Iron Lung — 2022-yilda David Szymanski tomonidan ishlab chiqilgan video oʻyin[1]. Oʻyinchi oyning qonli okeanini oʻrganayotgan „Iron Lung“ nomli eski suvosti kemasida tutqunlikda ushlab turilgan personajni boshqaradi. Video oʻyin 2022-yil 10-martda Windows operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan[2].

Iron Lung
Ishlab chiqaruvchi David Szymanski
Nashir etuvchi David Szymanski (Windows)
Dread XP (Switch)
Chiqarilgan sana Windows
March 10, 2022
Switch
December 19, 2022
Platformalar Windows, Nintendo Switch
Yuritkich Unity
Oʻyin rejimlari yolgʻiz oʻyinchi

Oʻyin haqida

tahrir

Oʻyinchi kemada ketayotgan soqov personajni boshqaradi. Oʻyinning asosiy qismi harakatlanish uchun juda kam joyi boʻlgan bitta xonali suvosti kemasida boʻlib oʻtadi. Suv osti kemasi navigatsiya boshqaruv tizimi orqali harakatlantiriladi. Kemaning boshqaruvi asosan avtomatik amalga oshiriladi. Oʻyin davomida Iron Lung ichidan chiqib harakatlanishning iloji yoʻq va faqatgina kemaning kameralaridan va oynasidan foydalanibgina okeanni kuzatish mumkin boʻladi. Oʻyin davomida oʻyinchi kema ichidan turib keyingi jarayonlarda kerak boʻladigan fotosuratlarni olishi kerak. Oʻyin davomida personajda kislorod bosimi kamayishi va koʻrish qobiliyatining sezilarli pasayish holatlari sodir boʻladi[3].

Iron lung video oʻyinida shuningdek bir nechta gʻirrom kodlar mavjud boʻlib, ular yordamida har kim oʻyinni oʻziga qulay boʻlgan koʻrinishga oʻtkazib olishi mumkin[4].

Syujet

tahrir
Bu ekspeditsiya emas. Bu qatl hukmining ijrosi. Ular sizni bu yerga joylashganda qaytib kelishingizni istashmaydi. Hatto qaytib kelsangiz ham, va’dalariga amal qilishsa ham... qanday erkinlik sizni kutmoqda? O‘lik yulduzlar dengizidagi bir nechta jon talvasasidagi kemalarmi?

Agar hali umid bor bo‘lsa, u parda ortida yashiringan. Bu bo‘shliqda umid yulduz nuri kabi sarobdir. Men bu yerda, okean tubida, ko‘zga ko‘rinmas, quloqqa eshitilmas va nazoratdan xoli holda so‘nggi nafasimni olishni afzal ko‘raman.

Ular o‘z qatl hukmlarini ijro etishadi.

Men esa o‘z erkinligimga erishaman.

—— Noma’lum mahbus

Insoniyat koinotni zabt etgan vaqtda noʻmalum hodisa butun koinotni jumbushga keltiradi va barcha yulduzlar, tirik organizmi bor barcha sayyoralar yoʻq boʻlib ketadi. Faqatgina kosmik kema ichidagi insonlargina tirik qolishga muvaffaq boʻlishadi. Insoniyatni saqlab qolish uchun COI tashkiloti AT-5 sayyorasi tomonga kosmik ekspeditsiyani boshlaydi. AT-5 sayyorasida inson qonidan boʻlgan okean hosil boʻladi va COI olimlari okeanda inson hayoti uchun zarur boʻlgan resurslar boʻlishi mumkin degan fikrni ilgari surishadi. Olimlar AT-5 sayyorasidagi okeanni oʻrganib chiqish uchun Iron lung suv osti kemasini joʻnatishadi. Okean bosimi kuchli boʻlganligi tufayli suv osti kemasi temir zirx bilan toʻliq qoplanadi va okean tubida boʻlgan vaqti u bilan aloqa yoʻqoladi. Oʻyinchi kemada ekspeditsiyaga joʻnatilgan mahbus personajini boshqaradi va kemada unga okeanni oʻrganib qaytib kelganida ozodlik vaʼda qilib yozilgan xabarni topadi. Biroq kemada oldin boʻlgan odam qoldirgan xabarda u aldangani va hech qanday ozodlik berilmasligi haqida xabar boʻladi.

Oʻyinchi suv osti kemasini boshqaruvini qoʻlga oladi va koʻp vaqt oʻtmasdan qoʻrqinchli gʻorga duch keladi. Kemada gʻordagi alohida belgilar suratga olinadi. Biroq fotosuratlarda atrof butunlay oʻzgacha koʻrinadi, oʻsimliklar hajmi kattaroq, atrofda suyaklar qalashib yotgan va toshlar tartib bilan joylashtirilgan, huddi uy poydevoriga oʻxshash holatda edi. Keyinchalik kemaning dum qismidan yongʻin chiqadi va oʻyinchining navbatdagi topshirigʻi uni bartaraf etish boʻladi. Kema yorugʻlik tomonga yaqinlashayotganida titray boshlaydi. Keyinchalik oʻyinchi katta nomaʼlum maxluq bilan jang qiladi va koʻzini jarohatlaydi, maxluq ham unga javoban kemaga shikast yetkazadi. Oʻyinchi vaziyatni qoʻlga olish uchun boshqaruv paneliga ketayotganida maxluq suv osti kemasini boʻlib yuboradi va oʻyin toʻxtab bosh ekranga qaytadi.

Bosh ekranda suv osti kemasi qoldiqlarini yoki unda olingan fotosuratlarni topishning iloji boʻlmagani haqida xabar boʻladi va oʻyinchi amalga oshirgan barcha ishlari behuda boʻlgani ham xatda keltirib oʻtilgandi. Shunga qaramay xabarda insoniyat bu bilan toʻxtab qolmasligi va koinotning qaysi qismida boʻlsa ham yashab qolishga harakat qilishi taʼkidlab oʻtilgan boʻladi.

Tanqid

tahrir

Iron lung oʻyini umumiy olib qaraganda tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilingan va oʻyindagi atmosfera uning tuzilishi alohida maqtovga loyiq deb topilgan[5][3]. Zoey Handley ham oʻyinga ijobiy baho bergan[6].

2023-yil dekabr oyida Szymanski oʻyin narxini 2 dollarga koʻtarib qoʻyganligi uchun tanqid qilingan va shundan keyin oʻyin sotuvlari soni keskin tushib ketgan[7].

Titan kemasining portlashidan soʻng oʻyin mashhurlashishi

tahrir

2023-yil iyun oyida Titan suv osti kemasi portlashidan soʻng Iron lung oʻyinining sotuvlari soni keskin koʻpayib ketti, chunki oʻyindagi baʼzi epizodlar Titan suv osti kemasidagi holatga juda oʻxshash boʻlgan. Szymanski oʻyin sotuvlari oshishiga bir muncha havotir bilan qaragan va steam platformasida 1 hafta mobaynida oʻyin sotuvlar afishasida „bu juda gʻalati“ yozuvlari bilan turgan. Oʻyinda boʻlib oʻtadigan hodisalar Titan suv osti kemasi duch kelgan qiyinchiliklarga juda oʻxshagan va shu sababdan sotuvlar oʻsishida Szymanski oʻzini yomon his qilgan[8].

Filmga moslashtirish

tahrir

2023-yil 21-aprel kuni Markiplier nomi ostida tanilgan amerikalik Youtuber Mark Fischbach Iron lungni daxshat janridagi film sifatida ekranlashtirmoqchi ekanini eʼlon qilgan[9][10][11][12]. Oʻzining YouTube kanalida Iron lung oʻyinini oʻynagan Fischbach[11] filmni oʻzi moliyalashtirishini va unda oʻzi yozgan ssenariy boʻyicha hamkasbi Caroline Rose Kaplan bilan birga rol oʻynashini aytib oʻtgan[9][12]. David Szymanski film ssenariysiga yordam berish uchun jalb qilingan va keyinchalik suratga olish jarayonlarida qatnashgan Szymanski filmda kichik epizodik rolni ijro etgan[13]. 2023-yil 14-oktyabr kuni Fischbachning rasmiy YouTube kanalida filmning treyleri taqdim etilgan[14][15].

Manbalar

tahrir
  1. „Iron Lung on Steam“ (en). Steam. Qaraldi: 2023-yil 24-aprel.
  2. „Iron Lung for Nintendo Switch“ (en-us). Nintendo Official Store. Qaraldi: 2023-yil 13-yanvar.
  3. 3,0 3,1 Price. „'Iron Lung' Is a Terrifying Horror Game About Your Inevitable Demise“ (en). Vice (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  4. Zollner. „Iron Lung Has a New Mode That Surrounds You With Markiplier's Face“ (en). IGN (2023-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-noyabr.
  5. Boehm. „[Review A Descent into an Ocean of Blood Makes 'Iron Lung' an Oppressively Atmospheric Experience“] (en-US). Bloody Disgusting! (2022-yil 15-mart). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  6. Handley. „Review: Iron Lung“ (en-US). Destructoid (2022-yil 21-mart). Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  7. Yin-Poole. „Iron Lung Dev Says 'Go Pirate It or Something' in Response to Price Rise Backlash“ (en). IGN (2023-yil 18-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 29-dekabr.
  8. Gerblick. „The creator of horror game Iron Lung says sales spike amid search for Titanic submarine 'feels so wrong'“. GamesRadar+ (2023-yil 21-iyun). Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.
  9. 9,0 9,1 Grobar. „Markiplier To Star In & Direct Horror Film 'Iron Lung' From His Own Script; Self-Financed Feature Adapts David Szymanski Video Game“ (en-US). Deadline Hollywood (2023-yil 21-aprel). 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  10. Mark Fischbach [@Markiplier]. „Iron Lung. Coming Soon.“ (English) (2023-yil 21-aprel). 2023-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  11. 11,0 11,1 Glaze. „Markiplier releases trailer for his Iron Lung movie based off[sic viral horror game“] (en). Dexerto (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  12. 12,0 12,1 Wolinsky. „Markiplier Takes Lead Role, Director's Chair In Iron Lung Horror Film Adaptation“ (en-US). GameSpot (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  13. David Szymanski [@DUSKdev]. „So yes, tl;dr the reason I've been so busy lately is because I've been heavily involved with production of the Iron Lung movie, from assisting with the script and pre-production to now being on set for the shoot and even having a small cameo in the film!“ (2023-yil 21-aprel). Qaraldi: 2023-yil 21-aprel.
  14. Iron Lung | Official Teaser Trailer. Markiplier.
  15. Beth. „Markiplier's 'Iron Lung' Movie: Trailer, Cast, Plot, and Everything We Know So Far“ (en). Collider (2023-yil 30-aprel). Qaraldi: 2023-yil 18-oktyabr.