Foydalanuvchi:Mushtariy11/qumloq

Mushtariy11/qumloq
Uglevodlari 12


Labne (arabcha: لبنة labne) — arab, yunon oshxonasiga mansub. Tvorog yoki koʻpirtirib, ivitilgan sutning suvi olib tashlanishi bilan tayyorlanadigan yegulikdir. Bu jarayon oddiy pishloq tayyorlash jarayoniga oʻxshash.[1]

Labnening suvidan ajratilishi holati

Tayyorlanish uslubi tahrir

Labneni tayyorlash uchun:

  1. Sut ivitib olinadi;
  2. Suvini chiqazib yuborish uchun yupqa matoga solinadi;
  3. Har kim oʻz taʼbiga koʻra turli xildagi quyuq massaga aylanguncha osib qoʻyadi;[1]
  4. Quruq massaga aylanganda zaytun moyi bilan kichkina sharcha shaklida yumaloqlanadi va likopchalarga solib dasturxonga tortiladi;
  5. Biroz suyuq massaga aylanganda likopchaga suziladi va ustiga zaytun moyi surtib, tanovul qilinadi.

Ozuqaviy qiymati tahrir

100g labne tarkibidagi moddalar ulushi:

Maʼlumotlar tahrir

Labne Livan, Sharqiy Oʻrta Yer dengizi mamlakatlari, Yaqin Sharq, Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyoda tarqalgan. Iordaniyada esa labneni yalpiz va zaytunga aralashtirib, sendvich bilan isteʼmol qilinadi. Misrda labne yoʻq, biroq labnega oʻxshash pishloq tayyorlanadi. Ushbu pishloqning labnedan farqi shundaki, matoga solib, osib qoʻyilmaydi. Qizdirib tayyorlanadi. Eronga kelsak, labneni deyarli barcha yeguliklar bilan qoʻshib, isteʼmol qilishadi. Masalan, bodring, piyoz, arpabodiyon, yalpiz, ismaloq va boshqa sabzavotlar.[2]

Manba tahrir

  1. 1,0 1,1 Diana. „Homemade labneh recipe“ (Inglizcha). littlesunnykitchen.com (15-mart 2021-yil). Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.
  2. Max Falkovitz. „What is labne“ (Inglizcha). tastecooking.com. Qaraldi: 11-dekabr 2022-yil.

Havolalar tahrir