Shuhratbek Abdurahmonov
Shuhratbek Qoʻshoqboyevich Abdurahmonov (1969-yil, Izboskan tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, 2013-yil 26-apreldan Andijon viloyati hokimi[1].
Shuhratbek Abdurahmonov | |
---|---|
Andijon viloyati hokimi | |
Mansabda 2013-yil 26-apreldan — hozirgi vaqtgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Ahmadjon Usmonov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
22-iyun 1969-yil (52 yosh) Andijon viloyati, Izboskan tumani, OʻzSSR, SSSR |
Fuqaroligi |
![]() ![]() |
Kasbi | agronom |
Maʼlumoti | Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filiali |
Mukofotlari |
![]() |
BiografiyaTahrirlash
- 1992-yilda Andijon Paxtachilik institutini (Toshkent davlat agrar universitetining Andijon filialini) agronom mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.
- 1992-yilda „Madaniyat“ agrofirmasi 5-boʻlimi agronom-entomologi boshligʻi. „Navbahor“ kompaniyasining paxtachilik brigadasining boshligʻi boʻlib ishlagan.
- 1994-yilda „Madaniyat“ agrofirmasining bosh agronomi.
- 1999-yilda qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari boʻldi.
- 2000-yilda — „Navbahor“ jamiyatining raisi[2].
- 2001-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimining birinchi oʻrinbosari, qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi.
- 2004-yilda Andijon viloyati Paxtaobod tumani hokimi.
- 2011-yildan — Andijon viloyati hokimining oʻrinbosari, viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi[3].
- 2013-yil 26-apreldan — Andijon viloyati hokimi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi va Andijon viloyat Kengashi deputati.