Foydalanuvchi:Dostonqurbonov2311/Qang`li urug`i

Qang`li urug`i

tahrir

Qang`lilarni urug` ittifoqi bizning eramizdan oldingi II asrda Sog`dlar bilan muvaffaqiyatli jang qilib ko`pgina viloyatlarni o`zlariga bo`ysundirganlar. Keyinchalik qang`lilar g`arbiy turk xoqonligiga o`tadi va XIII - XIV asrlarda birmuncha susaydi. Qang`li urug`i ittifoqini ham Chingizxon o`ziga bo`ysundirgan. Qang`li urug`i qadimdan Sirdaryo bo`ylarida yashagan bo`lishi kerak, chunki Xorazm hukmdori Muhammad Alouddin Xorazmshohni xotini Turkan xotun shu urug`dan bo`lib, sulton Jaloliddinning onsidir. Surxondaryo viloyatida ham qang`li urug`lari yashagan. Ammo kam sonli bo`lganlari uchun boshqa urug`lar bilan singishib ketganlar. Qang`li urug`i hozirgi paytda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Sirdaryo bo`ylarida, Samarqand va Buxoro, Qoraqalpoq, Boshqirdistonda istiqomat qiladi.[1]

Adabiyotlar

tahrir

N. Norboyev '' O`zbek elining qabila va urug`lari '' ( 48 - bet ) Toshkent - 1997

  1. N. Norboyev O`zbek elining qabila va urug`lari ( 48 - bet ) Toshkent - 1997.