Foydalanuvchi:Oqmirzayev Qodirbek/HOZIRGI UYG'URLAR NUFUSI

HOZIRGI UYG'URLAR NUFUSI

tahrir
  Uygurlarga oid maʻlumotlar bilan tanishar ekanmiz, ayni zamonda dunyoning barcha mamlakatlarida yashayotgan uyg'urlarning soni qancha ekan, degan savol paydo bo'lishi tabiiydir. Hozircha bu savolga javob topishning iloji yo'q. Chunki buni aniqlash uchun xalqaro miqyosda ishlar qilish lozim. Lekin hozirgi fan va texnikaning rivojlanishi mazkur masalaning yechimini tobora yaqinlashtirib bormoqda. Taʻkidlash joizki, dunyo mamlakatlarida uyg'urlar nufusiga taaluqli maʻlumotlar yo'q emas. Ularni jamlab, tahrir qilish uyg'ur xalqining yer yuzidagi taxminiy soni haqida umumiy taassurot berishi mumkin. Amerikaning yirik olimi Fredirik Starr boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan nashr etilgan «Xinjiang China»s muslim borderland» («Shinjyan Xitoydagi musulmonlar yashaydigan chegara zamini») 228 nomli fundamental asarda ko'rsatilishicha, 1941-yilda ShUARDA 2.984.000 uyg'ur yashagan bo'lib, ular umumiy aholining (3,73 mln.) 80 % ni tashkil etgan. 1953-yildagi tekshiruv natijasida uyg'urlar soni 3.640.000 kishidan iborat bo'lgan va bu raqam umumiy aholining (4.87 mln. ga yaqin) 74%ga to'g'ri kelgan. 1982 yildagi rasmiy maʻlumotlarga ko'ra, Shinjyanng-Uygur avtonom rayoni (1954 yildan boshlab), yaʻni Sharqiy Turkistonda yashovchi uyg'urlar soni 5.949.000 dan iborat bo'lib, umumiy aholi (13.081.500)ning 45.8 % tashkil etgan.1990 yilda ShUAR uyg'urlari soni 5.995.000 kishidan iborat bo'lib, u umumiy aholining (15156900 kishi) 47.5 % tashkil qilgan 1941-1990 yillar davomida ushbu mintaqada yashaydigan xanzular (xitoylar) soni 187 mingdan 5 mln. 696 ming kishiga ko'paygan. Shundan maʻlumki, o'tgan yarim asrga yaqin davr ShUARda uyg'urlar soni 1,74 barobar, xitoylar nufusi esa 32 barobar ko'paygan. Shu davrning ikkinchi yarmida XXRning tug'ilishni cheklash siyosatiga ko'ra, xitoylar onasiga faqat bitta farzand ko'rish, uyg'ur va boshka MUSULMON xalklar oilalariga esa ikkita farzand kurish mumkin. Shunga qaraganda, o'tgan yarim asr davomida uyg'urlar nufusining ko'payish surʻati xitoylarnikidan ko'proq bo'lishi kerak edi. Biroq rasmiy maʻlumotlarga ko'ra, butun mamlakat bo'yicha 1957-yildan 2000-yilgacha bo'lgan davrda xitoylar (xanszu) soni 620 mlndan 1,25 mlrdga, uyg'urlar nufusi esa 3,9 mlndan 7.8 mlnga ko'paygan, yaʻni tug'ilish cheklangan xolatda xitoylarning ko'payishi 100% dan oshgan, demografik siyosatda imtiyozga ega bo'lgan uyg'urlar nufusi ham shuncha foizga oshgan. Bu ko'rsatgichlar, albatta, shubha uyg'otadi. Norasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 1988-1990 yillarda ShUAR da aholi soni tekshirilgan va uning natijasida uyg'urlarning nufusi 18 milliondan oshganligi maʻlum bo'lgan.Ayni zamondagi Markaziy Osiyo davlatlari hududida ham uyg'urlar yashaydi, lekin bu borada maxsus tadqiqot o'tkazilmaganligi sababli ularning anik soni maʻlum emas. Mavjud taxminlarga ko'ra, mazkur hududda 1 millionga yaqin uyg'ur istiqomat qiladi. 1920-1922 yillarda Rossiya kommunistik partiyasi (bolsheviklar) Markaziy komitetining Turkiston bo'limi boshlig'i Abdulla Rozbakievning hisobotnomasida ko'rsatilishicha, o'sha davrda Еttisuv viloyati (Qozog'iston)da 265 ming, Sirdaryo atrofida 30 ming, Farg'ona vodiysida 300 ming, Samarqandda 2500, Turkmanistonda 2500 uyg'ur yashagan.Afsuski, bu hujjatda Turkistonning boshka joylarida yashaydigan uyg'urlar soni olinmagan. Shunga qaramay, birgina shu raqamlarni jamlaganimizda, o'tgan asrning birinchi choragida O'zbekiston, Qozog'iston va Turkmanistonda yashaydigan uyg'urlar soni 600 ming kishidan iborat bo'lgan, degan xulosa kelib chikadi. Shundan keyin o'tgan 80 yildan ko'proq vaqt ichida uyg'urlar soni kamida ikki-uch barovar ko'paygan, deb xisoblanganda ham, ayni zamonda ularning soni 1.5-1.8 mlnga etgan bo'ladi.
  FOYDALANILGAN MANBA
  A.XO'JAYEV; MARKAZIY OSIYO XALQLARI TARIXIGA OID MA'LUMOTLAR-TOSHKENT 2015