Foydalanuvchi:Just Khumoyun/Labirintdagilar 2: Olov iskanjasida

Labirintdagilar: Olov iskanjasida

Teatr uchun ishlangan poster
Rejissyor(lar) Wes Ball
Prodyuser(lar)
Ssenariynavis(lar) T. S. Nowlin
Qaysi asarga
asoslangan
The Scorch Trials
James Dashner
Rollarda
Bastakor(lar) John Paesano[2]
Kinematografiya Gyula Pados
Muharrir(lar) Dan Zimmerman
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 131 daqiqa[3]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $61 million[4]
Daromadi $312.3 million[5]

Labirintdagilar: Olov iskanjasidaJames Dashnerning 2010-yilda yozgan “The Scorch Trials” romani asosida 2015-yilda chiqarilgan Amerika ilmiy fantastik filmi bo'lib Labirintdagilar kitoblar seriyasini ikkinchi romaniga asoslangan. Film 2014-yilda suratga olingan Labirintdagilar filmining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davomi bo'lib film trilogiyasini ikkinchi qismidir. Wes Ball rejissyorligi, T.S. Nowlin ssenariysi asosida ishlangan. Filmning ilk qismida asosiy rollarni ijro etgan Dylan O'Brien, Ki Hong Lee, Thomas Brodie-Sangster, Patricia Clarkson, Kaya Scodelario, Dexter Darden va Aleksandr Flores kabi aktyorlaga yangi yordamchi rollarda Giancarlo Esposito, Aidan Gillen, Barry Pepper va Lili Taylor ham qo'shilgan.

"Olov iskanjasida" filmining syujeti avvalgi qismdan so'ng darhol sodir bo'ladi, sababi Thomas (O'Brien) va uning sheriklari Gleyderlar ularni qamoqqa tashlagan Jahon Halokat Zonasi Departamenti (WCKD) muassasalaridan qochib ketishgan edi. Cho'l va vayronaga aylangan shaharlar aro ular WCKD askarlaridan qochib issiq zonada turli xil xavflarga duch keladilar. Suratga olish ishlari Nyu-Meksiko shtatining Albukerke shahrida 2014-yil 27-oktabrda boshlanib, rasman 2015-yil 27-yanvarda yakunlangan.

Labirintdagilar: Olov iskanjasida 2015-yil 9-sentabrdan boshlab xalqaro hududlarda 2D, 3D, 4DX va Barco Escape formatlarida chiqarildi va 2015-yil 18-sentabrda AQShda 2D va keng formatli premium 20th Century Fox kinoteatrlarida premyera qilingan. Dastlab u IMAX- da chiqarilishi kerak edi ammo Yaponiyadan boshqa hududlarda bu bekor qilingan. Sababi Everest filmi butun dunyo bo'ylab IMAX kinoteatrlarini "The Walk" filmi chiqarilgunga qadar bron qilgan edi. Olov iskanjasida filmi muhlislar tomonidan turli fikrlarga sabab bo'ldi: ba'zilar uning voqealar ketma-ketligi va chiqishlarini maqtagan bo'lsa, boshqalar filmni syujet va film personajlarida katta o'zgarishlar bo'lmasdan qahramonlar rivojlanishi sust ekanligini tanqid qildi. Ilk qism singari bu film ham premyera haftasida 30,3 million dollar yig'ib sentyabr oyidagi to'qqizinchi eng yuqori daromad keltirgan filmga aylandi. Film butun dunyo bo'ylab 312 million dollar daromad keltirgan.

Labirintdagilar: O'limga qarshi nomli yakuniy film 2018-yil 26-yanvarda ommaga taqdim etildi.

Voqealar rivoji

tahrir

Fleshbekda ona o'g'li Thomasni tadqiqotchi Ava Paige va WCKD organizatsiyasi askarlariga tashlab ketadi. Thomas va boshqa bolalar ilmiy sinovning bir qismi bo'lgan Glade deb nomlanuvchi joyda harakatlanuvchi labirintga joylashtiriladi.

Bir necha yil o'tib, labirintdan qutqarilganidan ko'p o'tmay, Thomas va qolgan Gleyderlar Janson tomonidan boshqariladigan muassasaga olib ketiladi. U bu obyekt ularni Flare virusini yuqtirib zombilashgan Cranklar himoya qiladigan yagona joy deb ataydi. Jansonning g'amxorligi faqat ularga emasligini, u yerda yana boshqa labirintlardan chiqqanlar ham bor ekanligini angladilar.

Thomas Jansonning harakatlaridan shubhaga tushib ular turgan obyektni tekshirishga qaror qiladi. Thomas boshqa bir labirintdan omon chiqib obyektga kelganiga bir haftadan oshiq bo'lgan Arisning yordami bilan WCKD rahbari Ava Paige hali ham tirik ekanligini aniqlaydi. Janson WCKD uchun ishlaydi va Immunlar bo'yicha eksperimentlarni Paige bilan muhokama qilayotib ular hali ham tog'larda Right Arm qarshilik guruhini qidirayotganlarini eslatib o'tadi. Gladerlar Arisni ham yoniga olib Teresani qutqarib Right Arm ni topish maqsadida cho'lga qochishadi. Janson ularni WCKD ga qaytarish uchun ortligidan askarlar guruhini yuboradi.

Guruh WCKD dan qochib tashlandiq bir savdo markaziga kelishadi. Minho va Thomas u yerda hamon elektr energiyasi bor ekanligini payqab chiroqni yoqishadi. Bu esa uxlab yotgan Cranklar ni uyg'otib yuboradi. Bir amallab ulardan Cranklardan qochib qutilishadi lekin ulardan biri Winstonni zararlashga ulguradi. Keyingi kun uning xolati og'irlashib virus tanaga yanada tezroq tarqaladi. Shu sabab boshqalar uni Cranklardan biriga aylanmasidan avval o'zini o'zi o'ldirishiga qo'yib berishadi.

Gladerlar sahroni kesib o'tayotib ochiq maydon ostida tunashadi. Tong otishiga hali uzoq bo'lishiga qaramay Thomas uyg'onib qolib uzoqda yonib turgan chiroqlarga ko'zi tushadi. Ortidan esa juda kuchli chaqmoq bo'ronlari kelayotgan edi. Tezda yo'lga otlanib chiroqlar yonib turgan tashlandiq binoga kirishadi. Ichkarida ular bog'lab qo'yilgan Cranklar larga duch kelishadi. U tashlandiq joy omon qolgan xavfli guruhni boshqaradigan Brenda va Jorgega tegishli edi. Brenda va Jorge boshqa tirik qolganlarni tashlab, Gladerlarni Right Arm qarshilik guruhiga olib borishga rozi bo'lishadi.

WCKD obeyktni topib agar Gladerlar qaytarib berilsa barcha tirik qolishiga vada berishadi. Gladerlar esa yana qochishga muvaffaq bo'lishadi. Thomas va Brenda ortda qolib boshqa yo'ldan ketishga majbur bo'lishadi, qolganlar esa Jorge bilan qochib ketishadi. Thomas va Brenda Cranklarga duch kelib ulardan qochayotgan vaqtda ulardan biri Brendani zararlashga ulguradi. Thomas Teresa va u birga WCKD uchun ishlayotgani haqidagi ba'zi narsalarni eslaydi. U Teresani WCKD rejalari haqida ogohlantirishga harakat qiladi ammo uni askarlar qo'lga olib labirint ichiga jo'natishadi. Thomas va Brenda guruhning qolgan a'zolarini topishadi. Jorge Right Arm qayerda joylashganini aniqlash uchun WCKD uchun yashirincha ishlaydigan Markusni so'roq qiladi.

Guruh mashinada Right Arm qarorgohi tomon yo'lda ketayotib yo'l to'silgan joyga yetib kelishadi. U yerda esa bir qator qurolli kishilar ularni kutib oladi. Ammo ular orasida Harriet va Sonya, Arisni tanib qoladi va xavf yo'qligini aytib qurollarni pastga tushirishadi. Ular Gleyderlarni, Brenda, Jorge va Arisni boshqa immunitetli omon qolganlar mavjud bo'lgan Right Armning qo'shin qarorgohiga olib boradilar.

Qarorgohda Right Arm rahbari Vince ularni kutib oladi. Shu vaqtga kelib Brendaning infektsiyasi yanada kuchaygan edi. Vince uni otib tashlamqochi bo'lganida WCKDning sobiq olimasi Mary Cooper uni to'xtatadi. U Thomas ularning xabarchisi bo'lganligini, WCKD do'stlarini labirintga jo'natib ularni o'lishiga qo'yib berayotganiga ortiq chidolmasligi va ularni qutqarish maqsadida Right Armga WCKD ning eng katta operatsiyasini yo'q qilishga yordam berganini takidlaydi.

Mary Brendaning infektsiyasini Thomasdan olinayotgan ferment bilan davolayotgan bir vaqtda ferment ishlab chiqarilmasligi, uni faqat immun tizimidan yig'ib olish mumkinligini tushuntiradi. Paige bilan davolash yo'llari ustidagi bo'lib o'tgan bahslar Maryni WCKDdan ketishiga sabab bo'lib Mary Right Arm qarshi guruhiga borib qo'shiladi. Teresa WCKD qilayotgan ish to'g'ri deb o'ylagani uchun ularni Right Arm qarorgohiga chaqiradi. Bu esa u yerda katta jang bo'lib o'tishiga sabab bo'ladi.

WCKD askarlari tezda qo'zg'olonchilar ustidan g'alaaba qozonib tirik qolganlarni Bergda kelgan Paige va Janson oldiga bir necha qator qilib saflashadi..Teresa Thomasga Janson sabab WCKDdan xotiralarini qaytarib olganini tushuntiradi. Janson Maryni otib o'ldiradi ammo shu vaqtda Brenda va Jorge mashinada kelib kichik otishma sodir bo'ladi. WCKD askarlari tajribadan o'tgan immunitetga ega bo'lgan Minho, Aris va Sonyani olib ketishadi. Keyingi kun tongda Vince yoshlarni Right Armning qutqarganlarni jo'natadigan xavfsiz hududiga jo'natishini aytadi ammo Thomas Minhoga bergan va'dasini takidlab uni yolg'iz qoldirmasligini WCKD hech qachon bu ishdan qaytmasligini aytib WCKD ni butunlay to'xtatish uchun Ava Paige ni o'ldirishini aytadi.

Rollarda

tahrir

 

Aktyor Rol
Dylan O'Brien Thomas Thomas
Kaya Scodelario Teresa Teresa
Thomas Brodie-Sangster Newt Newt
Dexter Darden Frypan Frypan
Nathalie Emmanuel Harriet Harriet
Giancarlo Esposito Jorge Jorge
Alexander Flores Winston Winston
Aidan Gillen Janson Janson
Ki Hong Lee Minho Minho
Jacob Lofland Aris Aris
Katherine McNamara Sonya Sonya
Barry Pepper Vince Vince
Rosa Salaraz Brenda Brenda
Lili Taylor Mary Cooper Mary Cooper
Alan Tudyk Marcus Marcus
Patricia Clarkson Ava Paige Ava Paige

Ishlab chiqarilishi

tahrir

2013-yilning 13-oktabrida, Labirintdagilar filmi ommaga taqdim qilinishidan deyarli bir yil oldin, Foxning Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi ustida ish boshlagani haqida xabar berilgan edi. Ssenarist sifatida yaqinda Qoyilmaqom To'rtlik filmiga ssenaristlik qilgan T.S Nowlin tayinlangandi. U Noah Oppenheimdan ssenaristlikni o‘z zimmasiga olib, uni ssenariysini nazorat qilish Wes Ball ga topshirilgan.

Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi ustida ish boshlash ko‘pchilikka Foxning Labirintdagilar filmining muvaffaqiyatiga ishonchi komil ekanligini ko‘rsatdi[6][7]. 2014-yil 19-noyabrda Jon Paesano filmga soundtrack ishlash uchun qaytishi tasdiqlandi. Yaratuvchi dizayner Ken Barthelmey filmda Cranklar tashqi ko'rinishi dizaynini yaratish uchun chaqirildi[8].

Kasting

tahrir

2014-yil 26-sentabrda Rat-man nomi bilan mashhur bo'lgan Aidan Gillen Janson rolini ijro etish uchun chaqirildi[9]. 2014-yil 30-sentabrda Rosa Salazar Brenda rolini o'ynash uchun shartnoma imzoladi[10]. Keyingi bir necha kun ichida Loy filmi yulduzi Jacob Lofland[11] Aris Jons roli uchun va Gianlarco Esposito[12] Jorge rolini o'ynash uchun aktyorlar tarkibiga qo'shilishdi. Nathalie Emmanuel 2014-yil 22-oktabrda “B” guruhining yetakchisi Harriet roliga taklif etildi[13]. Shu yilning 22-dekabrida esa Katherine McNamara yana bir asosiy rollardan biriga chaqirilgan edi[14]. 2014-yil 3-noyabrda aktyorlar tarkibiga Lili Taylor Mary Cooper rolida[15] va Barry Pepper Right Arm qarshilik guruhi yetakchisi Vince roliga chaqirildi[16].

Suratga olish jarayoni

tahrir

2014-yil 25-iyulda Ball San-Diyegodagi Comic-Con -da studiya agar film ilk qismi muvaffaqiyatga erishsa navbatdagi qismni 2014-yil kuzida suratga olishni rejalashtirayotganligini eʼlon qildi[17].

2014-yil 31-avgustda Ball filmni suratga olish boshlanishiga yana to'qqiz hafta qolganini e'lon qildi. U shu bilan birga ular o'sha vaqt New Mexicoda ekanligini, ko'pgina sahnalar deyarli tayyor bo'lib film suratga olish vaqtiga yaqinlashganini va ko'plab aktyorlar (ilk qismda vafot etganlardan tashqari) o'z rollariga qaytishayotganligini, ssenariy ham deyarli tayyor bo'lganini takidlaydi[18].

Asosiy suratga olish jarayoni 2014-yil 27-oktabrda New-Mexicodagi Albukerke va unga yaqin bir necha hududlarida boshlangan[9][19]. Suratga olish jarayoni 2015-yil 27-yanvarda yakunlanib, umumiy hisobda 94 kun davom etgan[20][21].

Soundtrack

tahrir

Jon Paesano tomonidan bastalangan soundtrack 2015-yil 11-sentabrda ommaga taqdim qilingan[22].

Taqdimoti

tahrir

2014-yil 31-avgustda Ball film taxminan bir yillardan so'ng katta ekranlarga chiqarilishini takidladi[18]. 2014-yil 21-sentabr kuni film 2015-yil 18-sentabrda AQShda premyera qilinishi e'lon qilindi[23].

Qabul qilinishi

tahrir

Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi Shimoliy Amerikada 81.7 million dollar daromad keltirdi. Dunyo bo'ylab yig'ilgan daromad esa 230,6 million dollarni tashkil etib, jami 312,3 million dollar foyda keltirgan. Film budjeti 61 millin dollarni tashkil etgan.

Shimoliy Amerikada

tahrir

Amerika Qo'shma Shtatlari va Kanadada film Black Mass va Captive filmlari bilan birga premyera qilinib, premyera ilk haftasida 34-36 million dollar foyda olib kelishi rejalashtirilgandi[24][25]. Filmning bu qismi avvalgi qismidan(1.1 million dollar) farqi ravishda jami 2900 ta kinoteatrdagi kechki premyeralardan 1,7 million dollar ishlab oldi[26][27]. Ammo premyera kuni jami 11 million dollar daromad qilib avvalgi film ko'rsatkichlardan quyiroq natijani qayd etdi[28]. U hafta oxida 3796 ta kinoteatrdan jami 30,3 million dollar daromad bilan yakunlab filmning ilk qismidan 7 foizga pastroq natijani qayd etdi. Shunga qaramay, film o'zining asosiy raqobatchisi Black Massdan filmidan ko'proq daromad qila oldi[29][30] Film auditoriyasini 65 foizi 25 yoshdan kichik bo'lganlar tashkil qilib, umumiy chipta xaridorlarining 53 foizini ayollar tashkil etgan[29]. Fox filmni birinchi qismdagi kabi IMAX formatida chiqara olmadi sababi o'sha vaqtda barcha IMAX ekranlari Everest filmi uchun band qilingan edi. Ammo Fox filmni 270 PLF formatda chiqardi. Umumiy daromadning 9 foizi aynan shu format orqali yig'ildi[31]. Deadline Hollywood nashri Fox kompaniyasi natijadan mamnun ekanligini haqida bayonot berdi[30].

Dunyo bo'ylab

tahrir

Xalqaro miqyosda Labirintdagilar: Olov iskanjasida filmi jami 76 mamlakatda ommaga taqdim etilgan[32]. U AQShda premyera qilinishidan bir hafta oldin turli mamlakatlarda premyera qilinib ilk haftasida 26.7 million foyda keltirgan. Uning daromadi Uddalab bo'lmas topshiriq 5 filmidan keyin ikkinchi o'rinni egalladi[33]. Premyeraning ikkinchi haftasida filmni yana 41 ta kompaniya sotib olib jami 12,699 ta kinoteatrlarda namoyish etilib 43.2 million dollar foyda keltirdi[34]. Janubiy Koreyada film 804 ta kinoteatrda jami 7,2 million dollar daromad bilan 2015 yil hisobida Fox uchun eng katta premyera bo'ldi. Bu natija filmning ilk qismidan 41 foizga yuqoriroq edi[34]. Fransiya 8.5 million dollar bilan filmning chet mamlakatlar orasidagi eng yuqori daromadini qayd etdi[32][34][35]. Umumiy daromad bo'yicha filmga jahon miqyosida eng ko'p foyda olib kelgan mamlakatlar ro'yhatida Fransiya 25 million dollar bilan peshqadamlikni Janubiy Koreya 19 million dollar bilan ikkinchi o'rinni qayd etgan bo'lsa, uchlikni Buyuk Britaniya 13,2 million dollar bilan yakunladi[36].

Mukofotlar va nominatsiyalar ro'yxati
Yil Mukofot Turkum Qabul qiluvchilar Natija
2016 yil People's Choice Awards [37] Favorite Action Movie Labirintdagilar:Olov iskanjasida Davogarlik qildi
Favorite Sci-Fi/Fantasy Movie Davogarlik qildi
Teen Choice Awards [38] Choice Movie- Action/Adventure Davogarlik qildi
Choice Movie Actor: Action/Adventure Dylan O'Brien G'olib
Choice Movie Actress: Action/Adventure Kaya Scodelario Davogarlik qildi
Choice Movie Chemistry Dylan O'Brien va Thomas Brodie-Sangster G'olib
Choice Movie Villain Aidan Gillen Davogarlik qildi

Davomi

tahrir

2015-yil mart oyida birinchi va ikkinchi film ssenariysini yozgan Nowlin uchinchi kitob O‘limga qarshi ga filmni moslashtirgani tasdiqlandi[39]. Agar yana Ball filmga rejissyorlik qilsa, film ikki qismga bo'lingan holda chiqarilmasligini takidladi[40]. 2015-yil 9-iyul kuni suratga olish ishlari 2016-yilning fevralida boshlanishi e'lon qilindi[41]. 2015-yil 16-sentyabrda Ball filmning uchinchi qismiga rejissyorlik qilish uchun qaytishi tasdiqlandi[42].

Asosiy suratga olish ishlari 2016-yilning 14-martida Kanadaning Vancouver shahrida boshlanishi rejalashtirilgan edi. Ammo kutilmaganda bosh rol ijrochisi Dylan O'Brienning suratga olish paytidagi orttirib olgan og‘ir jarohati sabab[43] film 2017-yilning mart-iyun oylari orasida Janubiy Afrikada suratga olish uchun ko'chirildi. Film premyerasi esa 2018-yil 26-yanvarga qoldirildi[44][45][46][47]. [[Turkum:20th Century Fox filmlari]] [[Turkum:IMAX filmlar]] [[Turkum:AQSh 3D filmlari]] [[Turkum:2015-yil 3D filmlari]] [[Turkum:2015-yil filmlari]]

  1. Barker, Andrew „Film Review: 'Maze Runner: The Scorch Trials'“. Variety (2015-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 11-noyabr.
  2. „John Paesano to Return for 'The Maze Runner: Scorch Trials'“. filmmusicreporter.com (2014-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-noyabr.
  3. MAZE RUNNER: THE SCORCH TRIALS (12A)“. British Board of Film Classification (2015-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 4-sentyabr.
  4. McClintock, Pamela „Box-Office Preview: 'Maze Runner: Scorch Trials' Hopes to Sprint Past 'Black Mass'“. The Hollywood Reporter (2015-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-sentyabr.
  5. „Maze Runner: The Scorch Trials (2015)“. Box Office Mojo. Amazon.com. Qaraldi: 2016-yil 10-yanvar.
  6. Fleming. „Bullish On 'The Maze Runner', Fox Moves Ahead With 'The Scorch Trials'“. Deadline Hollywood (2013-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  7. Sims. „Fox moving forward on 'The Maze Runner' sequel 'The Scorch Trials'“. hypable.com (2013-yil 13-oktyabr). 2014-yil 18-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  8. Kieffer. „Luxembourg Monster Designer Ken Barthelmey 'The Maze Runner' is the absolute jackpot“. wort.lu (2014-yil 1-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  9. 9,0 9,1 Kit. „'Game of Thrones' Actor to Play Villain in 'Maze Runner' Sequel (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 30-sentyabr.
  10. Kit. „Rosa Salazar Nabs Key Female Role in 'Maze Runner' Sequel(Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 30-sentyabr.
  11. Kit. „'Mud' Actor Joins 'Maze Runner' Sequel (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 1-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 3-oktyabr.
  12. Blake, Emily (October 2, 2014). 'Breaking Bad' star Giancarlo Esposito joins 'Maze Runner' sequel“. Entertainment Weekly. Qaraldi: October 3, 2014.
  13. Kit. „'Game of Thrones' Actress Joins 'Maze Runner' Sequel 'Scorch Trials' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 22-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 23-oktyabr.
  14. The Deadline Team. „Katherine McNamara Books 'The Maze Runner 2′ & 'Indiscretion'“. Deadline Hollywood (2014-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 23-dekabr.
  15. Yamato. „Lili Taylor Joins Fox's 'The Maze Runner 2′“. Deadline Hollywood (2014-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  16. Kit. „Barry Pepper Joins 'Maze Runner' Sequel 'Scorch Trials' (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2014-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 4-noyabr.
  17. Sciretta. „The Maze Runner Sequel The Scorch Trials Concept Art Revealed [Comic Con 2014“]. slashfilm.com (2014-yil 25-iyul). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  18. 18,0 18,1 Nepales, Ruben V. „Fil-Am manages director of potential hit franchise“. Philippine Daily Inquirer (2014-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 1-sentyabr.
  19. Gomez. „Scorch Trials in New Mexico“. ABG Journal (2014-yil 23-oktyabr). 2016-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-noyabr.
  20. „'Maze Runner: The Scorch Trials' Movie Set PHOTOS: Dylan O' Brien And Kaya Scoldelario Done Filming Sequel, Actor Heads To Wrap Party“. fashionstyle.com (2015-yil 27-yanvar). 2015-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-yanvar.
  21. Wentz. „'The Maze Runner' sequel 'The Scorch Trials' officially wraps filming“. hypable.com (2015-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  22. „Sony Classical to Release 'The Maze Runner: The Scorch Trials' Soundtrack“. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
  23. Dashner. „And like that's not cool enough, it's official: THE SCORCH TRIALS movie is coming September 18, 2015. Doesn't this look sweet: #ScorchTrials“. Twitter (2014-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 25-sentyabr.
  24. Busch. „'Maze Runner', 'Black Mass', 'Captive' & 'Everest' Debut in Box Office Mixed Bag – Preview“. Deadline Hollywood (2015-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  25. Brevet. „Forecast: Depp's Gangster Tale, a Young Adult 'Maze' and a Trip to 'Everest'“. Box Office Mojo. Amazon.com (2015-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  26. D'Alessandro. „'Maze Runner: The Scorch Trials', 'Black Mass', 'Everest' Start Their Weekend Climb With Thursday Previews – Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
  27. McClintock. „Box Office: 'Maze Runner' Sequel Opens to $1.7M Thursday Night; 'Black Mass' Nabs $1.4M“. The Hollywood Reporter (2015-yil 18-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 18-sentyabr.
  28. D'Alessandro. „'Scorch Trials' Runs Behind 'Maze Runner'; 'Black Mass' Bests 'B' Exit Poll – Saturday AM B.O. Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  29. 29,0 29,1 McClintock. „Box Office: 'Maze Runner' Sequel No. 1 With $30.3M; 'Black Mass' Scores $23.4M“. The Hollywood Reporter (2015-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  30. 30,0 30,1 D'Alessandro. „'Scorch Trials' Speeds Up Toward $30.3M Finish Line; Moviegoers Paying $23.4M To Whitey Bulger – First Sunday Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  31. Mendelson. „Weekend Box Office: 'Maze Runner 2' Opens Lower Than 'Maze Runner,' Tops $100M Worldwide“. Forbes (2015-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 20-sentyabr.
  32. 32,0 32,1 Tartaglione. „'The Martian' Crosses $118.5M Offshore; 'Pan' Serves Up Est. $20.4M – Intl B.O. Final“. Deadline Hollywood (2015-yil 12-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 13-oktyabr.
  33. Tartaglione. „'Maze Runner: Scorch Trials' Ignites $26.7M; 'Rogue Nation' Tops With $91.4M, Crosses $600M WW – Intl B.O. Update“. Deadline Hollywood (2015-yil 14-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 15-sentyabr.
  34. 34,0 34,1 34,2 Tartaglione. „'Scorch Trials' Heats Up $43.2M; 'Everest' Scales $28.8M – Intl Box Office Final“. Deadline Hollywood (2015-yil 21-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 22-sentyabr.
  35. Busch. „'Hotel Transylvania 2,' 'The Intern' Bow Amidst Holdovers 'Everest' And 'Scorch Trials' – Intl Box Office“. Deadline Hollywood (2015-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 28-sentyabr.
  36. „Maze Runner: The Scorch Trials“. Box Office Mojo. Qaraldi: 2016-yil 23-mart.
  37. „2016 Winners and highlights“. CBS News (2016-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  38. „Teen Choice Awards: Winners List“. The Hollywood Reporter (2016-yil 31-iyul).
  39. Busch. „'Maze Runner: The Death Cure' Sets T.S. Nowlin To Pen“. Deadline Hollywood (2015-yil 4-mart). Qaraldi: 2015-yil 10-mart.
  40. Sciretta. „'The Maze Runner' Finale 'The Death Cure' Won't Be Split into Two Movies“. slashfilm.com (2014-yil 9-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-oktyabr.
  41. „The script for Death Cure is currently being worked on & will begin filming in February #ScorchTrials #ScorchSneakPeek“. Twitter (2015-yil 9-iyul). Qaraldi: 2015-yil 10-iyul.
  42. McNary. „Wes Ball Returning to Direct Third 'Maze Runner'“. Variety (2015-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 17-sentyabr.
  43. Hipes. Maze Runner Sequel Production Shut Down Indefinitely For Dylan O'Brien Recovery“. Deadline Hollywood (2016-yil 29-aprel). Qaraldi: 2019-yil 20-may.
  44. Busch. „'The Maze Runner: The Death Cure' Will Restart Production In February“. Deadline Hollywood (2016-yil 29-avgust). Qaraldi: 2016-yil 30-avgust.
  45. Bailey. „Maze Runner film production leaving B.C. for South Africa“. The Globe and Mail (2016-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
  46. D'Alessandro. „Deadpool 2', 'New Mutants' & 'Dark Phoenix' Find 2018 Dates Among Fox's Slew of Release Changes & Additions“. Deadline Hollywood (2017-yil 22-aprel). Qaraldi: 2017-yil 23-aprel.
  47. Dave. „Steven Spielberg's Pentagon Papers Movie Re-Titled 'The Post'“. Variety (2017-yil 25-avgust). Qaraldi: 2017-yil 26-avgust.