Salom, yuqoridagi matnli maqola ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmaganligi sababli oʻchirildi. Iltimos, hozirda hayot boʻlgan va yaqindagina vafot etgan kishilar boʻyicha maqola yaratishingizdan oldin, uning Vikipediya:Ensiklopedik ahamiyat (kishilar) sahifasidagi mezonlarga mosligini tekshirib chiqing. Unda Vikipediya maqolalarini manba qilib koʻrsatmang. Vikipediya oʻziga oʻzi manba boʻlib xizmat qilmaydi. P.S. Vikipediya turkumlari va andozalari maqolalarda ishlatish uchun moʻljallanganligi sababli, ular munozara sahifangizdan oʻchirildi. — Kagansky (munozara) 12:46, 11-Dekabr 2021 (UTC)
RAXMAT, demak men milliy tv haqidagi manbalarni olib tashlab ma'qolani qayta chop etsam bo'ladimi? GJAHANA (munozara) 13:38, 11-Dekabr 2021 (UTC)
Yuqorida men sizga hozirda hayot boʻlgan va yaqindagina vafot etgan kishilar boʻyicha maqola yaratishda birinchi navbatda nimalarga eʼtibor berish kerakligi toʻgʻrisida maʼlumot berdim. Sizning maqolangizga kelsak, maqola qahramoni suratga tushgan filmlardan birortasining namoyish qilish tijorat muvaffaqiyatlari yuqori koʻrsatkichlarga erishganmi (kamida bitta mamlakatda filmni kumush, oltin, platina yoki undan yuqori statusni berish bilan rasmiy sertifikat beruvchi tashkilot tomonidan sertifikatlanganmi)? Eng taniqli jadvallar, reytinglar va soʻrovlarda oʻrin olganmi? Shaxsning hayoti va faoliyati toʻgʻrisida milliy axborot, professional va koʻngilochar davriy nashrlarda, ensiklopediyalarda, ommabop televideniye va radio dasturlarida, nufuzli internet-manbalarda biror gap aytilganmi? Shu savollardan bittasiga ha degan javob berolsangiz, gaplaringizni nufuzli manbalar bilan tasdiqlab yaratavering. Unaqa boʻlmasa, maqolani qayta yaratishingizdan foyda qolmaydi. — Kagansky (munozara) 14:04, 11-Dekabr 2021 (UTC)
HA albatta, ammo manbalarni kirgizyapman ko'pchiligi video bo'lgani uchun yoxud youtube da bolgani tufayli vikipediya chop etmay inkor etyapti.

2021 (UTC)

Qaysi savolga ha deb javob bergan boʻlsangiz endi.? — Kagansky (munozara) 16:42, 11-Dekabr 2021 (UTC)
manbalarni qoldirdim hammasi mos keladi. hech qanday arzirli manbalari yo'q aktyorlarning vikipedia sahifasi uchirilmayapti nega aynan mening hamma ma'lumotlarni kirgizgan xatolarsiz yozgan sahifam uchiriladi? manbalarda kirgizdim hammasini javoblari bilan. GJAHANA (munozara) 16:55, 11-Dekabr 2021 (UTC)
Yuqorida sizga berilga yordamning foydasi boʻlmaganligi sababli, maqola qaysi mezonga toʻgʻri kelishini nufuzli manbalar bilan asoslab bermaguningizcha uni yaratishingizdan himoyalab qoʻydim. Asoslaringizni shu sahifada keltirganingiz maʼqul. — Kagansky (munozara) 18:10, 11-Dekabr 2021 (UTC)
Aytmoqchi, qaysi «hech qanday arzirli manbalari yo'q aktyorlarning vikipedia sahifasi» oʻchirilmagan ekan, xabar bersangiz, ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmasa ularni oʻchirishga nomzod qilishimiz kerak. Ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlsa, ularni yaxshi holatga keltirishga harakat qilib koʻrardik. Yordamingiz uchun oldindan rahmat! — Kagansky (munozara) 18:25, 11-Dekabr 2021 (UTC)

Bloklash

tahrir

Siz koʻp marta qayta yaratgan va ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagani uchun bir nechta administratorlar tomonidan oʻchirilgan maqolani, sizga tushuntirish berilishiga qaramay qaytadan va maqola himoyasini chetlab oʻtgan holda yana 2 marotaba yaratishga uringaningiz, sizga koʻrsatilgan Vikipediya mezonlarini bir necha bor qoʻpol ravishda buzganingiz sababli 1 oy muddatga bloklandingiz. — Kagansky (munozara) 18:47, 11-Dekabr 2021 (UTC)

Sizga shaxsan bog'lanmoqchi edim? emailingizni berasizmi? iltimos GJAHANA (munozara) 03:30, 12-Dekabr 2021 (UTC)
Shaxsan bogʻlanishning hojati yoʻq, Vikipediya boʻyicha nima gapingiz boʻlsa shu yerda yozavering. — Kagansky (munozara) 04:08, 12-Dekabr 2021 (UTC)
shu maqolamni chop etilishida yordam bering demoqchi edim.. GJAHANA (munozara) 15:59, 13-Dekabr 2021 (UTC)
balki uzingiz nomingizdan chop etarsiz men buni uchirib tashlardim chunki 1oydan buyon harakat qildim amo endi shuni organgandim shu ham oxshamayapti, shu sababli uzingizga chiqmoqchi edim, bu aktyor haqida vikipediaga ma'lumot kirgizmochi edik. qanday harajatlar bo'lsa to'lardik iltimos menga email yoki telefon yoki telegram link qoldiring .. agar mumkin bo'lsa faqat bloklab quymang.. GJAHANA (munozara) 17:00, 13-Dekabr 2021 (UTC)
Qiziq odam ekansiz. Birinchidan: xarajat qilishda saytni adashtirgan koʻrinasiz. Vikipediya bozor emas! Vikipediya, bu ensiklopediya. Ikkinchidan: bu yerda xolis faoliyat yuritayotgan administratorlar xoʻsa emas. Ensiklopedik ahamiyatga ega boʻlmagan, xususan, psevdoakyorlar haqida pulga yoziladigan "maqolalarni" juvonmarg qilish ularning asosiy vazifalaridan biri. Uchinchidan: munozara sahifalari shaxsiy muammoni hal qilish uchun emas, Vikipediyani muhokama qilish uchun xizmat qiladi. Bu degani, shu turishda shaxsiy muammongizni hal etishda davom etadigan boʻlsangiz, munozara sahifangizga ham yozolmaydigan qilib bloklashga majbur boʻlamiz. (Bu sizga soʻnggi ogohlantirish). Toʻrtinchidan: siz oʻzbek tilida yozilgan yuqoridagi barcha murojatimni oʻqib, uni tushunmaydiganlar xilidan ekansiz. Shuning uchun bu sizga qilgan soʻnggi murojatim boʻladi. Sogʻ boʻlasiz! — Kagansky (munozara) 19:11, 13-Dekabr 2021 (UTC)