Foydalanuvchi:ELBEK2622/SALOHUDDIN AL-AYUBIY
SALOHUDDIN AL-AYUBIY
tahrirSalohuddin al-Ayyubiy, Salohiddin, Yusuf ibn Ayyub (1138 — 1193 y Damashq) — Misr hukmdori (1171 yildan), ayyubiylar sulolasi asoschisi. Kurd qavmidan. Suriya sultoni Nuriddinning salibchilar bilan muvaffaqiyatli kurashgan lashkarboshilaridan biri Ayyub ibn Shodining oʻgʻli. 1164—1169 yillarda Misrga qilingan harbiy yurishlarda qatnashgan. 1169-yil Misr vaziri etib, 1171 y. fotimiylar sulolasining soʻnggi xalifasi vafotidan soʻng esa Misrdagi hokimiyatni egallab olib abbosiylar homiyligini tan olgan va ulardan sulton unvonini olgan (1174). Nuriddin vafotidan keyin 1174—86 yillarda uning Suriyadagi yer-mulklarini va Iroqdagi ayrim mayda hokimlarga tegishli yerlarni tobe ettirgan. 1187 y. 3—5 iyulda Salohuddin Al-Ayubiy qoʻshini salibchilarni Xittin yaqini (Falastin)da tormor qilgan, 1187-yil 2-oktabrda Quddusni egallagan, soʻngra salibchilarni Suriya va Falastinning katta qismidan quvib chiqargan. Salohuddin al-Ayubiyning ichki siyosati harbiy len tizimi (qarang Iqto)ni rivojlanganligi, soliqlarni birmuncha kamaytirilishi, sunna mazhabi taʼlimotining mustahkamlanishi bilan avvalgi hukmdorlardan farqlanadi.
SALOHIDDIN AL-AYUBIY | ||
---|---|---|
Tavalludi- 1138-yil | ||
Vafoti- 1193-yil 4-mart | ||
Fuqaroligi- Abbosiylar va Ayubiylar | ||
Otasi- Najim-ad Din Ayub | ||
Onasi- Sitt al-Mulk Khatun |
- ↑ O'zME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil.