Qoplon – panteralarurugʻiga mansub yirtqichsut emizuvchi hayvon. Moʻynasi qalin, sargʻish tusda, qora halqa dogʻlari (xollari) bor[3]. Gavdasining uzunligi 92–183 sm, dumi 66–102 sm[4]. Tanasi choʻziq, oyoqlari qisqa. Erkaklari tanasining ogʻirligi odatda 30,9–72 kg, urgʻochilariniki esa 20,5–43 kg[5]. 4–5 ta, koʻpincha 2–3 ta bola tugʻadi. Afrika va Osiyoda uchraydi. Asosan, tuyoqlilar va primatlarni ovlaydi[6]. Soni keskin kamayib ketgan. Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
↑Mivart, St. G. J. „Different kind of Cats“, . The Cat: An Introduction to the Study of Backboned Animals, Especially Mammals. London: John Murray, 1900 — 391–439-bet.
↑Hoath, R. „Leopard Panthera pardus (Linnaeus, 1758)“, . Field Guide to the Mammals of Egypt. Cairo, Egypt: American University in Cairo Press, 2009 — 106–107-bet. ISBN 978-977-416-254-1.
↑; Henschel, P.; Ray, J. C. „Panthera pardus Leopard“, Mammals of Africa. London: Bloomsbury Publishing, 2013 — 159–168-bet. ISBN 978-1-4081-8996-2.