Foydalanuvchi:Progint/sandbox/Lachin
Lachin | |
---|---|
Shahar | |
39°38′27″N 46°32′49″E / 39.64083°N 46.54694°E | |
Mamlakat | Оzarbayjon |
{{{tuman_turi}}} | Lachin tumani |
Rasmiy til(lar)i | ozarbayjoncha |
Telefon kodi | +994 26 |
|
Lachin — Ozarbayjon Respublikasidagi shahar, Lachin tumanidagi administrativ markaz . Ozarbayjon poytaxti Boku shahridan shosse yoʻli uzunligi 450 km., Xonkendi stansiyasi temir yoʻli uzunligi 60 km. Shimoldan Kelbadjar, sharqdan – Xodjali, Shusha hamda Xodjavend, janubdan esa Gubadlin tumanlari bilan, g’arbdan esa Armaniston Respublikasi bilan chegaradosh. Bu yerda dunyodagi eng qadimgi daraxt hisoblangan – temir daraxt, katta miqdordagi dorivor o’simliklar o’sadi, kobalt, uran, simob, oltin, temir, turli rangdagi marmar qatlamlariva konlari, shuningdek ko’pgina ma’danli suv manbalari mavjud.[1]
Tarixi
tahrirAvval Lachin Abdallar deb nomlangan, 1923[2] yildan boshlab shahar maqomini olgan, 1926 yildan boshlab Lachin deb nomlana boshladi. 1930 yilda Lachin administrativ tumani tashkil etilganidan soʻng, Lachin shahri uning markaziga aylandi.
Tagi Shaxbazi Lachin uchun joyni tanlagan va uni shunday nomlagan. Hudud maydoni - 1,84 ming kvadrat kilometr, aholi soni - 72,4 ming (01.04.2013) kishi. Lachin tumanida 1 shahar (Lachin), 1 aholi punkti (Gaygi) va 125 qishloq bo’lgan.[1]
„Lachin“ toronimi oykonim sifatida 1924 yildan boshlab xaritamizdan joy egalladi. Bundan oldin u oʻzini „Yukari Lachin“ nomi bilan oʻzini saqlab qoldi. Qadimiy xaritalarni oʻrganish qisman shuni koʻrsatadiki, muhim tepalik bilan bir qatorda, Kichik Kavkaz togʻ tizmasidagi Qorabogʻ togʻ tekisliklaridagi eng katta tizma hisoblangan Lachin choʻqqisi eʼtiborni tortadi. Bu choʻqqi Katta Kirs va Kichik Kirs choʻqqilari bilan birga Yuqori Qorabogʻ viloyatida uchburchakni tashkil qiladi. Bu choʻqqi Qorabogʻ togʻlari tizmasi markazida, janubi gʻarbda joylashgan.[3][4]
Izlanishlar shuni koʻrsatadiki, „Lachin“ nomi geografik, tarixiy, adabiy manbalarda uchraydi. Manbalardan bizga maʼlumki, „Lachin“ toponimi — oronimdir, yaʼni togʻ nomidir. Lekin bu toponim huddi fuqarolik huquqi kabi oʻzida oykonim shaklini qozondi. Buni biz Lachin soʻzi ishtirok etgan qishloqlar nomidan koʻrishimiz mumkin: Shushada Lachinlar, Kelbadjar tumanida Lachin qishlogʻi, Kelbadjar tumanidagi Lachingaya qal’asi va boshqalar.[5][6]
Avval taʼkidlanganidek, adabiy manbalardan bu nom haqida maʼlumot yegʻdik va ularda „Lachin“ nomini uchratish mumkin. Hozirda yaqin oʻtmishda bu nomni topish juda oson. Bugungi kunda bunday ismlar ham uchramoqda. Bu ism haqida maʼlumot toʻplaganda, mashxur hind shoiri Amir Xosrav Dexlavi hayoti haqidagi manbalarda uning otasining ismi „Lachin“ eʼtiborimizni tortdi. Otasining ismi: Amir Maxmud Shams Lachin. Tarixiy manbalardan shu maʼlum boʻldiki, uning ota-bobolari Oʻrta Osiyo bosib olinishi sababli Hindistonga kelishgan. Oʻsha davrlarda "Lachin" turkiy qabilasi Turkmanistonning Koperdag janubida qoʻnim topgan. Hindistonda yashab ijod qilgan oʻz davrining buyuk shoiri Amir Xosrav Dexlavi nomida oʻz qabilasi nomi ham mavjud.[7]
Shuni taʼkidlash kerakki, „Lachin“ turkiy qabilasi XVIII asrning boshlarida Turkmanistonning janubiy hududida yashagan. Moʻgʻullar bosqini davrida Lachin qabilasining bir qismi Ozarbayjonda qoʻnim topdi. Ular Gargachay va Xakarchay basseynlari yaqinidagi Xalifalida, Xachin hukmronligiga qarashli Qorabog’ning yuqori qismida, joylashishdi. Lachin turkiy qabilasining bir qismi esa Hindistonda joylashdi.[8]
Oʻrta asrlarda Ozarbayjonda Lachin qal’asi va Lachin shahri boʻlgan. Qorabogʻda qal’aning mavjudligi haqida Kirakos Gandjeli taʼkidlab oʻtgan. Uning yozishicha, Lachin Gasan Djalalning qal’alaridan biri boʻlgan. Ozarbayjonda oʻrta asrlarda shuningdek, Lachin shahri ham boʻlgan, u shaharda pullar quyib chiqarilgan. Bu shahar Chobani xonlari davrida yanada yuksaldi.[9][10]
Geografiyasi
tahrirLachin nomini tilga olganda, uni ko’rgan inson ko’z oldida o’ziga maftun qiladigan va e’tiborni tortadigan go’zal panorama keladi. Viloyatning quyi qismida, Zangezur tog’ etagida, Artiz, Salag va Merkiz tog’lari bir – biridan masofada, ulardan biron masofada, Xustun, Kyapyaz, Kechyaldag tog’ massivlari qad ko’targan, ular ortida Pirdavan, Gadjaran, Kichin tog’lari ko’rinmoqda. Zangezur tog’ massivlari cho’qqilari ayrim joylarda dengiz sathidan 3906 metrga yetadi va doimiy qorlar bilan qoplangan.[1]
Moddiy-madaniy merosi
tahrirLachin tumanida 200 gacha tarixiy, madaniy va me’moriy yodgorliklar, o’nlab qo’rg’onlar, qal’a turidagi arxeologik nuqtai nazardan muhim yodgorliklar, ko’pgina qabr yodgorliklari, stel, ot, qo’y haykallari, syujetli toshlar, shuningdek, ko’pgina tabiiy boyliklar, qimmatli ma’danli suvlar bo’lgan. Yuqorida ta’kidlanganlarning barchasi 1992 yilning 18 mayidan boshlab Armaniston Respublikasi tomonidan okkupatsiya qilingan.[1]
Madaniyat, taʼlim va tibbiyot muassasalari
tahrirOkkupatsiyadan oldin bu yerda 217 madaniy muassasalar, 142 sog’liqni saqlash obyektlari, 133 boshqarma va muassasalar, 100 umumta’lim maktablari, 5 maktabgacha ta’lim muassasalari, 5 musiqa maktablari, 1 maktab internat, 1 o’rta ta’lim kasb – texnik bilim yurti, 1 aloqa uyi va h.k. bo’lgan.[1]
Foydali suv manbalari
tahrirLachinda ko’pgina foydali suv manbalari bo’lgan, 20 dan ortiq suv manbalari shifobahsh hisoblanadi. Odamlar qadimdan bu ma’danli manbalarning shifobahsh hususiyatlari haqida bilishgan va davolanish uchun ularni iste’mol qilishgan. Xalq orasida bu manbalarning mo’jizali shifobahsh hususiyatlari uchun – bosh uchun buloq, ko’z uchun buloq, tish uchun buloq, oshqozon uchun buloq va h.k. deb nom bergan. Bu manbalar asosan Minkend, Molla-Ahmedli, Mirik va h.k. aholi yashash joylari yaqinida bo’lgan. Bu manbalar atrofida odamlar dam olish uchun yeg’ilgan va shu maqsad bilan ular bu joylarni obodonlashtirgan. Yoz oylarida bu yerga Qorabog’, Zangezur, va ayniqsa Boku hamda Sumgaitning issiq joylaridan dam olish va davolanish uchun kelishgan.[1]
Yashash manzilgohlari
tahrirLachin qishloqlarining ro’yxati:[1]
A
tahrir- Agalarushagi
- Aganus
- Agbulag
- Agbulag
- Agdjakend
- Agdjayazi
- Agoglan
- Alidjan
- Aligulu
- Alpout
- Alxasli
- Ardushlu
- AshagiDjidjimli
- AshagiFeredjan
- Avazlar
- Axmedli
- Ayibasar
B
tahrir- Baldirganli
- Beylik
- BirindjiIpek
- BirindjiTigik
- Bozdagan
- Bozgyuney
- Bozlu
- Budagtepe
- Byolyovlyuk
- Byulyundyuz
D
tahrir- Dambulag
- Dashli
- Deyirmanyani
- Deyxan
- Djagazur
- Djidjimli
E
tahrir- Elekchi
- Erdeshevi
- Ereb
- Erikli
- Eyrik
F
tahrir- Fatalipaya
- Ferrash
- Finge
G
tahrir- Gadjilar
- Gadjisamli
- Gadjixanli
- Galacha
- Garabeyli
- Garachanli
- Garakechdi
- Garasaggal
- Garigishlag
- Gazidere
- Gilindjli
- Gishlag
- Gizildja
- Gorchu
- Goshasu
- Gozlu
- Gushsu
- Gyulyabird
- Garikyaxa
I
tahrir- IkindjiTigik
- Imanlar
- Irchan
K
tahrir- Kamalli
- Katos
- Kyalafalig
- Kyaxa
- Kyordjabulag
- KyoxneChorman
- Kyoxnekend
- Kyurdgadji
L
tahrir- Lolabagirli
M
tahrir- Mais
- Malibey
- Malxelef
- Mazutlu
- Melikpeya
- Migidere
- Minkend
- Mirik
- Mishni
- Mollalar
N
tahrir- Nagdali
- Narishlar
- Nureddin
O
tahrir- Oguldere
P
tahrir- Pichenis
- Pirdjaxan
S
tahrir- Sadinlar
- Sefiyan
- Seidlyar
- Sonasar
- Soyugbulag
- Suarasi
- Sus
Sh
tahrir- Shamkend
- Shelve
- Sheylanli
Ch
tahrir- Chemberekend
- Chiragli
- Chorman
T
tahrir- Terxanli
- Tezekend
- Tovushug
- Turshsu
- Tyurkler
U
tahrir- Uludyuz
- Unannovu
V
tahrir- Vagazin
- Velibeyli
X
tahrir- Xachinyali
- Xagnazar
- Xanalilar
- Xatamlar
- Xirmanlar
- Xochaz
- Xumarta
- Xyusyulyu
Y
tahrir- YuxariFeredjan
Z
tahrir- Zabux
- Zagalti
- Zerti
- Zeyvya
- Ziyrik
Fotosuratlar
tahrirXorijiy oʻtishlar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 http://www.azerbaycanli.org/az/page498.html azerbaycanli.org
- ↑ Ozarbayjon SSR Oliy Soveti Prezidiumi. "Ozarbayjon SSR, 1961 yilning 1 yanvaridagi administrativ – hududiy bo’linishi". (Rusian). Boku: Ozarbayjon davlat nashriyoti, 1961 — 8-bet.
- ↑ http://azerbaycanli.org/az/page498.html
- ↑ http://www.virtualkarabakh.az/read.php?lang=1&menu=32&id=78#.WOOWAUXyhdh
- ↑ http://ebooks.azlibnet.az/book/Bk5zDEay.pdf
- ↑ https://bdrnk.wordpress.com/2011/02/12/lacin-rayonu-tarixi-v%C9%99-isgali/
- ↑ http://scwra.gov.az/structure/166/?La%C3%A7%C4%B1n%20rayonunun%20%C9%99sir%20abid%C9%99l%C9%99ri
- ↑ http://karabakhinfo.com/19505
- ↑ http://yknews.az/lacin/
- ↑ http://www.elibrary.az/cgi/irbis64r/cgiirbis_64.exe