Xayrullo Bozorov
Xayrullo Hayitbaevich Bozorov (1976-yilda tugʻilgan, Chortoq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi, 2015-yildan 2020-yilgacha Namangan viloyati hokimi. 2020-yil 25-sentyabrdan boshlab Fargʻona viloyati hokimi[1]. II, III, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining aʼzosi. OʻzLiDeP aʼzosi.
Xayrullo Hayitboyevich Bozorov | |
---|---|
![]() | |
![]() | |
Mansab davri 2020-yildan – hozirgi vaqtgacha | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Shuhrat Gʻaniyev |
![]() | |
Mansab davri 2015-yil – 2020-yilgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Bahodir Yusupov |
Vorisi | Shavkat Abdurazzoqov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
16-yanvar 1976-yil Chortoq tumani, Namangan, OʻzSSR |
Kasbi | Iqtisodchi, menejer |
Maʼlumoti | Namangan muhandislik-qurilish instituti |
Mukofotlari |
![]() |
Biografiyasi
tahrirXayrullo Bozorov 1976-yil 16-yanvarda Namangan viloyati Chortoq tumanida tugʻilgan.
Taʼlim
tahrirXayrullo Bozorov boshlangʻich taʼlimni Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 9-umumtaʼlim maktabida olgan[2][3][4]. 1997-yilda Namangan sanoat-texnologıya institutini (hozirgi Namangan muhandislik-qurilish instituti) iqtisodchi-menejer mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
tahrir1995-2005-yillarda Namangan shahar davlat soliq inspektsiyasida bosh inspektor, boʻlimi boshligʻi, inspektsiya boshligʻi boʻlgan. 2005-2007-yillarda Namangan viloyati hokimligining Axborot-tahlil guruhi bosh mutaxassisi, guruh rahbari vazlfalarida ishlagan. 2007-2008-yillarda Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. 2008-yildan 2009-yilgacha Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani hokimi boʻlgan. 2009-yildan 2014-yilgacha Namangan viloyati Chust tumani hokimi boʻlgan. 2014-2015 yillarda Namangan viloyati Mingbuloq tumani hokimi lavozimini egallagan[5].
2015-yilda Namangan viloyati hokimi etib tayinlandi[6]. 2020-yil 25-sentyabrdan Fargʻona viloyati hokimi[7].
2010-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga, 2015-yilda esa yana Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan[8]. 2020-yilda yana Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylandi. Senatning Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni taʼminlash masalalari qoʻmitasi aʼzosi[9].
Mukofotlar
tahrir2010-yil 25-avgustda Oʻzbekiston Prezidentining Farmoni bilan "Doʻstlik" ordeni bilan mukofotlangan[10].
2020-yil 28- avgustda Oʻzbekiston Prezidentining Farmoni bilan "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni bilan taqdirlangan[11].
2020-yil dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat va sanʼat sohasini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun „Madaniyat va sanʼat fidokori“ koʻkrak nishoni topshirilgan[12].
Mamlakatimizda futbolni rivojlantirish va uni ommaviyligini oshirish yoʻlidagi xizmatlari uchun 2021-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining yil laureatlarini taqdirlashga qaratilgan „UZ Football Awards“ marosimida „Futbol rivoji uchun“ sovrini bilan taqdirlangan[13].
2024-yil dekabr oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston xalqlari oʻrtasidagi doʻstona aloqalarni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi hamda savdo va iqtisodiy masalalarida qilgan xizmatlari uchun Qirg‘iz Respublikasining Dank ordeni bilan taqdirlangan[14].
Manbalar
tahrir- ↑ „Хайрулло Бозоров Фарғона вилояти ҳокими этиб тасдиқланди“. Bugun.uz. 2022-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 5 февраль.
- ↑ „O‘zbekistonda «Bilimlar kuni»: Barcha viloyatlarda hokimlar maktabda dars o‘tdi“. Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.
- ↑ „O‘zbekiston amaldorlari maktabda dars o‘tishdi (foto)“ (2019-yil 9-aprel). Qaraldi: 19-avgust 2022-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Viloyat hokimi Chortoqda o‘zi ta’lim olgan maktabda “Mustaqillik darsi” o‘tdi“.
- ↑ https://centrasia.org/person2.php?st=1421450712
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 15-aprel.
- ↑ https://namangan24.uz/itisodiyot/hayrullo_bozorov_farona_viloyatiga_hokim_buldi.html
- ↑ https://www.gazeta.uz/ru/2015/01/16/senators/
- ↑ „Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasi“.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘n to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘gʻrisida“.
- ↑ „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“.
- ↑ „Uchta viloyat hokimi ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi“.
- ↑ „Xayrullo Bozorov “Futbol rivoji uchun” sovrini bilan taqdirlandi“.
- ↑ „Фарғона вилояти ҳокими Қирғиз Республикасининг «Данк» ордени билан тақдирланди“. Yangi O'zbekiston. Qaraldi: 23-dekabr 2024-yil.