Foydalanuvchi:Pardayev Bekzodbek/Toshkent qirg‘ini
Toshkent qirg‘ini
Buxoro xonligida Ashtarxoniy o'zbek sulolasi 1601-1756 yillarda hukm surgan. Ushbu sulola vakillari orasida nisbatan nufuzli va obro'li hukmdor Imomqulixon (1611-1642) bo'ldi.Uning davrida Buxoro xonligi kuchli davlatga aylandi. 1613-yilda Imomqulixon Toshkentni qozoq xonligidan qaytarib oldi va bu yerga o'zining o'g'li Iskandarni noib etib tayinladi.Lekin Imomqulining o‘g‘li shahzoda Iskandar toshkentliklarga jabrzulm o'tkazadi, soliqlarni ko'paytiradi, zulmni kuchaytiradi. G'azablangan Toshkent aholisi qo'zg'olon ko'tardi, qo‘zg‘olon jarayonida shahzoda Iskandar o'ldiriladi.Imomqulixon bu voqeadan xabar topib Toshkent shahrini bir oy qamal qiladi. Toshkentliklar shaharni qahramonlarcha himoya qilsalarda, Imomqulixon katta kuch bilan qo'zg'olonni bostirishga muvaffaq bo'ladi. U shahid ketgan o'g'li uchun toshkentliklardan qattiq o'ch oladi. Buxoro xoni ‘‘otimning uzangisigacha qon chiqmaguncha aholini qirishni davom ettiraman‘‘, deb qasam ichadi. Toshkent aholisini qirg'in qilishdan horib charchagan Imomqulixon qo'shini boshliqlarining o'zlari ham, hech bir gunohsiz odamlarni bunday qirg'in qilishni to'xtatishni xondan iltimos qiladilar. Ammo xon ‘‘ Men ichgan qasamimni buza olmayman‘‘, deb javob beradi. Shundan so'ng Toshkentda ulamolar, qozilar va fiqhshunoslar o'lganlarning qonlari oqizilgan chuqurlikdagi hovuzchalarga suvlarni to'ldirib bu hovuzdan Imomqulixonga otda kechib o'tishni taklif qiladilar. Bu bilan xon ichgan qasamni ado etdi va aholini qirg'in qilishni to'xtatish to'g'risida buyruq berdi.