Ikromxon Hoshimxonovich Najmiddinov (tugʻ. 1951-yilda, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek oʻqituvchisi va davlat arbobi, 17-sentyabr 2004-yilda Namangan viloyatining hokimi etib tayinlangan.

Ikromxon Najmiddinov
Ikromxon Hoshimxonovich Najmiddinov
 Namangan viloyatining hokimi
Mansab davri
17-sentyabr 2004-yil – 2009-yil
Oʻtmishdoshi Toʻlqin Jabborov
Vorisi Bahodir Yusupov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1951-yil
OʻzSSR, SSSR
Maʼlumoti Toshkent xalq xoʻjaligi instituti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiya tahrir

Ikromxon Xoshimxonovich 1951-yilda Yangiqoʻrgʻon tumanida tugʻilgan. 1977-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini tugatgan. Qidiruv boʻyicha buxgalter-iqtisodchi[1].

O‘zbekiston Respublikasi Faxriylarni ijtimoiy quvvatlash „Nuroniy“ jamoatchiligi Namangan viloyati bo‘limi Kengashi raisi[2].

2004-yil 17-sentyabrdan 2009-yilgacha Namangan viloyati hokimi[3][4].

2016-yili O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili bo‘lgan[5].

2017-yilda Prezident farmoniga asosan „El-yurt hurmati“ ordeni bilan taqdirlangan[6].

Ikromxon Najmiddinov 2021-yilda 70 yoshga toʻlishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan „Mehnat shuhrati“ ordeni bilan taqdirlangan[7].

Manbalar tahrir

  1. https://elections.uz/uz/album/senat?page=3
  2. https://elections.uz/uploads/ff55cb07-d03c-3707-6c0d-2cd752e40d24_docs_5053.pdf
  3. Ukaz Prezidenta Respubliki Uzbekistan „O naznachenii I. X. Najmiddinova xokimom Namanganskoy oblasti“ // Pravda Vostoka: gazeta. — 2004. — 18-sentyabrya (№ 182 (25371)). — S. 1.
  4. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 28-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
  5. „Shavkat Mirziyoyevning ishonchli vakili Yangiqo‘rg‘on tumani saylovchilari bilan uchrashdi“ (2016-yil 1-dekabr). 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  6. „Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik bayrami arafasida davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlarini mukofotladi“ (2017-yil 26-avgust). 2022-yil 30-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  7. „Namangan viloyatining sobiq hokimi Ikromxon Najmiddinov 70 yoshni qarshiladi. Unga “Mehnat shuhrati” ordeni topshirildi“ (2021-yil 14-may). 2022-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.