Tepaga
Pastga

Tire bilan -dir birga ishlatilmaydi

Gapda yoki tire, yoki -dir qoʻchimchasi boʻladi. Ikkalasini ham bir gapda ishlatish mumkin emas. A — B. yoki A ... Bdir. Nataev munozara 08:33, 21-Noyabr 2016 (UTC)

Tushunarli, keyingi safar e'tiborliroq bo‘laman. jamshidnurkulov 09:04, 21-Noyabr 2016 (UTC)

Oʻ/Gʻ hamda tutuq belgisi

Salom! Oʻ, Gʻ harflarini hamda tutuq belgisini yozishda Vikipediyada qabul olingan belgilarni ishlating. Aks holda izlash, VP:konverter funksiyalari toʻliq ishlamaydi. Qolaversa, bizga bir xillik kerak. Mana bu terilmani komputeringizga oʻrnatishingiz mumkin. Yoki VP:vikifikatordan foydalaning. Nataev munozara 18:27, 24-Noyabr 2016 (UTC)

Salom! Yuborgan faylingizni oldim, rahmat, lekin unda biror qo‘shimcha ko‘rmadim, uzr. Men O‘ va G‘ harflarining tegishli apostrofini alt+0145 kombinatsiyasi orqali chiqaraman, Wordda bexato yozadi. Lekin bu yerda boshqacharoq ekan, keyingi safar albatta VP:vikifikatordan foydalanaman. E'tiboringiz uchun rahmat! Jamshid Nurkulov (munozara) 18:48, 24-Noyabr 2016 (UTC)
Klaviatura terilmasi juda qulay. Fayl ichidagi Word hujjatni koʻring. ʻ (belgi) hamda ʼ (belgi) maqolalari bilan tanishib chiqing. alt+0145 ishlatish xato. Nataev munozara 05:10, 25-Noyabr 2016 (UTC)
Tushunarli, Word hujjatini oʻqib chiqdim, demak, vikipediyadagi tahrirlarim uchun Oʻzbek (lotin) tilini tanlagan holda, aynan (Ё) tugmasidan foydalanish kerak ekan, bu juda qulay. Xursandman. Rahmat! Jamshid Nurkulov (munozara) 06:57, 25-Noyabr 2016 (UTC)
Ajoyib terilma. Xusinboy Bekchanov ishlab chiqqan. Afsuski Bekchanov kabi tarjirabli vikichilarimiz koʻrinmay ketdi. Nataev munozara 07:35, 25-Noyabr 2016 (UTC)

Orden

  Yangi aʼlo tahrirchi ordeni
Hurmatli Jamshid Nurkulov, Oʻzbekcha Vikipediyada qisqa vaqt ichida qilayotgan juda koʻp kerakli tahrirlaringiz bilan qoʻshayotgan hissangiz uchun katta rahmat. Umid qilamizki, ushbu mukofot Sizning kuchingizga kuch qoʻshadi. Hurmat bilan, Umarxon III (munozara) 12:57, 27-Noyabr 2016 (UTC).
Rahmat Umarxon III, kamtarona tahrirlarimni yuksak baholab yuboribsiz, endi shu ordenga munosib boʻlishga harakat qilaman. Jamshid Nurkulov (munozara) 14:54, 27-Noyabr 2016 (UTC)

Administratorlikka nomzodimni qoʻydim. Iltimos, ovoz bering. Umarxon III (munozara) 09:16, 21-Dekabr 2016 (UTC).


„Jamshid Nurkulov/2016“ foydalanuvchi sahifasiga qaytish.