ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING INSONLAR VA  

                   JAMIYAT UCHUN HOZIRGI KUNDAGI AHAMIYATI     


                             Shavkatjonova Zebo Shuhratjon qizi

          Qo’qon davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakulteti

                                        1-bosqich talabasi 

                           E-mail: zeboshavkatjonova.2003@gmail.com


           Annotatsiya: Mazkur maqolada qadimdan yaratila boshlagan texnika va texnologiyalarning yaratilish tarixi, ularning inson uchun qanchalik darajada foyda ketirayotganligi, ustunlik va afzallik jihatlari kabi g’oyalar o’z ifodasini topgan.


         Аннотация: В данной статье нашли свое выражение такие идеи, как  история создания техник и технологий, которые начали создаваться с древнейших времен, насколько они полезны для человека, преимущества и преимущества.


        Abstract: In this article, ideas such as the history of the creation of techniques and technologies that began to be created from time immemorial, how much they benefit a person, aspects of superiority and advantage are expressed.


         Kalit so’zlar: Texnika, texnologiya, qurilma, teleskop, televizor telegraf, telefon, Galileo Galiley, apparat.



       Qadim zamonlardan buyon insonlar o’z ehtiyojlarini qondirish uchun bir qancha texnikalar ishlab chiqishgan. Mana hozirgacha aholi o’sha texnologiyalardan foydalanishmoqda va ularning o’rniga zamonaviylarini ham ishlab chiqishmoqda. O’tmishda yaratilgan qurilmalar ro’yhatidan: televizor, telegraf, teleskop, telefon va shu kabilar joy oladi.

Televizor. Televizorda tasvir elektron nurli trubka- kineskop ekranida hosil bo’ladi. Lekin ekranning ichki tomonidagi chiziqni yorug’lik shu’lasi emas, balki elektronlar doskasi- elektron nur hosil qiladi. Kineskop ekranining ichki tomoniga lyuminofor deb ataladigan maxsus modda yupqa qilib qoplangan. Agar unga elektronlar dastasi tushsa, u yorishadi. Elektron nur lyuminoforning bir uchastkasini yoritadi-da, keyin qo’shni uchastkaga o’tadi. Bunda birinchi uchastka qorong’ilashib, ikkinchi qo’shni uchastka yorisha boshlaydi. Lekin bizning nigohimiz buni payqay olmaydi, chunki nur televizion ekran chiziqlari bo’ylab sekundiga 25 marta o’tadi. Teleko’rsatuvlar yo’q vaqtida televizorni qo’ying. Siz yorishgan ekranda elektron nurlardan paydo bo’lgan alohida chiziq (satr)larni ko’rasiz. Ular 625 ta. Televizor ekranida tasvir qanday hosil bo’ladi? U aslida telestudiyadan uzatiladi. Telekamera qarshisidagi odamlar va narsalardan qaytgan nur telekamera obyektiviga tushib, tasvir elektr signallariga aylanadi. Telekameraning asosiy qismi bo’lgan uzatuvchi televizion trubkada yorug’lik elektrga aylanadi. Telekamera esa antennasi televizion minoradan har tomonga radioto’lqinlar tarqatuvchi  radiouzatkich bilan bog’langan. Shu tariqa radioto’lqinlar vositasida tasvir signallari telestudiyadan Yer atmosferasiga tarqaladi. Tasvir signallari telestudiyadagi uzatkichga birin-ketin qanday tezlik bilan tushsa, sizning uyingizdagi televizor ekranidan ham elektron nur xuddi shunday tezlik bilan o’tadi.

   Televizor Toshkentda I. F. Belyanskiy va B. P. Grabovskiy tomonidan ixtiro qilingan. Ular elektrotexnikaga oid tajribalar o’tkazib, buning natijasida elektron nur yordamida harakatdagi tasvirni bir joydan boshqa joyga uzatadigan va qabul qiladigan ”radiotelefot” apparati yaratishdi va buni labaratoriya sharoitida 1928- yili sinab ko’rishdi. 1928-yil 4- avgustda Toshkentda jamoatchilikka sodda ”televizor” ishlab turgan holda ko’rsatildi.

      Telegraf. Telegraf so’zi yunoncha ”tele”- ”uzoq” va ”grafo”- ”yozaman” ma’nolarini anglatuvchi so’zlardan tashkil topgan. Demak, telegraf uzoq masofalarga yozma xabarlar yuborish imkonini beradigan qurilmadir. Elektr telegraf aloqasi uchun amalda qo’llash mumkin bo’lgan birinchi relegraf qurilmasini Rossiyada 1832- yili P. L. Shilling ishlab chiqqan. Telegraf apparatlarining bir nrchta muvaffaqiyatli konstruktsiyasini rus olomi B. C. Yakobi yaratgan. Dastlabki elektr telegraf apparatlaridan birini 1837-yilda amerikalik olim Semuyel Morze ixtiro qilgan. Morze o’z apparati uchun maxsus alifbe o’ylab topgan. Bu alifbeda harflar o’rniga nuqta va tirelar qo’llanilgan. Masalan, A harfi – nuqta va tire, B harfi- tire va uch nuqta, V harfi- nuqta, tire va ikki nuqtadan iborat. Bu alifbe ixtirochi sharafiga uning nomi bilan Morze alifbesi deb atalgan. Morze apparati o’rniga allaqachon hozirgi zamon harf bosuvchi apparatlari- teletayplar ishlatilayotgna bo’lsa-da, Morze alifbesi odamlarga hozir ham kerak bo’lib turibdi. Dengiz halokati haqidagi signal hanuz Morze alifbesi yordamid yaratiladi. Uch nuqta, uch tire, uch nuqta - SOS – bu signalni yer yuzidagi hamma kishilar yaxshi  biladi.


       Teleskop. Ko’zoynak yasovchi daniyalik ustalar shishalarni silliqlab kuzatuv trubasi ixtriro qilgandan keyin teleskoplar paydo bo’lgan. Bu ixtiro 17-asr boshlarida qilingan edi. Ajoyib truba haqidagi xabar tezda Italiyaning Paduya shahriga yetib bordi. U yerda o’sha vaqtda dong’i ketgan universitetning eng mashhur olimi fizik, matematik va astronom Galileo Galiley edi. U trubaning astronomlar uchun nihoyatda zarur asbob ekanligini darhol tushundi va o’zi ham 1609- yili shunga o’xshash asbob yasadi. Qurilmaning tuzilishi uncha muarakkab emasdi. Metall yok iyog’och trubaning kuzatiladigan tomonga qaratilgan uchiga ikkit omoni qavariq katta diametrli yupqa shisha (linza) – obyekktiv o’rnatilgan. Trubaning ko’z blan qaraladigan tomoniga esa kichik qalin linza- okulyar qo’yilgan. Linzalar o’zaro moslashib ishlashi va asbob har qanday ko’zga to’g’ri kelishi uchun u uzayadigan-qisqaradigan qilib yasalgan. Kuzatuvchi okulyarni obyektivdan uzoqlashtirib yoki unga yaqinlashtirib masofani tasvir eng yirik va eng ravshan ko’rinadigan qilib to’g’rilashi mumkin bo’lga. Ana shu asbob teleskop deb atalgan.


       Telefon. Faraz qiling, siz  uyda dars tayyorlab o’tiribsiz, masala ishlab turib, bir joygs tushunmay qoldingiz. Shunda esingizga masalalar ishlashga usta o’rtog’ingiz tushib unga telefon qildingiz. Bir zumda ishingiz bitdi-qo’ydi. Nutqni va boshqa tovushlarni istagan masofaga uzata oladigan shunday ajoyib qurilmani amerkalik professor, kar-soqovlar maktabining o’qituvchisi A. G. Bell 1876-yilda ixtiro qildi. Aloqa liniyasining bir boshida- mikrofonda  tovush to’lqinlari elektr toki to’lqinlariga aylantiriladi. Bir juft mis sim orqali bu to’lqinlar, deyarli kuchsizlanmay, olis masofalarga yetib boradi. Liniyaning ikkinchi tomonida- telefonda elektr toki to’lqinlari yana tovush to’lqinlariga aylanadi. Suhbatlashish uchun aloqa liniyasining har ikkala tomonida mikrofon ham, telefon ham bo’lishi kerak. Mikrfon bilan telefonni birlashtiruvchi qurilma mikrotelefon deb ataladi. Biz uni oddiygina qilib telefon trubkasi deb ataymiz. Telefon trubkasi esa simlar bilan telefon apparatiga ulangan. Telefon apparatlarida mikrotelefondan tashqari, telefon nomeri teriladigan disk hamda qong’iroq bor. Barcha telefon apparatlari aloqa liniyalari orqali avtomat telefon stansiyasi – ATC ga ulangan. Avtomat telefon stansiyasidagi mavjud minglab rele va boshqa murakkab qurilmalar turli apparatlardan kelayotgan liniyalarni bir-biriga ulab turadi. Agar siz boshqa shahar bilan gaplashmoqchi bo’lsangiz, bunda sizga shaharlararo aloqa liniyalari yordamga keladi. Lekin elektr to’lqinlari katta masofani bosib o’tib, kuchsizlanishi mumkin. Bu holda ularni maxsus qurilmalar- kuchaytirgichlar kuchaytirib turadi.  

   Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, shu va shu turdagi qurilmalar insonlar hayoti davomida ularning og’irini yengil qilishga yordam beradi. Bundan tashqari, bular yordamida biz uzoqdagi yaqinimiz bilan telefon orqali muloqot qilishimiz, xat yuborishimiz va hattoki, ko’rishib ham gaplashishi imkoniyatiga, egamiz. Zerikkan paytimizda esa bizga televizor yordamga keladi, ayniqsa, bu bo’sh vaqtda asqotadi. Inson ko’zi ilg’ay olmaydigan mayda osmon jismlarini ham aniqlash imkoniyatiga ega bo’ldik.


         Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:

1. Matbuot, xalq maorifi va psixologiya ilmiy redaksiyasi: redaksiya mudiri A. M. Majidov, katta ilmiy muharrir filologiya fanlari kandidat M. Y. Abdurahmonov, ilmiy muharrir M. Q. Islombekova, kichik muharrir Z. R. Rahmonov ”U kim, bu nima”(”Bolalar ensiklopediyasi”) T., Toshkent 1988-yil.

2. Q. X. Xonazarov va boshqalar T.: O’zbek Sovet ensiklopediyasi 1988-yil.