Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey
(ALTSUL)
Xalqaro nomi Academic Lyceum named after M.S.Vasikova under Tashkent State Law University
Asos solingan 1994
Oʻquv yurti turi Akademik litsey
Rektori Maxmudov Sherali Xayitovich[1]
Fakultetlar 1
Kampusi Toshkent shahri
Manzili Shayxontohur tumani, Markaz-13, Labzak koʻchasi 10-uy
Vebsayti https://altsul.uz/galereya/

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M. S. Vosiqova nomidagi – Toshkent shahridagi akademik litseylardan biri.

Tarixi tahrir

Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi akademik litsey Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi „Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish toʻgʻrisida“gi 77-son qaroriga asosan tashkil etilgan.

2013 yil 28 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ–1990-son qarori qabul qilinib, mazkur qaror bilan Toshkent davlat yuridik instituti Toshkent davlat yuridik universiteti etib qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey maqomi berilgan.

Oʻzgarishlar tahrir

Maxmudov Sherali Xayitovich 2021-yildan boshlab Toshkent davlat yuridik universiteti qoshidagi M. S. Vosiqova nomidagi akademik litsey ijrochi direktor etib tayinlandi.

Bugungi kunda tahrir

Akademik litseyning ichki quvvati 540 oʻringa moʻljallangan. 28 ta oʻquv xonalari, sport zali, sport ochiq maydoni, 2 ta kompyuter oʻquv xonalari, 2 ta laboratoriya xonalari mavjud va ular toʻliq jihozlangan.

Akademik litseyda taʼlim jarayoni bir smenada tashkil etilgan boʻlib, unda „Ijtimoiy-gumanitar“ yoʻnalishida oʻrta maxsus maʼlumotli kadrlar tayyorlanadi.

 
Fon-001

Yoʻnalishlar boʻyicha imtihonlar bir bosqichda oʻtkaziladi:

  • Bir bosqichda – test sinovlari

Imtihonlar yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi fanlardan iborat[2]

Ijtimoiy-gumanitar fanlar

  • I-boʻlim
  • Davlat va huquq asoslari fanidan
  • II-boʻlim
  • Intellektual qobiliyat darajasi(IQni) aniqlash boʻyicha test

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir