Foydalanuvchi:Usmonov Gayrat/Isroil-Kolumbiya aloqalari
Isroil-Kolumbiya munosabatlari – Kolumbiya va Isroil oʻrtasidagi 1950-yillarning oʻrtalarida ikki tomonlama rasman oʻrnatilgan munosabatlar hisoblanadi.
Tarixi
tahrir1947-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 181-rezolyutsiyasida Britaniya mustamlakasi boʻlgan Falastini yahudiy va arab davlatiga boʻlish tavsiya etilgan. Davlatlar orasida Kolumbiya ovoz berishda betaraf qolgan[1].
1950-yillarning oʻrtalarida Isroil va Kolumbiya davlatlari rasmiy ravishda diplomatik aloqalar oʻrnatdi va tegishli ravishda Bogota va Tel-Avivda elchixonalarini ochishdi[2]. 1988-yilda Isroil va Kolumbiya oʻrtasidagi munosabatlar sezilarli darajada yaxshilandi. Isroil va Kolumbiya oʻrtasida erkin savdo qilish shartnomasi 2013-yil 10-iyunda imzolangan. Biroq, u hali Kolumbiya tomonidan ratifikatsiya qilinmagan va kuchga kirmagan[3]. Shartnoma ikki davlat oʻrtasida sanoat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari export qilish tariflarini pasaytirgan. Shuningdek, shartnoma Isroil kompaniyalari va jismoniy shaxslari uchun Kolumbiyaga sarmoya kiritishni osonlashtiradi. Isroilning Kolumbiyaga eksporti 2012-yilda qariyb 143 million dollarni tashkil etgan (asosan aloqa uskunalari, stanoklar, elektr va mexanik qurilmalar va kimyo mahsulotlaridan iborat)[4].
Kolumbiya Falastin xalqini mintaqada erkin va mustaqil davlat sifatida oʻzini oʻrnatish istagini qoʻllab-quvvatlagan. Bundan tashqari, Isroil Kolumbiyaning mintaqadagi asosiy hamkori va Kolumbiyaning Janubiy Amerikadagi Braziliyadan keyin ikkinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. Ikki tomonlama munosabatlar yangi tarixdagi eng yuqori darajadagi aloqalar tufayli chuqurlashgan[5].
2012-yil oktabr oyida Kolumbiya prezidenti Juan Manuel Santos „dunyo Isroilni yahudiy davlati sifatida tan olishi kerak“ deb takidlagan[6].
2017-yil 13-sentabr kuni Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyahu Kolumbiyaga rasmiy tashrif bilan keldi. U ushbu mamlakat prezidenti Juan Manuel Santos bilan uchrashdi va ikki tomonlama shartnomalar imzolagan[6].
2018-yil avgust oyida Kolumbiya yangi prezident Ivan Duke Markesning inauguratsiyasi boʻlib oʻtdi. Marosimga Isroil hukumati rahbari Benyamin Netanyahu taklif qilingan, ammo u mamlakat janubidagi vaziyat tufayli safarini bekor qilgan. Buning oʻrniga Mintaqaviy hamkorlik vaziri Tzachi Xanegbi Kolumbiyaga tashrif buyurgan. 2018-yil sentabr oyida Kolumbiyaning yangi saylangan prezidenti Ivan Duke oʻzidan oldingi prezident tomonidan Falastin davlatini tan olish boʻyicha qabul qilingan qarorni bekor qilmasligini etirof etgan. Shu bilan birga, Dyuke „ikki xalq uchun ikkita davlat“ yaratish tamoyili tarafdori ekanligini taʼkidlagan. Bundan tashqari, uning aytishicha, G'azo sektori „islomchi va jihodchi“ HAMAS guruhi nazorati ostida qolayotgani uchun bu masala murakkablashmoqda.
2020-yil yanvar oyi oxirida Kolumbiya Hizbulloh va Xamasni terrorchi tashkilotlar deb tan olgani maʼlum boʻldi. Bu qadam Isroil Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan.
2023-yil noyabr oyida "Temir qilichlar" operatsiyasi fonida Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro Isroil elchisini maslahatlashuv uchun chaqirib olgan. Shuningdek, Gustavo Petro „Falastin xalqini qirgʻin qilish“ning davom etishi Kolumbiya va Isroil munosabatlarning buzilishiga olib kelishi mumkinligini taʼkidlagan. Isroil elchisi Gali Dagan Petroni qattiq tanqid qildi, shundan soʻng Kolumbiya tashqi ishlar vaziri Alvaro Leyva Daganni mamlakatni tark etishni talab qilgan. Shu bilan birga, Isroil Tashqi ishlar vazirligi Kolumbiya elchisi Margarita Manjaresni chaqirtirgan va Tashqi ishlar vaziri Eli Koenning buyrugʻi bilan unga „mamlakati prezidenti Gustavo Petroning Isroil davlatiga qarshi dushmanona va antisemitistik bayonotlari uchun“ diplomatik tanbeh bergan.
2024-yil 1-may kuni mamlakat prezidenti Gustavo Petro Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzishini eʼlon qildi va Isroil hukumatini Falastini „genotsid“ qilishda aybladi[7].
Texnologik hamkorlik
tahrirKolumbiya Isroildan samolyotlar, dronlar va qurollar sotib olgan[8]. Kolumbiyaning Isroil bilan chuqurlashib borayotgan aloqalari baʼzilar tomonidan Lotin Amerikasida kuchayib borayotgan Eron taʼsiriga, xususan Tehronning Venesuela bilan hamkorligiga qarshi kurash usuli sifatida bilishmoqda.
Iqtisodiyot va savdo
tahrir2020-yil avgust oyida Isroil Bosh vaziri Netanyahu va Kolumbiya prezidenti Ivan Duke oʻrtasida videokonferensiya boʻlib oʻtdi. Davlat rahbarlari ikki tomonlama erkin savdo-sotiq qilish bitimi ratifikatsiya qilinganligini eʼlon qildilar.
2023-yilda Isroil Kolumbiyadan 450 million dollarlik ko'mi sotib oldi. Kolumbiya shu tariqa yahudiy davlatiga ushbu mineralning eng yirik yetkazib beruvchisiga aylandi. „Temir qilichlar“ operatsiyasi fonida Kolumbiya prezidenti Gustavo Petro 2024-yil may oyida ikki davlat oʻrtasidagi aloqalar uzilishi mumknligini eʼlon qilgan. Shuningdek, Kolumbiya Savdo vazirligi koʻmir eksportini Isroilga butunlay toʻxtatish bilan tahdid qilgan[9].
Elchixonalar
tahrirKolumbiya
tahrirKolumbiya elchixonasi Tel-Avivda joylashgan[10][11]. Kolumbiyaning Isroildagi elchisi – Fernando Adolfo Alzate Donoso (ispancha: Fernando Adolfo Alzate Donoso) hisoblanadi[12]. Kolumbiyaning Tel-Avivdagi Bosh konsulligi elchixona bilan bir joyda joylashgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „facts of Israel: United Nations, 1947, Resolution 181 approves the creation of Israel, the Jewish State“. 2008-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ „(isp.) Israeli embassy in Colombia: Israel and Colombia“. 2007-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ „Архивированная копия“. 2016-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 12-may.
- ↑ „Israel, Colombia sign free trade agreement“. 2020-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ „Embajada de Colombia en Israel“. 2020-yil 30-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ 6,0 6,1 „Netanyahu arrives in Colombia, looks to help post-conflict efforts“. 2020-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 17-sentyabr.
- ↑ Genevieve Glatsky. „Colombia to Sever Ties With Israel Over Gaza War“ (en). The New York Times (2024-yil 1-may). 2024-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
- ↑ „Colombia hostage rescue: the Israeli angle — Haaretz — Israel News“. 2010-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-aprel.
- ↑ Bloomberg: Kolumbiya prigrozila prekratit snabjat Izrail uglem, Detaly
- ↑ „Misiones de Colombia en el Exterior: Israel“ (es). Colombia, Ministry of Foreign Affairs. 2013-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
- ↑ „Migdal Sason Khogi“. Google Maps. Qaraldi: 2012-yil 23-dekabr.
- ↑ „Consulta de misiones de Colombia en el exterior“ (es). 2013-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.