Mir-Akbar Xoji-Akbarovich Raxmanqulov (tugʻ. 5-oktyabr 1952-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbek davlat arbobi, yuridik fanlar doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.

Mirakbar Hojiakbarovich Rahmonqulov
 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi
Mansab davri
1997-yildan – 2013-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi lavozim ta'sis etilgan
Vorisi Bahodir Toshmatov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-oktyabr 1952-yil (1952-10-05) (72 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Maʼlumoti Oʻzbekiston milliy universiteti

Biografiyasi

tahrir

1952-yil 5-oktabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1975-yilda Toshkent davlat universiteti yuridik fakultetini tugatgan[1].

1975-1989 yy. — OʻzSSR Ilmiy-tadqiqot, ilmiy va markaziy tashkilotlarda turli lavozimlarda ishlagan.

1989-1992 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Prezidiumi boshqarmasi boshligʻi — Bosh ilmiy kotib oʻrinbosari.

1992-1993 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi ekspert guruhi mudirining oʻrinbosari.

1993-1994 yy. — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining birinchi prorektori.

1994-1995 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh konsultanti.

1995-1997 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori.

1997-2013 yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik Kengashi kotibi, davlat maslahatchisi.

2013-yildan — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining professori.

2013-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining o'rinbosari.

2014-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktorining oʻrinbosari.

Oʻzbek, rus va ingliz tillarini biladi

Manbalar

tahrir