Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati (2024–2029)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining senatorlaridan iboratdir. Parlamentning quyi palatasi kabi Senat ham mamlakatning asosiy vakillik organi boʻlib, ijtimoiy-siyosiy va davlat-mintaqaviy vakillikni ifoda etadi[1].

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 49-yalpi yalpi majlisida „Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida“gi qonunga muvofiq, senat aʼzolarining soni 100 nafardan 65 nafarga qisqartirilgan. Oʻzbekistonning har bir hududidan 4 nafardan senat aʼzosi saylangan. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 9 nafar senator tayinlandi[2][3].

Senatorlarni saylanishi

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, senatorlar deputatlarning yashirin ovoz berishi natijasida saylanadi. Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 2-noyabrdagi navbatdagi majlisida Senat aʼzolari saylovi Qoraqalpogʻiston Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda Mahalliy kengashlarning qoʻshma majlislari 7—12-noyabr kunlari oʻtkazilishi belgilangan[4][5][6][7].

Prezident tomonidan tayinlangan senatorlar

tahrir

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevnining 2024-yil 16-noyabr kunidagi „Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini tayinlash toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq, quyidagilar Oliy Majlis Senati aʼzosi etib tayinlangan[8]:

T/R Ism-familiyasi Tugʻilgan joyi Tugʻilgan yili Lavozimi
1. Azamat Ziyo Toshkent 1963 Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori[9]
2. Munojot Yoʻlchiyeva Andijon viloyati 1960 Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori
3. Abdusaid Koʻchimov Samarqand viloyati 1951 Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori
4. Qudratilla Rafiqov Toshkent 1947 Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi
5. Mirakbar Rahmonqulov Toshkent 1952 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori
6. Sodiq Safoyev Toshkent 1954 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari
7. Alisher Saʼdullayev Jizzax viloyati 1994 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori
8. Sodiqjon Turdiyev Andijon viloyati 1952 O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi
9. Tursinxon Xudayberganov Toshkent viloyati 1951 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Senat“. O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI. 2022-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-iyun.
  2. „Парламент ва сиёсий партиялар фаолияти ҳуқуқий асослари такомиллашмоқда“. Senat.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  3. „O‘zbekistonda Senat a’zolari soni qisqartiriladi“. Daryo.uz (2024-yil 19-yanvar). Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  4. „Олий Мажлис Сенати аъзолари сайловини ўтказиш белгиланди“. Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati. Saylov.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  5. „Senat a’zolari 7−12-noyabr kunlari saylanadi“. Gazeta.uz (2024-yil 2-noyabr). Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  6. „Senat a’zolari mahalliy kengashlarning 7−12-noyabrda o‘tkaziladigan qo‘shma majlislarida saylanadi“. Daryo.uz. Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  7. „Oliy Majlis Senati a’zolari saylovini o‘tkazish sanasi belgilandi“. Kun.uz (2024-yil 2-noyabr). Qaraldi: 13-noyabr 2024-yil.
  8. „O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risida“. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. https://president.uz/ (2024-yil 16-noyabr). Qaraldi: 21-noyabr 2024-yil.
  9. „Зиё Азамат Ҳамид ўғли“. Senat.uz. Qaraldi: 21-noyabr 2024-yil.