Akmaljon Mahmudaliyev

Oʻzbekiston davlat arbobi

Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev — oʻzbek iqtisodchisi, davlat arbobi. 2022—yildan Sirdaryo viloyati hokimi.

Akmaljon Azimjonovich Mahmudaliyev
 Sirdaryo viloyati hokimi
 
Mansab davri
2022-yil 26-noyabrdan
Hukumat boshligʻi Abdulla Aripov
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Gʻofurjon Mirzayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-iyul 1974-yil (1974-07-10) (50 yosh)
Fargʻona viloyati

Biografiyasi

tahrir

1974-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Millati o‘zbek.

1995-yilda Samarqand kooperativ institutini tugatgan.

2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.

1995-1997 — Fargʻona tumani „Matlubotsavdo“ aksiyadorlik jamiyati hisobchisi.

1997-1999 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ hisobchisi, laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.

1999-2000 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi yetakchi davlat don inspektori.

2000-2001 — „Fargʻona don mahsulotlari“ OAJ laboratoriya boshligʻi oʻrinbosari.

2002-2007 — „Fargʻona don mahsulotlari“ aksiyadorlik jamiyati laboratoriya laboranti, boshligʻi oʻrinbosari

2007-2013 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi Fargʻona hududiy boʻlimi bosh davlat don inspektori, yetakchi davlat don inspektori.

2013-2018 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat don inspeksiyasi boshligʻi oʻrinbosari.

2018-2022 — Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani hokimi.

2022-2022 — Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari.

2022-yildan — Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi[1][2][3].

Manbalar

tahrir