Alexander Green
Alexander Green (1910)
Alexander Green (1910)
Tugʻilgan Alexander Grinevsky (1880-08-23) 23-avgust 1880-yil

Vyatka

Vafot etgan 8-iyul 1932-yil (1932-07-08) (51 yosh)
Stary Krym
Kasbi Yozuvchi
Tili Rossiya
Fuqarolik Rossiya imperiyasi→SSR
Davr 1906—1932
Adabiy harakat Neo-romantizm
Rafiqalari Vera Abramova
Nina Grin

Aleksandr Stepanovich Grinevskiy (oʻzining taxallusi bilan yaxshi tanilgan, Aleksander Green / Grin (rus tilida boʻlmagan adabiyotlarda imlosi o'zgaradi), Rus tilida:Александр Грин, [ɐljɪˈksandr ɡrjin], 23-avgust 1880-yil 8-iyul 1932) rus yozuvchisi, u romantik mavzudagi romanlari va qisqa hikoyalari bilan butun dunyoga mashhur. Uning asarlaridagi voqealar asosan xayoliy Yevropa yoki Lotin Amerikada boʻlib oʻtgan (Grinning muxlislari koʻpincha ushbu yerlarni Grinlandia deb ataydilar).U koʻplab asarlarida dengiz, sarguzasht va sevgini asosiy mavzu sifatida tanlagan[1].

Biografiya

tahrir

Alexander Grin (Aleksandr Stepanovich Grinevsky) 1880-yilda Vyatka guberniyasining Slobodskoy shahrida (hozir Kirov viloyati) polyak millatiga mansub Stefan Hryniewskining (rus tilida Stefan Grinevskiy deb atalgan) xonadonida tugʻilgan. Stefan 1863-yilgi yanvar isyonida ishtirok etgani uchun jazo sifatida Tulaga surgun qilingan. U yerda rus hamshirasi Anna Lyapkova bilan tanishgan[2]. Aleksandr Vyatkada maktabni bitirganidan soʻng (1896-yilda) Odessa borgan va u yerda hayot kechiradi[1]. U dengizchi, konchi va qurilishda ishchi boʻlib ishlagan, ammo ko'pincha ishsiz qolib ketgan va tilanchilik qilib, otasi yuborgan pullar bilan kun kechirgan.

Rossiya armiyasiga qoʻshilganidan soʻng, u Socialist-Revolutionary Partyga ga aʻzo boʻladi, va ʻʻinqilobiy targ'ibotʼʼ chilik bilan shugʻullangan degan ayblov bilan qamoqqa olingan. U 1906-yilda oʻzining birinchi qisqa hikoyasini gazetada nashr ettirgan. Xuddi shu yili, Grin Sankt-Peterburgda hibsga olingan va Tobolsk guberniyasining chekka bir hududida toʻrt yilga surgun qilingan. Biroq, Tobolskga yetib kelganidan koʻp oʻtmay, Grin u yerdan qochib ketgan, va qonunga xilof ravishda Sankt-Peterburgga qaytgan.1910-yilda u yana hibsga olingan va Arkhangelsk guberniyasiga yuborilgan. Kegostrov nomli bir kichik qishloqda, Grin birinchi xotini Vera Pavlovna Abramova bilan (1910-yilda turmush qurishgan) 1910-yildan 1912-yilgacha istiqomad qilgan[3].

1912-yilda yozuvchi Sankt-Peterburgga qaytib, xotini bilan ajrashgan. Oʻsha paytlarda Grin asosan qisqa hikoyalar nashr ettirardi; uning yirik asarlarining aksariyati 1917-yil oktyabr inqilobidan keyin yozilgan boʻlib,1920-yillarning birinchi yarmida katta shuhrat qozongan.1921-yilda u Nina Nikolaevna Gringa uylangan[4]. 1924-yilda ular dengiz boʻyida yashash uchun Feodosiyaga koʻchib oʻtishgan. Grinning umrining soʻnggi yillaridagi romantik qarashlari sovet adabiyotining asosiy oqimidan keskin farq qilar edi; Shu sababdan Moskva va Leningraddagi nashriyotlar uning asarlarini koʻrib chiqishdan bosh tortganlar va Grin umrining oxirgi yillarini rafiqasi bilan qashshoqlikda yashashga majbur boʻlgan. Grin alkogolizm va sil kasalligidan aziyat chekkan, bu oxir-oqibat uning ahvolini yomonlashtirgan. U 1932-yilda Stariy Krimda oshqozon saratonidan vafot etgan va Stary Krym cemeteryga dafn etilgan[5].

Rejissyor Andrei Tarkovskiy oʻzining Sculpting in Time kitobida, Grin ochlikdan oʻlar ahvolga kelganda oʻzi yasagan kamon va oʻq bilan biron hayvonni ovlash maqsadida togʻga chiqib ketayotganini tasvirlaydi. U Grinni haqiqiy shoir sifatida ko‘rsatib, shunday: ʻʻdunyoni idrok etish, voqelikka o‘ziga xos munosabat... insonni butun umri davomida yo‘naltiruvchi hayotiy falsafaga ega bo‘lgan ijodkorʼʼ deya taʻriflagan[6].

Asarlari

tahrir
 
Aleksandr Grinning romanidagi alvon yelkanli kema Sankt-Peterburgdagi ʻʻAlvon yelkanlarʼʼ bayramining ramziy timsoli hisoblangan.

Aleksandr Grinning aksariyat asarlari u yashagan imperiya va sovet Rossiyasi voqeligiga bevosita aloqador emas. Uning ko‘plab romanlari va hikoyalari dengiz bo‘yidagi nomsiz bir yurtda kechgan. Bu joy, go‘yo Yevropadan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa-da, barcha qahramonlarning ismi va tashqi ko‘rinishi jihatdan g‘arbiy Yevropaliklarga o'xshagan. Hattoki, uning adabiy taxallusi (Grin) ham o'zining asl familyasining (Grinevsky) ruscha bo'lmagan shaklidir.

 
Ukraina markasi, 2005 yil

Baʻzi tanqidchilar tomonidan ʻʻoʻsmirlar fantastikaʼʼ deb ta'riflangan Grinning asarlari 20-asr boshidagi voqeliklar (avtomobillar va banklar kabi) bilan chambarchas bogʻliq[7]. Dengiz kapitanlari, dengizchilar, olimlar, sayohatchilar, jinoyatchilar, ekstravagant aristokratlar, qizlar, yovuz odamlar va har doim oʻz orzulariga sodiq qoladigan kuchli ruhiy qahramonlar yashaydigan dunyoni Grinning muxlislari koʻpincha Grinlandia deb atashgan. Uning baʻzi romanlarida sehr unsurlari uchraydi - bu uning badiiy olamining ajralmas qismi sifatida emas, balki unga duch kelgan kishilarning hayotini oʻzgartirib yuboradigan moʻjiza sifatida namoyon boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 The Soviet Union, A Biographical Dictionary, Macmillan, NY, 1990.
  2. Varlamov, Alexei. Александр Грин: биография (Alexander Grin: Biography) (ru). Moscow: Eksmo, 2010. ISBN 978-5-699-38651-2. 
  3. „Keg-Ostrov: Russia“. Geographical Names. Information Technology Associates. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
  4. „Грин (Миронова) Нина Николаевна (Grin (Mironova) Nina Nikolaevna)“ (ru). Бессмертный барак (Immortal Barracks). 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
  5. „А. С. Грин (A. S. Grin)“ (ru). Крым на Красивое.ру (Crimea on Krasivoye.ru). 2007-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 1-noyabr.
  6. Andrei Tarkovsky, Sculpting in Time (Austin: University of Texas Press, 1967) p. 21.
  7. Crossover Fiction: Global and Historical Perspectives, Sandra L. Beckett