Oxirgi hodisalar (Koʻrish • Munozara • Tarix • Tahrirlash) Yangi yozuvlarni har bir kishi qoʻshsa boʻladi! Xabarlarni oʻqing va eng ahamiyatli hodisalarni maʼnbalari bilan qoʻshing.
|
|
- 6-oktabr kuni taxminan 10:05 larda Uchtepa tumanidagi Toshkent yuridik kolleji hududida uchinchi bosqich o‘quvchilari Saidkamron Saidvohidov, Asabdek Parpiboyev va Rahmatulla Yorqoriyev o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar qildi[5] [6].
- Rossiyaning Vladimir viloyatidagi YTHda 19 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Hodisa joyiga jabrlanganlarga ko‘mak ko‘rsatish va tashish uchun maxsus samolyot yuborildi[7].
- Edmonton, Alberta, Kanadada, Hamkorlik stadioni yaqinida, erkak kishi politsiya hodimiga qarab haydagan va keyin politsiya ofitserini urgan. Gumon qilingan kishi hodisa boʻlgan joyidan qochib ketgan va keyinchalik kechgi vaqtda politsiya tergovida qoʻlga olingan, natijada ijaraga olingan yuk mashinasida gumon qilingan odam toʻrt piyodalar tomonidan oʻldirilgan. Politsiya bu hodisani terroristik hujum deb hisoblamoqda[11].
- Al-Shabaab jangarilari Somaliya poytaxti Mogadishu yaqinida harbiy bazaga hujum qilishgan, 15 askar oʻlgan[12].
- Oʻzbekistonda joriy o‘quv yilidan boshlab akademik litseylarda o‘qish muddati ikki yilga qisqardi[13].
- IIBB: Yozuvchi Nurulloh Muhammad Raufxon qidiruvda bo‘lgani uchun 27-sentabr kuni Toshkentga qo‘nishi bilan qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, 159-moddaning 1-qismi hamda 244-1-moddaning 3-qismi “g” bandi bilan ayblov e’lon qilingan[14] [15].
|
|
|