Yuldasheva

tahrir

Maktab yoki repititor.

-Men insitutga kirishim kerak. Maktab darslaridan ozod bo'ldim. Repititorga qatnayapman -Farzandimni maktabi bilan gaplashdim. Darsga kelmasa ham maktab reytingi uchun o'qishga kirishi zarurligini aytib o'tishdi.

 So'nggi yillarda shunga o'xshash gap-so'zlar ko'payib bormoqda. Maktablar reytingini belgilashdagi indikatorlardan biri - bitiruvchilarning oliy ta'lim muassasalariga kirish ko'rsatgichining inobatga olinishidir. Qaysi maktabda yaxshi pedagog bo'lsa, shu maktab o'quvchilari boshqa maktablarga nisbatan ko'proq OTMga kiradi. Lekin ba'zi "qoloq" maktablar reyting ko'rsatkichini ko'tarish maqsadida yangi usul o'ylab topishgan. Bola o'qishga kirishi uchun maktabga bormasdan repetitorga qatnamoqda. Eng hayratlanarlisi, bundan sinf rahbari va maktab direktorining ham xabari bor. Ularning o'zlari ba'zi o'quvchilarga ruxsat berishgan. Prezidentimiz ta'limga qanchalar e'tibor berib, uni zamonaviylashtirib ko'plab sharoitlar yaratib berayotgan paytda bu ish to'g'rimi? 
  Biz bugungi ta'lim tizimini isloh qilmas ekanmiz, repetitorlar xizmatidan voz kechilmaydi. Bu xizmatlarning ham turi ko'payib bormoqda. O'quv markazlarida o'qitish, uyda o'qitish, yakka tartibda o'qitish, onlayn dars va boshqalar. Tabiiyki, shunga yarasha narxi ham turlicha bo'ladi. Farzandini repetitorga yuborishga hamma oilaning ham qurbi yetmaydi. Demak bunday oilaning bolasi oliy o'quv yurtiga kira olmaydi. Ba'zi maktablarda esa ahvol yomon. 
 O'zi maktabga nima uchun boriladi? Bundan maqsad nima? Bola ozining yo'lini topdi. Unga qaysi fan kerakligini bildi va oziga boshqa ustoz topib repititorga bormoqda. Xo'sh, unda nima uchun 1-sinfga maktabga kelgan? Shu darajada "aqlli" ekan, nima qiladi maktabda o'qib?

Hech bir bola bilimli yo bilimsiz, savodli yo savodsiz, iste'dodli yo iste'dodsiz bo'lib tug'ilmaydi. Hamma ham bolaligida intiluvchan, qiziquvchan bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan bu intiluvchanlik yo o'sadi yo butkul so'nadi. Bunda, albatta, maktab va eng asosiysi ota-onaning o'rni beqiyos.

 Ko'pchilik ota-onalar bolaga nima uchun maktabga borish kerakligini yetarlicha tushuntirishmagan. Kichkina bolaga to'qqiz yoki o'n bir yil davomida unga hamroh boldigan ikkinchi uy ekanligini aytish lozim. 

"Yoshlikda olingan bilim - toshga o'yilgan naqsh"

Lekin shu bilim qay tarzda olinyapti? O'zi umuman bilim olinyaptimi? Agar bola o'n bir yil maktabda yaxshi bilim olsa, nega endi yana shuncha pul sarflab repetitorga borishi kerak?

Hozir hamma to'tiqushdek takrorlayotgan gap bor: ilg'or pedagogik texnologiya, interfaol metodlar, darsga kreativ yondashuv va shu kabi so'zlar. Bu haqida pedagoglarga har majlis ma'ruza o'qiladi. Lekin bundan foyda bormi? Yoki bu ham quruq gap. Amalda yo'q proyektlardanmikan. Komissiya kelgan vaqt birozgina o'zgarish bo'ladi. O'quvchilarga turli xildagi dars ishlanmalar beriladi. Xonalar esa bir zumda ko'rgazmalarga to'lib ketadi. Oldindan javobi aytilgan savollarni-ku aytmasa ham bo'ladi. Xo'sh bu bilan biz kimni aldayapmiz. O'zimizni faqat va faqat o'zimizni. O'qituvchilarning dars o'tishga vaqti yo'q. Qog'oz va tadbirbozlik. Biz tarbiyalayotgan insonlar ham xuddi shunday ko'r-korona ish qiladigan tadbirboz bo'lib yetishadi. Tanganing ikkinchi tomoni bor deganlaridek aybni faqat maktabdan emas balki o'quvchining o'zidan, qolaversa, ota-onasidan ham izlash kerak. Ularning fikricha, maktab bilimi bilan o'qishga kirib bo'lmaydi. Repetitorga borish kerak. Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q deganlaridek, pullik bo'lgani uchun ham ularni yaxshi deb o'ylashadi. Ushbu postni yozishimdan maqsad maktab yoki ma'lum tashkilotlarni yo'monlash emas. Niyatim xolis - yurtimizda bilimga chanqoq yoshlarning qo'llab-quvatlashga, O'zbekiston ta'lim tizimiga oz bo'lsa-da hissa qoshishdir.

  1. Yuldasheva Yuldashevahilola (munozara) 13:05, 25-Avgust 2022 (UTC)Javob berish

PDP Universitet

tahrir

PDP Universiteti

PDP Universiteti (inglizcha: PDP University) yoki PDPU  — Toshkent shahridagi toʻlaqonli IT, ya’ni raqamli texnologiyalar sohasiga ixtisoslashgan xalqaro universitet. PDP Universiteti 2022-yil 7-iyundagi 029302-sonli davlat litsenziyasi asosida Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini boshlagan.

Universitetda talabalar Buyuk Britaniyaning Pearson BTEC xalqaro ta’lim dasturi asosida IT sohasi boʻyicha ta’lim olishadi.

Pearson – 200 ga yaqin mamlakatda mijozlarga raqamli kontent, baholash, malaka va ma’lumotlar bilan xizmat ko‘rsatuvchi taʼlim kompaniyasi. Kompaniya jahon miqiyosida tan olingan Edexcel, BTEC, LCCI va EDI kabi ta’lim brendlarining akademik va kasbiy malakalarini taklif qiladi.

BTEC – yuqori sifatli, karyeraga yoʻnaltirilgan va real amaliy tajribaga asoslangan oʻquv dasturi taʼminotchisi. BTEC talabalarga 25 yil davomida biznes, texnologiya bilimlari bilan birga tanqidiy fikrlash, muloqot, tahlil va mantiq koʻnikmalarni berib kelmoqda.

PDP Universitetida ta’lim bir yillikFoundation va uch yillikUndergraduate davriga boʻlinadi. Foundation bosqichida talabalar IT boʻyicha bazaviy-fundamental bilimlarga ega boʻlishadi. Ikkinchi Undergraduate bosqichidan boshlab asosiy 4 ta yoʻnalishdan birini tanlashadi va shu boʻyicha 3 yil davomida chuqur bilimlarga ega boʻlishadi.

Hozirda universitetda quyidagi bakalavr yoʻnalishlari mavjud:

  • Software Development and Programming
  • Data Analytics
  • Artificial Intelligence Solutions and Applications
  • Business Analytics and Change Management

Asosiy yoʻnalishlar haqida batafsil:

Software Development and Programming — bu “Dasturiy ta’minot ishlab chiqish va dasturlash” yoʻnalishi. Ushbu yoʻnalishda talabalar foydalanuvchi ehtiyojlarini dasturiy-mahsulotga aylashtirish jarayonlari hamda dasturlash bilimlarini oʻzlashtirishadi. Dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar - mavjud yoki yangi dasturlar, ilovalar, operatsion tizimlar uchun dasturiy ta’minot yaratish, tahlil qilish va sinovdan oʻtkazish ishlarini amalga oshirishadi. Fakultet talabalari jahon standartlariga javob beradigan dasturiy yechimlarni loyihalash, ishlab chiqish, sinovdan oʻtkazish va loyihalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha ta’lim olishadi.

Data Analytics — bu “Ma’lumotlar analitikasi (tahlili)” yoʻnalishi. Ushbu yoʻnalishda talabalar mavjud muammolarga foydali yechim olish va kerakli qarorni qabul qilish uchun ma’lumotlarni oʻrganish, filtrlash, oʻzgartirish va modellashtirish bilimlarini oʻzlashtirishadi. Fakultet talabalari “Ma’lumotlar bazasi”ni kerakli xulosalarga aylantirish, ular asosida qaror qabul qilish va harakatlar ketma-ketligini toʻgʻri tuzish boʻyicha ta’lim olishadi. Ushbu soha matematika, fizika, iqtisod va informatika fanlariga qiziqqan yoshlar uchun munosib yoʻnalishlardan biri.

Artificial Intelligence Solutions and Applications — bu “Sun’iy intellekt yechimlari va ilovalar” yoʻnalishi. Sun’iy intellekt yechimlari va sun’iy intellektga ega ilovalar - inson intellektini nusxalaydigan neyron-tarmoqlar asosiga qurilgan. Bunday dasturlarning asl mohiyati shundaki, ular oldindan oʻrnatilgan shablon algoritmlar boʻyicha harakat qilmaydi, aksincha, mustaqil qaror qabul qilishni oʻrgani. Ushbu yoʻnalish informatika va kompyuter texnologiyalarining yuqori innovatsion ta’lim turi boʻlib, talabalar unda intellektual tizimlar, “aqlli” mashina va dasturlar, ularning loyiha modellari yaratishni oʻrganishadi. Fakultet bitiruvchilari turli muammolarga yechim topuvchi sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish boʻyicha mutaxassis boʻlib chiqishadi.

Business Analytics and Change Management — bu “Biznes-analitika va oʻzgarishlarni boshqarish” yoʻnalishi. Ushbu yoʻnalishda talabalar kompaniya muammolarini aniqlash, ularni hal qilish yoʻllarini topish, mijoz mahsulotiga boʻlgan talabni ishlab chiqish, shuningdek, biznes-modellar yaratish, ularning samaradorligini tahlil qilish, kompaniya xarajatlarini kamaytirish va foydani oshirish yoʻllarini izlash, solishtirma-qiyosiy tahlillarni tayyorlash, biznes jarayonlarini modellashtirish (avtomatlashtirish) va maxsus dasturiy ta’minotlarda ishlashni oʻzlashtirishadi.

Universitet rahbariyati:

Jiemurat Mambetkarimov — rektor.

Ismoiljon Matqosimov — oʻquv ishlari boʻyicha prorektor.

Joylashuvi: Talabalar oʻquv binosi Toshkent shahrida joylashgan. Toʻrt qavatli katta oʻquv kampusi mavjud.

Kvadrat ma’lumotlari:

Xalqaro nomi: PDP University

Asos solingan: 2022

Oʻquv yurti turi: Universitet

Rektori: Jiemurat Mambetkarimov

Prorektor: Ismoiljon Matqosimov

Fakultetlar: 4

Bakalavriat: 4 yil

Manzil: Yangi Sergeli koʻchasi 12, Toshkent shahri, Oʻzbekiston

Veb-sayti: university.pdp.uz Yuldashevahilola (munozara) 15:06, 12-Mart 2023 (UTC)Javob berish

zor gap yoq 188.113.198.49 15:14, 12-Mart 2023 (UTC)Javob berish


= Diqqatni jamlash

tahrir

Diqqatni jamlash


"Men shu paytgacha qoʻlga kiritgan narsalarimga qatʼiy tartib, puxtalik va gʻayrat-shijoat, butun diqqatni bir narsaga qaratish bilan erishganman”, degandi mashhur yozuvchi Charlz Dikkens. Bugungi maqolam konsentratsiyani yaxshilash haqida bo'ladi.

Dunyo statistikalariga qaraganda odamlarda juda ko'p uchraydigan muomolardan bu diqqatni jamolmaslik va hotira susayishi.

  Ertalab uy eshigini qulfladimi yo'qmi eslay olmaysiz, biron bir kitob mutola qilasiz-u lekin yodingizda qo'lmadi. Sizda ham shunday vaziyatlar bo'ladimi? Unda bu borada bir necha maslahatlar aytib o'taman.  Avvalombor biz miyamizdan keraksiz malumotlarni o'chirib yuborishimiz kerak. Bu qanday malumot? Albatta smartfonlardagi videolar. Hech ahamiyat berganmisiz kechga ishdan charchab kelamiz va dam olishga yotib, turli videolar tomosha qilsak charchaganimiz ham yodimizdan chiqib yarim tungacha ham ko'raveramiz. Lekin kitob o'qisak "Zerikish" "Holsizlik" "Uyqu kelishi" kabi vaziyatlar kuzatiladi. Bundan kelib chiqadiki miyamiz keraksiz malumotlarni qiynalmasdan qabul qiladi va yodda saqlaydi. Agar shu kabi malumotlarni miyamizdan o'chirib yuborsak biz uchun murakkab bo'lib tuyilgan, o'qigan kitobimizni gapirib berish, tarixiy sanalarni yodda saqlash va turli tillarni o'rganish ancha osonlashadi. Demak miyamiz tozalandi.

  Har doim biron bir ishni boshlashdan avval diqqatni bir joyga jamlash lozim. Buning uchun oq qog'ozga bir nuqta qo'yamiz va shu nuqtadan 20soniya nigohimizni olmaymiz. Bu vaqt ichida hayollarimiz boshqa yerlarga ketib qolishi mumkin lekin iloji boricha shu mashqni takrorlayverish lozim.

Diqqatni jamlab olgan bo'lsak boshlaymiz.

  Ertalab tongni smartfonlar bilan, yangi kelgan habarni o'qish bilan boshlash emas, aksincha bir ikki bet bo'lsa ham kitob mutola qilish lozim. Ish yaxshi unadigan paytda og'ir vazifalarni bajarish kerak. Kop insonlar qiyin vazifalarni kuni ohiriga qoldirishadi natijada esa kechga borib charchashadi. Eng muhimi o'zimiz uchun kun tartibi tuzib, shu bo'yicha ish tutish lozim. Oldimizga maqsad qo'yib va shu maqsadga erishish yo'lidagi vazifalarni zinapoya kabi tassavvur qilamiz.

  Ha aytgancha dam olish ham kerak. Har 1 2soatda o'zimizga 30 daqiqa tanafus beramiz. Bu tanafusni telefon o'ynab emas balki toza havoda sayir qilish, eng yaxshisi esa ulkan orzularimiz haqida hayol qilishdir.

  Uyqu ham inson hayotida muhim o'rin tutadi. Ruhshinoslar diqqati susaygan bemorlarga tashxis qo'yishdan avval qancha vaqt uhlashlari haqida so'rashadi. Tasdiqlangan malumotlarga ko'ra yetarli darajadagi uyqudan so'ng miyya faolyati qayta tiklanadi. 7 soatdan kam uhlagan insonlar odatda diqqat e'tiborni yaxsh jamlay olmaydi. Ko'p uyqu esa vaqtni behuda sariflashdan boshqa narsa emas. Hozir imkon, vaqt, kuch borida o'qish va izlanish kerak. Dam olish-ku qochib ketmaydi. Hali shunday kunlar keladi-ki o'zimiz hohlasak ham o'rnimizdan turolmaymiz.

  Yuqoridagi maslahatlar sizga foyda bergan bo'lsa hursandman.


Yuldasheva Hilola

Xalqaro moliya universitet IT fakulteti 2-kurs talabasi.