Maktab yoki repititor.

-Men insitutga kirishim kerak. Maktab darslaridan ozod bo'ldim. Repititorga qatnayapman -Farzandimni maktabi bilan gaplashdim. Darsga kelmasa ham maktab reytingi uchun o'qishga kirishi zarurligini aytib o'tishdi.

 So'nggi yillarda shunga o'xshash gap-so'zlar ko'payib bormoqda. Maktablar reytingini belgilashdagi indikatorlardan biri - bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatgichining inobatga olinishidir. Qaysi maktabda yaxshi pedagog bo'lsa, shu maktab o'quvchilari boshqa maktablarga nisbatan ko'proq OTMga kiradi. Lekin ba'zi "qoloq" maktablar reyting ko'rsatkichini ko'tarish maqsadida yangi usul o'ylab topishgan. Bola o'qishga kirishi uchun maktabga bormasdan repetitorga qatnamoqda. Eng hayratlanarlisi, bundan sinf rahbari va maktab direktorining ham xabari bor. Ularning o'zlari ba'zi o'quvchilarga ruxsat berishgan. Prezidentimiz ta'limga qanchalar e'tibor berib, uni zamonaviylashtirib ko'plab sharoitlar yaratib berayotgan paytda bu ish to'g'rimi? 
  Biz bugungi ta'lim tizimini isloh qilmas ekanmiz, repetitorlar xizmatidan voz kechilmaydi. Bu xizmatlarning ham turi ko'payib bormoqda. O'quv markazlarida o'qitish, uyda o'qitish, yakka tartibda o'qitish, onlayn dars va boshqalar. Tabiiyki, shunga yarasha narxi ham turlicha bo'ladi. Farzandini repetitorga yuborishga hamma oilaning ham qurbi yetmaydi. Demak bunday oilaning bolasi oliy o'quv yurtiga kira olmaydi. Ba'zi maktablarda esa ahvol yomon. 
 O'zi maktabga nima uchun boriladi? Bundan maqsad nima? Bola ozining yo'lini topdi. Unga qaysi fan kerakligini bildi va oziga boshqa ustoz topib repititorga bormoqda. Xo'sh, unda nima uchun 1-sinfga maktabga kelgan? Shu darajada "aqlli" ekan, nima qiladi maktabda o'qib?

Hech bir bola bilimli yo bilimsiz, savodli yo savodsiz, iste'dodli yo iste'dodsiz bo'lib tug'ilmaydi. Hamma ham bolaligida intiluvchan, qiziquvchan bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan bu intiluvchanlik yo o'sadi yo butkul so'nadi. Bunda, albatta, maktab va eng asosiysi ota-onaning o'rni beqiyos.

 Ko'pchilik ota-onalar bolaga nima uchun maktabga borish kerakligini yetarlicha tushuntirishmagan. Kichkina bolaga to'qqiz yoki o'n bir yil davomida unga hamroh boldigan ikkinchi uy ekanligini aytish lozim. 

"Yoshlikda olingan bilim - toshga o'yilgan naqsh"

Lekin shu bilim qay tarzda olinyapti? O'zi umuman bilim olinyaptimi? Agar bola o'n bir yil maktabda yaxshi bilim olsa, nega endi yana shuncha pul sarflab repetitorga borishi kerak?

Hozir hamma to'tiqushdek takrorlayotgan gap bor: ilg'or pedagogik texnologiya, interfaol metodlar, darsga kreativ yondashuv va shu kabi so'zlar. Bu haqida pedagoglarga har majlis ma'ruza o'qiladi. Lekin bundan foyda bormi? Yoki bu ham quruq gap. Amalda yo'q proyektlardanmikan. Komissiya kelgan vaqt birozgina o'zgarish bo'ladi. O'quvchilarga turli xildagi dars ishlanmalar beriladi. Xonalar esa bir zumda ko'rgazmalarga to'lib ketadi. Oldindan javobi aytilgan savollarni-ku aytmasa ham bo'ladi. Xo'sh bu bilan biz kimni aldayapmiz. O'zimizni faqat va faqat o'zimizni. O'qituvchilarning dars o'tishga vaqti yo'q. Qog'oz va tadbirbozlik. Biz tarbiyalayotgan insonlar ham xuddi shunday ko'r-korona ish qiladigan tadbirboz bo'lib yetishadi. Tanganing ikkinchi tomoni bor deganlaridek aybni faqat maktabdan emas balki o'quvchining o'zidan, qolaversa, ota-onasidan ham izlash kerak. Ularning fikricha, maktab bilimi bilan o'qishga kirib bo'lmaydi. Repetitorga borish kerak. Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q deganlaridek, pullik bo'lgani uchun ham ularni yaxshi deb o'ylashadi. Ushbu postni yozishimdan maqsad maktab yoki ma'lum tashkilotlarni yo'monlash emas. Niyatim xolis - yurtimizda bilimga chanqoq yoshlarning qo'llab-quvatlashga, O'zbekiston ta'lim tizimiga oz bo'lsa-da hissa qoshishdir.

Toshkent shahar Bektemir tumani 346-maktab Yuldasheva Hilola