Malika Qodirxonova
Malika Akbarovna Qodirxonova (tugʻ. 1967-yil, Toshkent) — oʻzbek davlat arbobi, tadbirkor, IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, 2021-yildan Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi[1][2].
Malika Qodirxonova | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi | |
Mansab davri 2021-yil | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1967-yil Toshkent |
Mukofotlari |
Biografiya
tahrirMalika Akbarovna Qodirxonova 1967-yilda Oʻzbekiston SSRning Toshkent shahrida tugʻilgan. U 2015—2019-yillarda Toshkent viloyati „Ayollar tadbirkorligiga koʻmaklashish“ markazi rahbari sifatida xotin-qizlar oʻrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida katta ijobiy natijalarga erishdi. Malika Qodirxonovaning faolligi va tashabbusi bilan 2015-yilda viloyatda 300 nafar tadbirkor ayol faoliyat yuritgan boʻlsa, 2019-yilda ularning soni 4 ming nafardan oshgani buning dalilidir. „Nogironlar — tadbirkor ayollar“ uyushmasining Toshkent viloyatida tashkil etilgani ham Malika Akbarovnaning saʼy-harakatlari samarasidir[1][2]. U 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati deputati, shuningdek, Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi[3]. Malika Akbarovna 2021-yilda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tengligi masalalari qoʻmitasi raisi etib saylandi[4].
Mukofotlar
tahrir2018-yilda „Doʻstlik ordeni“ bilan taqdirlangan[1][2].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 UzDaily. „Избрана председатель Комитета Сената по вопросам женщин и гендерного равенства“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Малика Кадирханова избрана председателем комитета Сената“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ „ 340-IV-сон 10.06.2020. О создании межпарламентской комиссии по сотрудничеству между Олий Мажлисом Республики Узбекистан и Жогорку Кенешем Кыргызской Республики“. lex.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.
- ↑ „Избрана председатель Комитета Сената по вопросам женщин и гендерного равенства“ (ru-RU). https://yuz.uz. Qaraldi: 2021-yil 30-aprel.