Panteralar (lotincha: Panthera, qadimgi yunoncha: πάνθηρ) – mushuksimonlar oilasiga kiruvchi yirik yirtqich sutemizuvchilar urugʻi. Beshta mavjud tur: qor qoploni (lotincha: Panthera uncia), yoʻlbars (lotincha: Panthera tigris), sher (lotincha: Panthera leo), leopard (lotincha: Panthera pardus) va yaguar (lotincha: Panthera onca), shuningdek, bir qator yoʻqolib ketgan turlarni oʻz ichiga oladi.

Panteralar
Qazilma davri: 5.95-0 Ma
messinianhozirgacha 
Yuqoridan pastga: yo'lbars, sher, yaguar, qoplon, qor qoploni
Biologik klassifikatsiya
Turlari

Panthera atrox (Leidy, 1853)
Panthera balamoides Stinnesbeck, 2019
Panthera blytheae Tseng, 2014
Panthera dhokpathanensis Bakr, 1986
Panthera fossilis (Reichenau, 1906)
Panthera gombaszoegensis (Kretzoi, 1938)
Panthera leo (Linnaeus, 1758)
Panthera onca (Linnaeus, 1758)
Panthera palaeosinensis (Zdansky, 1924)
Panthera pardus (Linnaeus, 1758)
Panthera principialis Hemmer, 2023
Panthera shawi (Broom, 1948)
Panthera spelaea (Goldfuss, 1810)
Panthera tigris (Linnaeus, 1758)
Panthera uncia (Schreber, 1775)
Panthera youngi Pei, 1934
Panthera zdanskyi Mazák, Christiansen & Kitchener, 2011

Sinonimlari
Arslon va sher
Leopard
Yoʻlbars
Yaguar
Qor qoploni bolalari

Evolyutsiya jarayoni tahrir

Pantera urugʻining taksonomiyasi boʻyicha koʻplab munozaralar mavjud boʻlib, uning tasnifi bir necha bor qayta koʻrib chiqilgan. Bu urugʻ, yoʻq boʻlib ketgan Panthera schaubi mushugidan (Viretailurus schaubi) kelib chiqqan boʻlib, baʼzan pumaning dastlabki ajdodi deb ham hisoblanadi. Pantera urugʻi, Osiyoda paydo boʻlganligi ehtimoli ham mavjud. Katta mushuklarning (shu jumladan panteralar va boʻz leopardlarning hozirgi avlodi – Neofelis) kichik mushuklar (Felinae) kenja oilasidan (barcha mavjud mushuk turlarini oʻz ichiga olgan) ajralishi olti va oʻn million yil oldin sodir boʻlgan. Qazilma tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, pantera urugʻi 2 yoki 3,8 million yil oldin paydo boʻlgan[1], DNK tadqiqotlari esa pantera urugʻi kamida 16 million yil oldin paydo boʻlganligini koʻrsatgan[2].

Morfologik va genetik tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, yoʻlbars asosiy evolutsion rivojlanishdan ogʻishgan birinchi turdir. Ilgari qor qoploni pantera urugʻining oʻzagida joylashgan deb hisoblangan, ammo yaqinda oʻtkazilgan molekulyar tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, u nafaqat urugʻ ichida joylashgan, hatto bu tur leopardga ham yaqindir[3]. Shuning uchun koʻplab tasniflash tizimlari qor qoplonini Pantera urugʻiga joylashtiradi, ammo bunday joylashtirish (Panthera uncia nomi ostida) yoki oʻzining Uncia urugʻini saqlab qolish boʻyicha aniq yechim mavjud emas[4][3][5]. Genomlar tahlili shuni koʻrsatdiki, qor qoplonlarining ajdodlari yoʻlbarslarning ajdodlaridan 1,67 million yil oldin ajralib chiqqan[6].

Shuningdek, bu turga qadimgi mushuksimonlar oilasi ham mansubdir. Zamonaviy yaguarlar Panthera gombaszogensis bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, koʻpincha Yevropa yaguari deb ataladi. Bu tur taxminan 1,6 million yil oldin hozirgi Italiya hududida paydo boʻlgan.

Boʻz leopardlar (Neofelis) urugʻi panteralar bilan chambarchas bogʻliq, ammo uning tarkibiy qismi emas.

Quyida Mazák, Christiansen va Kitchenerlar (2011) tadqiqotlariga koʻra, populyatsiyaning taxmin qilingan filogenik kladogrammasi keltirilgan.

Bo'z leopard  

Panteralar

Qor qoploni  

Panthera palaeosinensis

Yaguar 

†Amerika sheri

Panthera spelaea  

Sher  

Leopard  

Yoʻlbars  

Panthera zdanskyi

2018-yilda saqlanib qolgan va qazilma mushuklarning filogenetik tadqiqoti natijalari eʼlon qilingan. Ushbu tadqiqot qilich tishli mushuklar pastki jagʻlarining morfologik xilma-xilligiga, ularning turlari va yoʻq boʻlib ketish muddatiga asoslangan. Yaratilgan kladogramma Panthera urugʻidagi turlarning boshqa bogʻliklarini koʻrsatadi:[7]

Panthera palaeosinensis

Panthera blytheae

Qor qoploni  

Panthera zdanskyi

Yoʻlbars  

†Yevropa yaguari

Yaguar 

Leopard  

Sher  

Panthera spelaea  

†Amerika sheri

Tasniflanishi tahrir

Urugʻ 5 ta zamonaviy tur: yoʻlbars, sher, leopard, yaguar va qor qoplonlarini oʻz ichiga oladi[8].

Bir nechta yoʻq boʻlib ketgan qazilma turlari ham taksonomik ravishda urugʻga joylashtirilgan, ulardan baʼzilarining oʻrni noaniq yoki bahslidir.

  • Panthera blytheae – qor qoplonining qadimgi qarindoshi
  • Panthera crassidens – boshqa mushuksimon taksoni bilan bir xil boʻlishi mumkin
  • Panthera palaeosinensis – bu urugʻning pleysotsen vakili, yoʻlbarsning ajdodi
  • Panthera schaubi – bu tur bu urugʻga tegishli emas va puma bilan koʻproq bogʻliq
  • Panthera schreuderi, Yevropa yaguarining kichik sinonimi
  • Panthera shawi – qadimgi sher
  • Panthera toscana – Yevropa yaguarining kichik sinonimi
  • Panthera youngi – qadimgi sherga oʻxshash mushuk
  • Panthera zdanskyi – yoʻlbarsning qadimgi qarindoshi

Umumiy jihatlari tahrir

Urugʻ vakillarining oʻlchamlari katta va juda yirik. Urugʻga butun mushuksimonlar oilasining eng katta vakili – yoʻlbarsning Amur kenja turi kiradi. Tanasi uzun va baquvvat. Tanasining churra sohasi qisqaroq va umurtqasi kichik mushuklarda boʻlgani kabi orqadan koʻtarilmaydi, lekin toʻgʻri choʻzilgan. Gardani churra sohasiga qaraganda kattaroq, beli esa orqa tomonda bir oz egiladi. Quyrugʻi odatda uzun boʻlib, tana uzunligining kamida yarmini tashkil qiladi, baʼzi turlarda biroz koʻproq. Boshi nisbatan yirik, yuz qismi biroz choʻzilgan. Quloqlari kichik, kalta, tepasi yumaloq. Koʻz qorachigʻi dumaloq. Yonoqlardagi yungi oʻsib, moʻyna hosil qiladi; erkak sher tanasining old qismida rivojlangan yelkasi mavjud, dumining oxirida esa bir parcha yung oʻsib turadi. Oyoqlari qisqa va qalin, kuchli, panjasining ayniqsa old qismi keng. TirnoqlarI katta, oʻtkir va kavisli, toʻliq tortilishi mumkin. Tirnoqning yon tomonlarida barmoqlarning uchlarida tirnoqni butunlay yashiradigan teri burmasi mavjud. Rangi bir rangli yoki qora koʻndalang chiziqli va qora dogʻlar mavjud shaklda boʻladi. Tishlari juda kuchli, kaninlar nisbatan qisqa, ammo kuchli, keng asosli. Koʻpgina turlarda jinsiy dimorfizm erkaklarning kattaroq oʻlchamlarida namoyon boʻladi. Erkak sher tananing old qismidagi yolining rivojlanganligi bilan ajralib turadi.

Urugʻ vakillari halqumi oʻzgacha tuzilishga ega boʻlib, bu ularga boʻkirish imkonini beradi. Boshqa mushuklardan farqli oʻlaroq, urugʻ vakillarida gioid organi toʻliq ossifikatsiyalanmagan – suyaklardan birining oʻrnida halqumning shishishiga imkon beruvchi egiluvchan ligament mavjud. Bundan tashqari, ularning ovoz burmalari boʻlinmagan va juda samarali ovoz chiqaruvchi organ vazifasida ishlaydigan quvursimon tuzilmani hosil qiladi. Bunda hiqildoq harakati bilan ovoz shovqinli tarzda tarqaladi .

Yashash tarzi tahrir

Urugʻning barcha vakillari faol yirtqichlar boʻlib, asosan yirik sutemizuvchilarni, tuyoqli hayvonlarni ovlaydi. Koʻpincha oʻlja ovchining oʻzida yirik boʻladi. Ular yashirincha va pistirmadan ov qilishadi (yoʻllarda, sugʻorish teshiklari yaqinida). Oʻljani qornidan ushlab, bilaklari va tirsaklarini yerga qoʻyib yeydi; yirtqichlar oʻlja boʻlaklarini boshlarini silkitib parchalaydi. Koʻpincha kechasi faol boʻlsa-da, kunduzi ham baʼzi paytlarda faol. Arslondan tashqari qolganlari yolgʻiz yashaydilar. Arslonning oʻziga xos xususiyati shundaki, u doimo prayd deb ataladigan kichik toʻdalarda yashab, kun koʻradi. Pasttekislik va togʻ oʻrmonlarida, baʼzan daraxtlar kam togʻ tizmalarida va qamishzorlarda yashaydilar, bir turigina – yaʼni sher, dasht, savanna va yarim choʻllarda yashaydi.

Tarqalish hududi tahrir

Urugʻ Afrika, Yevropaning janubi-sharqiy qismi, Osiyoning shimoliy qismidan tashqari barcha qismida, Janubiy va Markaziy Amerika va Shimoliy Amerikaning eng janubida tarqalgan.

Gibridlar tahrir

  • Yoʻlbars-sher yoki tigon - yoʻlbars va sherning gibrididir
  • Liger - sher va yoʻlbarsning gibrididir [9]
  • Leopon – leopard va sherning duragaylari
  • Yagupard – bu erkak yaguar va urgʻochi leopardning duragayidir
Panteralar urugʻining turli vakillarining duragaylari
 
 
 
 
 
Urgʻochi va erkak liger Tion Pumapard Ikki taliger va yoʻlbars Liliger

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Turner A (1987) New fossil carnivore remains from the Sterkfontein hominid site (Mammalia: Carnivora). Ann Transvall Mus 34:319-347
  2. „Предки леопардов оказались родом из Тибета“. Лента.Ру (2013-yil 13-noyabr). 2013-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-noyabr.
  3. 3,0 3,1 Yu L & Zhang Y.P. Phylogenetic studies of pantherine cats (Felidae) based on multiple genes, with novel application of nuclear beta-fibrinogen intron 7 to carnivores(ingl.) // Molecular Phylogenetics and Evolution : journal. — Academic Press, 2005. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1016/j.ympev.2005.01.017. — PMID 15804417. Архивировано 7 sentyabr 2010 года.
  4. Johnson, W.E., Eizirik, E., Pecon-Slattery, J., Murphy, W.J., Antunes, A., Teeling, E. & O'Brien, S.J. The Late Miocene radiation of modern Felidae: A genetic assessment(ingl.) // Science : journal. — 2006. — Andoza:Бсокр, Andoza:Бсокр. — Andoza:Бсокр. — DOI:10.1126/science.1122277. — PMID 16400146.
  5. Molecular Evolution of Mitochondrial 12S RNA and Cytochrome b Sequences in the Pantherine Lineage of Felidae // Andoza:Нп3. — PMID 7544865.
  6. Yue-Chen Liu et al. Genome-Wide Evolutionary Analysis of Natural History and Adaptation in the World’s Tigers, October 25, 2018
  7. Piras, P.; Silvestro, D.; Carotenuto, F.; Castiglione, S.; Kotsakis, A.; Maiorino, L.; Melchionna, M.; Mondanaro, A. et al. (2018). "Evolution of the sabertooth mandible: A deadly ecomorphological specialization". Palaeogeography, Palaeoclimatology, Palaeoecology 496: 166−174. doi:10.1016/j.palaeo.2018.01.034. 
  8. Johnson, W. E., Eizirik, E., Pecon-Slattery, J., Murphy, W. J., Antunes, A., Teeling, E. & OʻBrien, S. J. (2006). „The Late Miocene radiation of modern Felidae: A genetic assessment.“. Science 311 (5757): 73-77. doi:10.1126/science.1122277. PMID 16400146.
  9. „Лигр — гибрид льва и тигра“. 2007-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 12-iyun.