Foydalanuvchi:Erkinov SHokhbos/qumloq
Panthera gombaszoegensis | ||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Dastlabki Pleystotsen - o'rta Pleystotsen davri | ||||||||||||||||||||
Biologik klassifikatsiya | ||||||||||||||||||||
| ||||||||||||||||||||
Panthera tigris corbetti Panthera gombaszoegensis
(Kretzoi, 1938)
|
Panthera gombaszoegensis, shuningdek Yevropa yaguari nomi bilan mashhur va mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirik yirtqich sutemizuvchilar urugʻi hisoblanadi. Bu tur 2,0 dan 0,35 million yil oldin Yevropada tarqalgan tur hisoblanadi[1]. Birinchi marotaba 1938-yilda Slovakiyaning Gombasek shahrida toshga aylangan qaldiqlari topilgan[2]. Bu tur haqidagi koʻproq qazilma qoldiqlari Italiyaning Oliva shahrida topilgan va dastlab Panthera toscana deb nomlangan[3]. Keyinchalik qazilmalar, Angilya, Germaniya, Ispaniya, Fransiya, va Gollandiyada topilgan. Baʼzan Panthera onca turi, Panthera onca gombaszoegensis kichik turi sifatida ham talqin qilinadi[4].
Tashqi koʻrinishi
tahrirYevropa yaguarlari hozirgi kundagi Janubiy Amerikada topilgan yaguarlardan, masalan: Pantanal va Peru yaguarlarida kattaroq boʻlgan. Tana vazni 70 dan 210 kg gacha boʻlgan, shuning uchun ham ular, ehtimol, kattaroq oʻljani tutishga qodir deb hisoblangan. Boshqa Panthera turlari singari, bu tur yaguarlari koʻpayishi jihatidan jinsiy dimorfizmlar boʻlib, sezilarli darajada erkaklari katta hajmga ega boʻlishadi.
Tarixi
tahrirYaguarlarning ajdodlari Afrikada paydo boʻlgan deb taxmin qilinadi; Pantheraning bir turi Janubiy Afrikada 1,9 million yil oldin yashagan[5]. P.gombaszoegensisga oʻxshash yana bir turi Sharqiy Afrikaning Pleystotsen davrining boshlarida topilgan va sher, yoʻlbarsga oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlgan[6]. P. gombaszoegensis dastlab erta pleystotsen davrining yagona Yevropa Pantherinae turi boʻlib, Acinonyx pardinensis[7], Puma pardoides mushuksimonlari hamda machairodontinlar Homotherium latidens va Megantereon whitei bilan birga bitta davrda yashagan. Qoplonlar erta pleystotsen yoki oʻrta pleystotsen davriga, sherlar esa oʻrta pleystotsen davridan keyin paydo boʻlgan tur hisoblanadi.
Taksonomiyasi
tahrirLeo gombaszoegensis turi Miklós Kretzoi tomonidan, 1938-yilda Slovakiyaning Gombasek gʻori qatlamlarida yaguarlarning tishlari topilgan. 1971-yilda bu tur qayta nomlandi va Panthera urugʻiga mansub hisoblangan. Quyidagilar boshqa turlar ham P. gombaszoegensisga urugʻiga mansub turlar hisoblanadi[8][9][10]:
- Panthera toscana 1949-yilda Italiyaning Arno daryosi vodiysidagi Villafranchian konlarida jagʻ tishlari topilgan. Shu sababli panthera toscanpa deb nomlangan[11]. Bu qoldiqlar dastlab alohida tur sifatida nomlangan va keyinchalik Panthera gombaszoegensis toscana kenja turi sifatida talqin etilgan. Baʼzida Toskana yaguar yoki Toskana sher deb ham ataladi.
- Felis (qoplon) schreuderi 1960-yilda Niderlandiyaning Tegelen shahrida qazilma holidagi mushuk qoldiqlari topilgan[12].
Jansofelis Vaufreyi 1971-yilda Fransiya janubi-sharqida mushuk qoldiqlari topilgan va shu nom bilan nomlangan[13]. P. gombaszoegensisga tegishli boʻlgan baʼzi qoldiqlar yaqinda Acinonyx pardinensis urugʻi sifatida aniqlangan[7]. 2022-yilda Belgiyada topilgan qoldiqlar va nisbatan toʻliq bosh suyagining tuzilishiga asoslangan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, P. gombaszoegensis koʻproq yaguarlarga qaraganda yoʻlbars (Panthera tigris) bilan yaqinroq qarindoshlikga ega[14].
Yashash joyi va xulq-atvori
tahrirYevropa yaguarini odatda hozirgi kun yaguariga oʻxshash oʻrmonda yashovchi mushuk deb atashgan, ammo yaqinda olib borilgan tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Yevropa yaguarlari va oʻrmonli yashash joylari oʻrtasidagi bogʻliqlik aniq taxmin qilinganidek kuchli emasligini koʻrsatmoqda[15]. Bu ehtimol, yolgʻiz boʻlib yashagan hayvon boʻlganligidan darak beradi.
-
Bosh suyagi, Florensiya
-
Bosh chanoq suyagi
-
Mandible, Rotterdam
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ Marciszak, A. (2014). "Presence of Panthera gombaszoegensis (Kretzoi, 1938) in the late Middle Pleistocene of Biśnik Cave, Poland, with an overview of Eurasian jaguar size variability". Quaternary International 326-327: 105–113. doi:10.1016/j.quaint.2013.12.029.
- ↑ Kretzoi, Miklós (1938). "Die Raubtiere von Gombaszög nebst einer Ubersicht der Gesamtfauna" (German). Annales historico-naturales Musei nationalis hungarici (Budapest: Hungarian Natural History Museum) 31: 88–157. ISSN 0521-4726. http://publication.nhmus.hu/pdf/annHNHM/Annals_HNHM_1937-38_Vol_31_m_88.pdf.
- ↑ ; Anton, M.The Big Cats and Their Fossil Relatives: An Illustrated Guide to Their Evolution and Natural History. Columbia University Press, 1997. ISBN 9780231102285.
- ↑ Hemmer, H.; Kahlke, R.-D. (2005). "Nachweis des Jaguars (Panthera onca gombaszoegensis) aus dem späten Unter- oder frühen Mittelpleistozän der Niederlande". Deinsea, Annual of the Natural History Museum Rotterdam: 47–57.
- ↑ Argant, Alain; Argant, Jacqueline (2011). "The Panthera gombaszogensis story: the contribution of the Château Breccia (Saône-et-Loire, Burgundy, France)". Quaternaire (Hors-serie 4): 247–269. https://www.researchgate.net/publication/286036249.
- ↑ Mol, D.; van Logchem, W.; de Vos, J. (2011). "New record of the European jaguar, Panthera onca gombaszoegensis (Kretzoi, 1938), from the Plio-Pleistocene of Langenboom (The Netherlands)". Cainozoic Research 8 (1–2): 35–40. https://www.academia.edu/1194441. Qaraldi: 2015-09-28.Foydalanuvchi Erkinov SHokhbos/qumloq]]
- ↑ 7,0 7,1 Cherin, M.; Iurino, D.A.; Zanatta, M.; Fernandez, V.; Paciaroni, A.; Petrillo, C.; Rettori, R.; Sardella, R. (2018). "Synchrotron radiation reveals the identity of the large felid from Monte Argentario (Early Pleistocene, Italy)". Scientific Reports 8 (1): 8338. doi:10.1038/s41598-018-26698-6. PMID 29844540. PMC 5974229. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5974229.
- ↑ Hemmer, H. (1971). "Zur Charakterisierung und stratigraphischen Bedeutung von Panthera gombaszoegensis (Kretzoi, 1938)". Neues Jahrbuch für Geologie und Paläontologie, Monatshefte 12: 701–711.
- ↑ Hemmer, H. (1972). "Zur systematischen Stellung von "Jansofelis vaufreyi" BONIFAY, 1971, und "Felis lunellensis" BONIFAY, 1971, aus dem Pleistozän Südfrankreichs (Carnivora, Felidae)". Neues Jahrbuch für Geologie und Paläontologie, Monatshefte: 215–223.
- ↑ O'Regan, H.; Turner, A. (2004). "Biostratigraphic & palaeoecological implications of new fossil felid material from the Plio-Pleistocene site of Tegelen, the Netherlands". Palaeontology 47 (5): 1181–1193. doi:10.1111/j.0031-0239.2004.00400.x.
- ↑ Schaub, S. (1949). "Révision de quelques Carnassiers villafranchiens du niveau des Etouaires (Montagne de Perrier, Puy-de-dôme)". Eclogae Geologicae Helvetiae 42 (2): 492–506.
- ↑ von Koenigswald, G. H. R. (1960). "Fossil cats from the Tegelen clay". Publicaties van het Natuurhistorisch Genootschap in Limburg 12: 19–27.
- ↑ Carnivores Quarternaires du Sud-Est de la France, Nouvelle série C. Paris: Mémoires du Muséum National d´Histoire Naturelle, 1971 — 377-bet.
- ↑ Chatar, Narimane; Michaud, Margot; Fischer, Valentin (September 2022). Silcox, Mary. ed. "Not a jaguar after all? Phylogenetic affinities and morphology of the Pleistocene felid Panthera gombaszoegensis" (en). Papers in Palaeontology 8 (5). doi:10.1002/spp2.1464. ISSN 2056-2799. https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/spp2.1464.
- ↑ O'Regan, H.J.; Turner, A. (2002). "Wilkinson. European Quaternary refugia: a factor in large carnivore extinction?". Journal of Quaternary Science 17 (8): 789–795. doi:10.1002/jqs.693. http://www.staff.livjm.ac.uk/biedwilk/pdfs/jqs.pdf. Qaraldi: 2006-07-02.Foydalanuvchi Erkinov SHokhbos/qumloq]]