Foydalanuvchi:Foydalanuvchi:Komilkhuja/2024 Janubiy Koreyadagi harbiy holat

2024 Janubiy Koreyadagi harbiy holat
Sana3–4 dekabr 2024 (2024-12-03 – 2024-12-04)
IshtirokchilarYoon Suk Yeol
Park An-su
NatijaMilliy Assambleya tomonidan harbiy holat bekor qilindi

Harbiy holat Janubiy Koreya prezidenti Yoon Suk Yeol tomonidan 2024-yil 3-dekabr kuni YTN televideniyesida jonli efirga uzatilgan kechki nutqida eʼlon qilingan. Prezident oʻz nutqida mamlakatdagi asosiy muxolifat Demokratik partiyani parlamentni nazorat qilishda, Shimoliy Koreyaga xayrixohlikda va „davlatga qarshi faoliyat“ olib borishda aybladi. Deklaratsiyaga Demokratik partiya hamda Yoonning Xalq hokimiyati partiyasi rahbarlari qarshilik bildirdi va bu norozilik namoyishlariga sabab boʻldi. Bir necha soat oʻtgach, xavfsizlik kuchlari palatada ovoz berishga toʻsqinlik qilishga uringanidan soʻng, Milliy Assambleya 2024-yil 4-dekabrda harbiy holatni bekor qilish toʻgʻrisidagi taklifni qabul qildi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir