Amanbay Orinbayev
Amanbay Orinbayev — (qoraqalpoqcha: Orınbaev Amanbay Tilewbay ulı, 1979-yil 17 sentyabrda Kegeyli tumanida tugʻilgan) 2022-yil 26-avgustdan boʻshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi.
Amanbay Orinbayev | |
---|---|
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kenges raisi | |
Mansab davri 2022-yil 26-avgust | |
Hukumat boshligʻi | Abdulla Aripov |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Murod Kamolov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
17-sentyabr 1979-yil Kegeyli tumani |
Mukofotlari |
Tarjimai hol
tahrirMehnat faoliyati
tahrir1979-yil 17-sentyabrda Kegeyli tumanida tugʻilgan, millati qoraqalpoq.
1996-1998 — Kegeyli tumani qurilish-montaj boshqarmasi ishchisi.
1998-2002 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi tinglovchisi.
2002-2003 — Kegeyli tumani ichki ishlar boʻlimi jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash guruhining tezkor vakili.
2003-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistranti.
2004-2006 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi tezkor vakili, katta tezkor vakili.
2006-2009 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi shaxsiy tarkib bo‘yicha maxsus inspeksiyasi tezkor vakili.
2009-2011 — O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi tinglovchisi.
2011-2012 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik taʼminlash boshqarmasi katta yuridik maslahatchisi.
2012-2014 — Amudaryo tumani ichki ishlar boʻlimi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i.
2014-2016 — Amudaryo viloyati ichki ishlar boʻlimi boshlig‘i.
2016-2017 — Nukus shahar ichki ishlar boʻlimi boshlig‘i.
2017-2019 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i.
2019-2020 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirining jamoat tartibini muhofaza qilish bo‘yicha o‘rinbosari.
2020-2021 — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — Jamoat tartibini muhofaza qilishni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i.
2021-2022 — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i.
2022-2022 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri.
2022-2022 — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining ekologiya va Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari.
2022-yil 26-avgustdan — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi[1][2][1]
2022-yil 1-iyuldagi namoyishlar ortidan lavozimidan ozod qilingan[1].
2022-yil 26-avgustda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi etib tayinlandi.
Mukofotlari
tahrir2024-yil 24-avgustda Mehnat shuhrati ordeni bilan mukofotlangan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi“. aman (2022-yil 6-mart). Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
- ↑ „ИИВ Жамоат хавфсизлиги департаменти бошлиғига ўринбосарлар тайинланди“. aman_2 (2022-yil 2-yanvar). Qaraldi: 30-avgust 2022-yil.
- ↑ „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз уч йиллиги муносабати билан давлат хизматчилари ҳамда ишлаб чиқариш ва ижтимоий-иқтисодий соҳалар ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.