qurilmasi EVA „zip“ toʻpponchasi boʻlgan. Qoʻlda ushlanadigan bu toʻpponcha bir necha funt azot saqlagan va Gemini kosmik kemasi atrofida cheklangan harakatlanish imkonini bergan[1]. Bu qurilma 1966-yilda Gemini 10 missiyasida astronavt Micheal Collins tomonidan ham ishlatilgan boʻlgan.

USAF fazogirlari manyovr uskunasi

tahrir
 
Astronavtlarning manyovr qilish qurilmasi

Amerika Qoʻshma Shtatlari havo kuchlari (USAF) tomonidan ishlab chiqilgan Fazogirlar manyovr qurilmasi (AMU) ni Gemini kosmik kemasidagi inson qoʻli bilan boshqariladigan orbital laboratoriya (MOL) loyihasining bir qismi sifatida ishlatishni rejalashtirgan. AMU yelkaga taqiladigan yukxalta koʻrinishida boʻlib, unga yoqilgʻi sifatida vodorod peroksididan foydalanilgan. AMU ning eng yuqori tezligi MMUnikiga nisbatan qariyb uch barobar tezroq boʻlib, sekundiga taxminan 250 fut (76,2 metr) ni tashkil etgan. AMU yukxalta koʻrinishida boʻlib, fazogirning yelkasiga mahkamlagan va xuddi keyinchalik ishlab chiqarilgan MMUda boʻlgani kabi ikki tomondagi qoʻl boshqaruv qurilmalari yordamida harakatlantirishga moʻljallangan. Yoqilgʻi chiqindisi issiq gaz koʻrinishida chiqqani sababli, astronavtning skafandri shimini Chromel-R metall matosidan toʻqishga ehtiyoj paydo boʻlgan. AMU Gemini 9 missiyasi bortida olib ketilgan, ammo sinovdan oʻta olmagan, chunki astronavt Eugene Cernan Gemini kabinasidan AMU saqlash joyiga, kosmik kemaning orqa tomoniga oʻtishga qiynalgan va haddan tashqari qizib ketgan, bu esa uning bosh kiyimi old oynasining parlanishiga olib kelgan. AMU, shuningdek, Gemini 12 bortida uchirilishi va Gemini kosmik kemasidan bogʻlanmagan holda uchishi kerak boʻlgan, ammo missiyaga ikki oy qolganda uni olib ketish fikridan qaytishgan[2]. NASA bosh astronavti Deke Slayton keyinchalik oʻz tarjimai holida AMU MOL dasturi uchun ishlab chiqilgan boʻlishi mumkinligini taxmin qilgan, chunki Harbiy havo kuchlari oʻylashganki, ular „boshqalarning sunʼiy yoʻldoshlarini tekshirish imkoniyatiga ega boʻlishlari mumkin“ [3].

Avtomatik barqarorlashtirilgan manyovr qurilmasi (ASMU)

tahrir
 
ASMU, Skylab.

1973-yilda Avtomatik barqarorlashtirilgan manyovr boʻlimi (ASMU) Skylab 3 va 4 missiyasi davomida Skylab bortida sinovdan oʻtkazilgan[4]. Sinov orbital laboratoriya ichida oʻtkazilgan boʻlib, nitrogen gazidan foydalanilgani tufayl, bu qurilmani maxsus kiyim bilan ham, usiz ham sinovdan oʻtkazish mumkin boʻlgan. Skylab AMU Shuttle MMU ga juda oʻxshash boʻlgan, ammo u kosmik kemadan tashqarida ishlatilmagan.

Oyoq yordamida boshqariladigan manyovr qurilmasi (FCMU)

tahrir

Oyoq bilan boshqariladigan manyovr qurilmasi Skylabda sinovdan oʻtkazilgan. Uning maqsadi yuklatilgan ogʻir vazifadan kosmonavtning qoʻllarini ozod etish. U yelkaga mahkamlanadigan idishda joylashgan sovuq, yuqori bosimli azot gazi bilan harakatlangan[5]. U maxsus kiyim bilan ham, maxsus kiyimsiz ham sinovdan oʻtkazilgan.

Ulanishsiz boshqariladigan manyovr uskunasi

tahrir
 
Shuttle parvozi paytida MMU.

Avtomatik manyovr qurilmasi (MMU) – bu harakatlanishga yordam beruvchi ryukzak boʻlib, undan NASA astronavtlari tomonidan 1984-yilda uchta kosmik kemada foydalanilgan. MMU kosmonavtlarga kemadan uzoq masofada bogʻlanmagan holda EVA kosmik yurish harakatlarini amalga oshirish imkonini bergan. MMU ikkita nosoz aloqa sunʼiy yoʻldoshlari boʻlmish Westar VI va Palapa B2 ni qaytarib olib kelish maqsadida ishlatilgan. Uchinchi missiyadan soʻng qurilma ishdan chiqqan.

Sovet SPK

tahrir
 
SPK.

Sovet Ittifoqi ham, shuningdek, Mir kosmik stansiyasiga uyushtirilgan parvozlarda kosmonavtlarni harakatlantirish tizimidan foydalangan. SPK (yoki UMK, UPMK[6]) kosmik kema MMU dan kattaroq boʻlgan, azot oʻrniga kisloroddan yoqilgʻi sifatida foydalanilgan va qurilma xavfsizlik tutqichiga biriktirilgan boʻlgan. Shunga qaramay, SPK qurilmasi mustaqil „Orlan“ kosmik kostyumini kiygan kosmonavtga orbital qurilma atrofida „uchishga“ yordam bergan, bu esa boshqa yoʻl bilan kirish deyarli imkonsiz boʻlgan hududlarga kirishga imkon bergan. Qurilma 1990-yilda Mirda sinovlardan oʻtgan boʻlsa-da, kosmonavtlar Strela cranedan foydalanishni maʼqul koʻrishgan. Kvant-2 moduliga tashqi tomondan biriktirilgan SPK, Mir faoliyatini yakunlab, atmosferaga qaytganda vayron boʻlgan.

EVA harakatlari uchun soddalashtirilgan yordamchi qurilma (SAFER) asosan fazoviy harakatlar chog'ida fazogirlarning xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilishga mo'ljallangan kichikroq yukxalta shaklidagi harakat qurilmasi. Sig'imikichik bo'lib, o'zida bor-yo'g'i 1.4kg azotni saqlay olgani uchun tezligi MMUdan ancha kamroq va sekundiga taxminan 3 metrni tashkil qilgan. Biroq SAFER ancha sodda bo'lib, tuzilishi vaa narxi jihatidan MMU ga nisbatan qulayroq bo'lgan. Cheklangan tezlik esa qisqa va maqsadli topshiriqlar uchun ayni muddao bo'lgan.

Manbalar

tahrir
  1. Kranz, Gene. Failure Is Not an Option. Berkley Books, 2000 — 135-bet. ISBN 0-425-17987-7. 
  2. Kenneth S. Thomas & Harold J. McMann. US Spacesuits. Chichester, UK: Praxis Publishing Ltd., 2006 — 32-bet. ISBN 0-387-27919-9. 
  3. Slayton, Donald K. "Deke". Deke! U.S. Manned Space: From Mercury to the Shuttle, 1st, New York: Forge (St. Martin's Press), 1994 — 174-bet. ISBN 0-312-85503-6. OCLC 29845663. 
  4. Leland F. Belew: „SP-400 Skylab, Our First Space Station, Chapter 7 -- The Second Manned Period“. George C. Marshall Space Flight Center (1977).
  5. Millbrooke. „From Engineering Science To Big Science, Chapter 13 -- More Favored than the Birds: The Manned Maneuvering Unit in Space“ (1998).
  6. Isaac Abramov & Ingemar Skoog. Russian Spacesuits. Chichester, UK: Praxis Publishing Ltd., 2003. ISBN 1-85233-732-X.