[1]{{Infobox Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti 1967-1968 o'quv yilida Tarix va geografiya bo'limi sifatida tashkil etilgan. Dastlabki o'quv yilida 50 nafar talaba qabul qilingan. 1977-1978 o'quv yilida Termiz davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug'i asosida Tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilingan.}}



Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti tahrir

Termiz davlat universiteti Tarix fakulteti 1967-1968 o'quv yilida Tarix va geografiya bo'limi sifatida tashkil etilgan. Dastlabki o'quv yilida 50 nafar talaba qabul qilingan. 1977-1978 o'quv yilida Termiz davlat pedagogika instituti rektorining maxsus buyrug'i asosida Tarix va xorijiy tillar fakulteti tashkil qilingan.

Fakultetda kunduzgi va sirtqi ta'lim shakllari asosida darslar o'tiladi. Hozirda fakultet o'qishning kunduzgi shaklida uchta: Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yisha), Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo'yicha), Arxeologiya ta'lim yo'nalishlarida hamda sirtqi shaklda bitta ta'lim yo'nalishida mutaxasis tayyorlanadi. Shuningdek 2 ta bakalaviryat, magistratura bosqichida uchta: Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turi bo'yicha), Arxeologiya, Etnografiya, etnalogiya va antropologiya mutaxasisliklarida va uchta doktorantura ta'lim bosqichlarida kadrlar tayyorlanadi.

Fakultetda 3 ta: Falsafa, Jahon tarixi, O'zbekiston tarixi va manbashunoslik kafederalari mavjud.

Kadrlarning ilmiy darajasi tahrir

2023-yil holatiga ko'ra fakultetda jami 59 nafar o'qituvchilar mavjud. Shulardan 5 nafari professorlar, 5 nafari fan doktorlari, 29 nafar fan nomzodlarri va dotsentlar va qolgan 25 nafari o'qituvchi va katta o'qituvchilarni tashkil etadi. Yuqori malakali mutaxasislar ulushu 58%.

Xalqaro aloqalar tahrir

Fakultet quyidagi oliygohlar bilan xalqaro aloqalar hamda qo'shma ta'lim jarayonini olib boradi:

  1. Risiyo universiteti (Yaponiya)
  2. Fransiya arxeologik tadqiqotlar ilmiy instituti (Fransiya)
  3. Karlova universiteti (Chexiya)
  4. Rossiya Fanlar akademiyasining Arxeologiya instituti (Rossiya)
  5. Leon universiteti (Fransiya)
  6. Shimoliy - g'arbiy Xitoy universiteti (Xitoy)

Dekanlar tahrir

  1. 1977 - 1982 yillarda dotsent B. Jabborov
  2. 1982 - 1992 yillarda tarix fanlari nomzodi, dotsent K. Avliyoqulov
  3. 1993 - 1997 yillarda professor X. To'rayev
  4. 1997 - 2002 yillarda dotsent X. Toshpo'latov
  5. 2002 - 2004 yillarda dotsent A. Isayev
  6. 2004 - 2009 yillarda tarix fanlari doktori Sh. Shaydullayev
  7. 2009 - 2011 yillarda tarix fanlari doktori E. Qobilov
  8. 2011 - 2012 yillarda dotsent N. Mallayev
  9. 2012 - 2019 yillarda falsafa fanlari nomzodi R. Norliyev
  10. 2019 - 2021 yillarda E. Qobilov
  11. 2021 - 2023 yillarda (mart oyiga qadar) H. Xolmo'minov
  12. 2023 - yil aprel oyidan buyon Sh. Abdullayev
  1. „Termiz davlat universiteti rasmiy saytida Fakultet haqida“.