Marjona0311
Kenneth Kaunda (talaffuzi: Kannet Kounda) — Zambiyalik siyosatchi, hamda 1964-1991-yillarda Zambiyaning birinchi prezidenti bo'lgan. U Zambiyaning Britaniya hukmronligidan ozod bo'lishida muhim o'rin egallagan shaxslardan biridir.
Hayoti
tahrirKenneth Kaunda — 1924-yil 28 - aprilda Shimoliy Rodeziyada(hozirgi Zambiya)ning Chinsalida joylashgan Lubva Misshin manzilida tavallud topgan. Uning otasi Reverend David Kaunda shotlandiya cherkovida diniy lavozimda va o'qituvchi ishlagan. Kenneth Kaunda(keyingi o'rinlarda KK tarzida beriladi) oilada sakkiz farzandning eng kenjasi bo'lgan. Otasi — Nyasalandda tugilgan va ishi sababli Lubva Misshinga ko'chib kelgan. Onasi ham o'qituvchi bo'lgan va Shimoliy Rodeziyada dars bergan birinchi Afrikalik ayol bo'lgan. KK otasi vafot etgan vaqtda yosh bola edi va u 1940-yilning boshigacha tahsil oldi. Keyinchalik u ota-onasining izidan borib o'qituvchi bo'ladi. avval Shimoliy Rodeziyada, keyin esa Tanganyika(hozirgi Tanzaniya) hududiga ko'chib o'tadi. U Janubiy Rodeziyada ham ishlagan. 1941-1943-yillarda Lusakadagi Manali mashg'ulot markaziga qatnashgan. U faoliyatining boshlarida, Mahatma Gandhi(Maxatma Gandi)ning shu so'zlarini o'qiydi: "to'g'ridan-to'g'ri yuragimga bordi". Keyinchalik KK 1943-1945-yillarda Lubvada maktab o'qituvchisi, shu vaqtning o'zida Lubvada direktor ham bo'lgan. U bir muddat Solsberi va Bindura konida ishlagan. 1948-yilda Mufulirada Mis kamar uchun birlashgan missiyada o'qituvchi bo'lgan(UMCB-Merilend universiteti, Beltimor okrugi). Keyin u Afrika farovonlik markazida yordamchi va Mufuliradagi kon maktabining internat ustasi edi. Bu vaqtda u Pathfinder Scout(Pazfinder Skot) guruhini boshqargan va Markaziy Afrika jamoasida xor kuylovchi bo'lgan. U, shuningdek, kongressning Nchanga bo'limida kotib o'rinbosari bo'lgan.
Mustaqilli uchun kurash va prezidentlik
tahrir1949-yil Kaunda siyosatga kirib keldi va Shimoliy Rodeziya Afrika milliy Kongressining asoschi a'zosi bo'ldi.1953-yil 11-noyabrda Lusakaga ko'chib, Afrika Milliy Kongressi(ANC) Bosh kotibi bo'ldi, Prezident Harry Nkumbula rahbarligi ostida. Kaunda va Nkumbula birgalikda yevropaliklar boshchiligidagi Rodeziya va Nyasaland Federatsiyasiga qarshi mahalliy Afrika xalqlarini safarbar qila olmadilar. 1955-yilda Kaunda va Nkambula hukumatga qarshi chiquvchi kitoblar tarqatgani sababli 2 oyga ozodlikdan mahrum etilgan. Ikkala yetakchi ham bir-biridan uzoqlashdi, Nkumbula oq liberalchilar ta'sirida bo'lib mahalliy Afrikaliklarni himoya qilishda ko'proq qiyinchiliklarga duch keldi. Kaunda davlatga qarshi odamlar guruhiga boshchilik qilib, ANCdan ajralib chiqdi va o'z partiyasini tashkil qildi, 1958-yil oktyabrda Zambiya Afrika Milliy Kongressi(ZANC) tashkil qilindi. ZANC tashkiloti 1959-yil mart oyida ta'qiqlandi va Kaunda 9 oy ozodlikdan maxrum qilindi. U dastavval, Lusakada, keyin esa Salisburyda jazo muddatini o'tadi. Kaunda qamoqda bo'lganda, Maiza Chona va boshqa millatchilar ANCdan ajralib chiqdi va 1959-yil oktyabrda oyida Chona Birlashgan Milliy Partiyasining (UNIP) birinchi prezidenti, ZANC vorisi bo'ldi. Biroq u o'zini partiya asoschisi sifatida ko'rmadi . 1960-yil yanvar oyida Kaunda qamoqdan ozod bolgach, UNIP prezidenti etib saylandi. 1960-yilda u Atlantada Martin Luther King Jr.ni ziyorat qildi, keyin 1961-yil iyul oyida Kaunda Shimoliy avtonom respublikada fuqorolik itoatsizligiga qarshi urash uyushtirdi, bu asosan o't qo'yish va yo'llarni to'sib qo'yishdan iborat bolgan "CHA-CHA-CHA" kompaniyasi edi. Keyinchalik Kaunda 1962-yildasaylovlarda UNIP nomzodi sifatida qatnashdi. Natijada, Kaunda mahalliy boshqaruv va ijtimoiy ta'minot vaziri bo'lgan UNIP-ANC koalitsiya hukumati paydo bo'lgan. 1964-yil yanvarda UNIP navbatdagi yirik saylovlarda g'alaba qozonib, ANC raqiblarini mag'lub etdi va Kaundaning bosh vaziri lavozimiga qo'yildi. 1964-yil 24-oktyabrda u mustaqil Zambiyaning birinchi prezidenti bo'ldi va Ruben Kamanga o'zining Vitse-prezidenti etib tayinladi.
Shaxsiy hayoti va o'limi
tahrirKaunda 1946-yilda Betti Bandaga uylandi, u bilan 8 farzandi bor edi. U 2013-yil 19-sentyabrda Betti Zimbabvening Xarare shahrida qizlaridan birinikiga tashrif buyurganda, 87 yoshida vafot etadi. KK o'zi erishmoqchi bo'lgan mustaqilik haqida ham musiqa yozgan, garchi ko'p zambiyaliklarga faqatgina bir musiqa ma'lum bo'lgan ("Tiyende pamodzi ndi mtima umo" buning ma'nosi "bir yurak bilan birga yuraylik" degan ma'noni anglatadi). 2021-yilning 14- iyunida Kaunda noma'lum kasallik tufayli davolanish uchun Lukasakadagi Maina Soko harbiy gospitaliga yotqizildi. Zambiya hukumati shifokorlar uning sog'ligini tiklash uchun qo'llaridan kelganini qilayotganini aytdi, ammo uning sog'lig'i haqida ma'lumot berishmadi. Shu yili 15- iyundapnevmaniya(ya'ni zotiljam)dan davolanayotgani ma'lum qilindi, uning shifokorining aytishicha, bu uning sog'lig'ida ko'p uchrab turadigan muammo edi. 2021-yil 17-iyunda Maina Soko harbiy gospitalida qisqa muddatli kasallikdan so'ng, 97 yoshida vafot etgani tasdiqlandi. Uning 30 nevarasi va 11 ta nevarasi qolgan. Prezident Edgar Lungu o'zining facebook sahifalarida Zambiyada 21 kunlik motam e'lon qilinishini ma'lum qildi. 21-iyun kuni Vitse-prezident Inonge Vina Kaundaning jasadi 2-iyul kuni Lusakadagi Milliy Qahramonlar stadionida bo'lib o'tadigan dafn marosimida, har bir viloyat poytaxtida cherkov xizmatlari bilan olib ketilishi e'lon qilindi va 7-iyul kuni prezident dafn qilindi.
Nashrlar
tahrirKaunda, Kenneth David(1958). Dominion status for Central Afrika?(tarjimasi:Afrika uchun hukumronlik maqomi). Union of Democratic Control Publications. Kaunda, Kenneth David(1962). Zambia shall be free: An autobiography(Zambiya ozod bo'ladi: avtobiografiya). Heinemann Kaunda, Kenneth David(1969). Zambia Independence and Beyond: the speeches of Kenneth Kaunda(MUstaqillik va undan keyingi Kennet Kaunda nutqlari). Nelson. Kaunda, Kenneth David(1973). The Humanist outlook(Gumanistic qarash). London: Longman. Kaunda, Kenneth David(1980). Morris, Colin(ed.). The Riddle of violence. San Francisco: Harper & Rowe. Morris, Colin M.,ed..(1980). Kaunda on Violence. London: Collins.